14-labotoriya ishi Monasaxaridlarga xos sifat reaksiyalari 1-ish. Trommer reaksiyasi kerakli asboblar


Download 198.31 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.04.2023
Hajmi198.31 Kb.
#1367725
Bog'liq
14-Laboratoriya ishi. Monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalar.



14-labotoriya ishi 
Monasaxaridlarga xos sifat reaksiyalari 
 
1-ish. TROMMER REAKSIYASI 
Kerakli asboblar:1. probirkalar, 2. pipetkalar, 3.shtativ 4. elektr plitka yoki gaz 
garelka. 
Rektivlar: Glyukoza, saxaroza, maltoza va kraxmalning 1% li eritmalari, 10% li 
NaOH еритмаси, 4%li mis sulfat eritmasi. 
Monosaxaridlar ishqoriy muhitda mis (ll)gidroksidni mis (l) oksidgacha 
qaytaradi. Bu reaksiya natijasida reaksiya uchun olingan aldozalarga to’g’ri 
keladigan kislatalar hosil bo’ladi. Mis (ll) gidroksid esa mis (l) oksidgacha 
qaytariladi. Mis (l) oksidning hosil bo’lishi esa bir necha bosqichli reaksiyadan 
iborat. Avvola mis sulfat , natriy gidroksid bilan reaksiyaga kirishib, hova rang 
mis(ll) gidroksidni hosil qiladi. 
Hosil bo’lgan Cu(OH)2 qizdirilsa mis kam oksidlangan sariq rangli CuOH 
birikmasi hosil bo’ladi: 
Agar hosil bo’lgan CuOH niqizdirishni davom ettersak u holda qizil g’isht rangli 
Cu2O hosil bo’ladi. 



Reaksiya maxsuloti sifatida qizil rangli mis (l) oksid hosil bo’ladi.bu 
reaksiyaning kamchiligi shundaki agar tekshirilayotgan eritmada shaker juda oz 
bo’sa ,ortiqcha miqdorda hosil bo’gan mis(ll) gidroksid qozdirilganda parchalanib 
,qora rangli mis (ll) oksidga aylanadi, natijada juda oz miqdorda hosil bo’lgan qizil 
rangli(l) oksid sezilmay qoladi. 
Ishning boorish tartibi:Toza yuvib quritilgan prabirkaga 1% li gllyukoza 
eritmasidan 1-2 ml quyib, uning ustiga teng hajmda 10%li NaOH eritmasi 
qo’shiladi. Aralashmada qaytarilganda ham yoqolmaydigan ko’k rangli loyqa mis 
(ll) gidroksid hosil bo’gunicha tomchilatib, 5%li mis sulfat eritmasidan qo’shiladi. 
So’ng ohistalik bilan probirkadagi suyuqlik qizdiriladi. Qizdirish natijasida avvalo, 
sariq rangli loyqa paydo bo’ladi, vaqt o’tishi bilan qizil rangli mis (l) oksijdga 
aylanishi kuzatiladi. Shu tajriba maltoza ,saxaroza va kraxmal eritmalari bilan ham 
bajariladi va olingan natijalarga qarab, xulosa chiqariladi. 
2-ish.FELING REAKSIYASI 


Uglevodlarning qaytaruvchanlik xossasini aniqlash uchun, ko’p hollarda,feling 
reaktividan foydalaniladi. Bu reaktiv tarkibidagi ikki valentli mis ioni signet tuzi 
molikulasida bog’langan holatda bo’lib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga oson 
kirisha oladi.Reaksiya mexanizmi trimmer reaksiyasi bilan bir xil bo’lib,faqat 
aniqlashga xalaqit beradigan mijs (ll)oksid hosil bo’lmaydi.Bureaksiya asosida
glyukoza miqdoriy jihatdan aniqlash usuli ham ishlab chiqilgan. 
Ishning borish tartibi:Toza yuvib quritilgan probirkaga 1%li glyukoza 
eritmasidan yoki tekshirilmoqchi bo’lgan o’simlik to’qimasidan tayyorlangan 
eritmasidan 1-2ml quyib,unga teng hajmda feling reaktividan qo’shiladi va 
aralashma ohistalik bilan qaynaguncha , elekktr plitkada yoki gaz garelkada 
qizdiriladi.Agar probirkadagi aralaashma 2-3 daqiqa davomida qaynatilsa, reaksiya 
natijasida qizil rangli mis(l)osid cho’kmasi hosil bo’ganligi kuzatiladi.Bu 
reaksiyani boshqa uglevodlar –maltoza ,laktoza ham hosil qiladi, saxaroza va 
kraxmal bilan esa qizil rangli cho’kma hosil bo’lmaydi, chunki ulaar 
qaytaruvchanlik xossasiga iga emas. 

Download 198.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling