Amaliy mashgʻulot. № Titrimetrik analiz metodlarining sinflanishi. Standart eritmalar. Kislota asoslarni aniqlash


Download 304.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana01.05.2023
Hajmi304.95 Kb.
#1418678
1   2   3
Bog'liq
Amaliy mashgʻulot 6

Fiksanal tayyorlash usuli. Fiksanal 1 litr aniq 0,1000 n li eritma tayyorlash 
uchun zarur miqdorda aniq tortilib yoki aniq oʻlchanib shisha ampulalarga solib 
kavsharlangan qattiq modda yoki titrlangan eritmalardir.
Fiksanaldan titrlangan eritma tayyorlash: hajmi 1 litrli kolbaning boʻgʻziga 
voronka qoʻyiladi, uning ichiga bayok (nayza) qoʻyiladi va shu bayok yordamida 
ampula yupqa devorining tubi sindiriladi. Ampulaning yuqori qismidagi chuqurcha 
esa uchi oʻtkir shisha tayoqcha bilan teshiladi. Teshikdan ampula ichiga yuvgich 
yordamida suv purkab yuviladi. Soʻngra voronka yuviladi va uni olib qoʻyib, 
kolbadagi suyuqlikning hajmi distillangan suv qoʻshib belgisigacha yetkaziladi. 
Tortim usuli. Analitik tarozida kerakli modda aniq tortib olinib oʻlchov 
kolbasida eritiladi va eritmaning hajmi kolbaning belgisigacha distillangan suv 
qoʻshib yetkaziladi. Eritmaning titri quyidagi formula bilan hisoblanadi: 


 
bu yerda: m — erigan modda massasi, g; V — eritmaning hajmi, ml. 
Bunday eritmalarga birlamchi standart eritmalar yoki tayyorlangan eritmalar 
deyiladi. Lekin hamma moddalaming eritmasini (masalan, HC1, NaOH) tayyorlab 
boʻlmaydi. 
Titrlash usuli. Titrlangan eritmalarga qoʻyiladigan talablarga (yuqoriga 
qarang) javob bera olmaydigan eritmalar titrlash usuli bilan tayyorlanadi. Bunda 
taxminan kerakli konsentratsiyali eritma tayyorlanadi, aniq konsentratsiyasi (titri) 
esa biron toʻgʻri keladigan boshqa birlamchi standart eritma bilan titrlab 
aniqlanadi. 
Titri boshqa eritma yordamida titrlash usuli bilan topilgan eritmalar titri aniqlangan 
eritmalar yoki ikkilamchi standart eritmalar deyiladi. 
Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash. 
Eritmada yoki erituvchining ma’lum massa miqdorida, yoki hajmida erigan 
modda massasi eritmaning konsentratsiyasi deyiladi. Titrimetrik (hajmiy) analizda 
eritma konsentratsiyasini ifodalashning quyidagi usullari mavjud.

Download 304.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling