Uglevodlar kerakliasboblar


Download 35.03 Kb.
bet1/2
Sana03.11.2023
Hajmi35.03 Kb.
#1742472
  1   2
Bog'liq
polisaxarid


UGLEVODLAR 

Kerakliasboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan. Reaktivlar: 1.Glyukoza, 5 % li eritma. 2. Natriy ishqori, 10 % eritma. 3. Mis sulfat, 5 % li eritma.  Probirkaga 1ml glyukozaning 5% li eritmasidan va 1 ml natriy ishqorining 10 % li
eritmasidan quyib aralashtiramiz. Aralashma ustiga mis sulfatning 5 % li eritmasidan
tomchilab qo’shamiz. Bunda hosil bo’layotgan mis (II)-gidroksidning cho’kmasi darhol
erib ko’k rangli tiniq eritma hosil bo’ladi. Glyukozaning ishqoriy muhitda mis(II)-gidroksidni
qaytarishi (Trommer reaksiyasi) Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.
Reaktivlar: 1. Glyukoza, 1 % li eritma. 2. Natriy ishqori, 10 % eritma. 3. Mis (II)- sulfat, 5 % li eritmasi. Probirkaga 1 ml glyukozaning 1 % li eritmasidan va 1 ml natriy ishqorining10 % li eritmasidan quyib aralashtiramiz. Ustiga mis (IIsulfatning 5%li eritmasidan tomchilatib qo’shamiz. Hosil bo’lgan tiniq ko’k rangli eritmani alangada ustki qismi qaynaguncha qizdiramiz. Bunda eritmaning yuqori qismi astasekin avval sarg’ayadi, keyin esa sarg’ish- qizil rangga bo’yaladi. Glyukozaning Feling suyuqligi bilan oksidlanishi.
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan. Reaktivlar: 1. Feling-1 suyuqligi. 2. Feling-11 suyuqligi. 3. Glyukoza, 1 % li eritma. Probirkaga 1 ml glyukozaning 2 % li eritmasidan va 1ml dan Feling-I hamda Feling II suyuqliklaridan solib aralashtiramiz. Aralashmani ustki qismini qaynaguncha
qizdiramiz. Bunda glyukoza qisman oksidlanib glyukon kislotasiga aylanadi.
Glyukozaning ko’p qismi esa parchalanib ketadi.

Glyukoza ta`sirida kumush oksidining ammiakdagi


eritmasining qaytarilishi (Kumush ko’zgu reaksiyasi)
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.
Reaktivlar: 1. Kumush nitrat, 1-5 % li ertima.

2. Natriy ishqori, 10 % eritma.

3. Ammiak, 10 % li suvli eritma.

4. Glyukoza, 1 % li eritma.


Probirkaga 2-3 tomchi kumush nitratining 1 yoki 5 % li eritmasidan quyib ustiga 4-5
tomchi natriy ishqorining 10 % li eritmasidan va 6-7 tomchi ammiakning 10 % li suvli
eritmasidan qo’shamiz. Bunda hosil bo’layotgan kumush oksidi cho’kmasi erib ketadi
va kumush oksidining ammiakdagi tiniq eritmasi (Tollens reaktivi) hosil bo’ladi.

Tollens reaktivi ustiga 2-3 tomchi glyukozaning 1% li eritmasidan qo’shib


aralashma qo’ng’ir tusga kirguncha ancha qizdiramiz va shtativga joylashtirib qo’yib
bir oz vaqt qoldiramiz. Reaksiya o’zi davom etib kumush metalli yoki probirka
devorlariga ko’zgu hosil qilib qo’yadi yoki cho’kma hosil qiladi.

DISAXARIDLARNING QIYOSIYOKSIDLANISH XUSUSIYATI gidroksidga turlicha ta'sr etishini tushuntiring va mal'toza hamda laktozaning


oksidlanish reaksiyalari tenglamalarini yozing. Reaktiv va materiallar: saxaroza va maltoza (yoki laktoza) larning 10% li
eritmasi, o’yuvchi natriyning 40% li eritmasi; "qaynatar", gaz gorelka (spirt lampa)si,
probirkalar.
Ikkita probirka olib, birinchisiga 2 ml 10% li saxaroza eritmasi, ikkinchisiga
shuncha hajm maltoza eritmasidan quying. Har qaysi eritmaga 2 ml dan 40 % li
o’yuvchi natriy eritmasidan qo’shing va bir necha "qaynatar" tashlang. Aralashmalarni
ehtiyot bo’lib qizdiring. Natijada maltoza (yoki laktoza) li probirkadagi eritma qo’nqir
tusga kiradi, saxaroza eritmasi esa o’zgarmaydi.
Disaxaridlarning ko’mirlanish xossasi molekulaning tuzilishiga bog’liq: molekulada
yarimasetal gidroksil bo’lgan disaxaridlar ko’mirlanish xususiyatiga ega. Saxarozaning inversiyasi; Probirkaga saxarozaning 1% li eritmasidan 3-4ml quyiladi va unga sulfat kislotaning
10% li eritmasidan 1ml qo'shiladi. Aralashma 1-2 minut davomida qaynatiladi.
Gidrolizatdan 0,5ml quyiladi. Qolgan qismiga natriy bikarbonat kukuni qo'shib
neytrallanadi (lakmus bilan sinang). So'ngra gidrolizat bilan Trommer reaksiyasi
o'tkaziladi. Olib qo'yilgan gidrolizat bilan Selivanov reaksiyasini qilib ko'ring.
Tajriba natijalari saxarozaning inversiyalanganligini va qaytarish xossasiga ega bo'lgan
monosaxaridlarga parchalanganligini ko'rsatadi.

Saxarozannng kobalt va nikel tuzlari bilan reaksiyasi.


Kerakli reaktivlar: o'yuvchi natriyning 5% li eritmasi, kobalt sulfatning 5% li
eritmasi, nikel sulfatning 5% li eritmasi.
Kerakli asboblar: suv hammomi, termometr, probirka, shtativlar,pipetka.
 Shakar molekulasida spirt gruppalari borligi ularni murakkab efirlar va
metallarning gidroksidlari bilan saxaratlar hosil qilish xususiyati bilan isbotlanadi.
Ikkita probirkaga saxarozaning 10% li eritmasidan 2-3 ml quyiladi va ularga o'yuvchi
natriyning 5% li eritmasidan 10-12 tomchi qo'shiladi. Birinchi probirkaga kobalt
sulfatning 5% li eritmasidan, ikkinchi probirkaga esa nikel sulfatniig 5% li eritmasidan
bir necha tomchi tomiziladi. Saxaroza kobalt tuzlari ta'sirida binafsha rang, nikel tuzlari
ta'sirida esa yashil rangli birikmalar hosil qiladi.
Saxarozaning fermentativ gidrolizi. Kerakli reaktivlar: 10-12ml suv,saxarozaning 3% li eritmasidan 3 ml. Kerakli asboblar: suv hammomi, termometr, probirkalar, pipetka, shtativlar
 Saxaroza xamirturush tarkibida ko'p bo'ladi. Hovonchaga 1,5 -2 g xamirturush
solib yaxshilab yanchiladi va 10- 12ml suv quyib chayqatiladi. Undan 6 ml olib ikkita
probirkaga bo'lib quyiladi. Ularning biri qaynab turgan suv hammomida 10 minut
qoldiriladi. Ushbu probirka suv oqimida sovitiladi. So'ngra har ikkala probirkaga
saxarozaning 2% li eritmasidan 3ml dan qo'shiladi. 5 -8minutdan so'ng aralashmalarni
filtrlab ular bilan Trommer reaksiyasi qilib ko'riladi. Ferment tasirida ikkinchi
probirkadagi saxarozaning gidrolizlanganligiga va gidroliz mahsulotlari Trommer
reaksiyasini ko'rsatganligiga ishonch hosil qiling.



Download 35.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling