4-mavzu: Globallashuv jarayonlari va uning zamonaviy sharoitlarda tarbiyaga taʻsiri. Yoshlarda Ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish zaruriyati
Download 91.97 Kb.
|
глобаллашув жараён
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tsinizm – beadablik,uyatsizlik, hayosizlik, zolimlik, manmanlik, loqaydlik. Vandalizm
Individualizmva egotsentrizm
1. Jamiyat manfaatlarini mensimaslik. 2. Oʻz manfaatlari yoʻlida hech narsadan qaytmaslik va boshqalar manfaatidan uni ustun qoʻyish. Jamiyatmanfaatlarini mensimaslik Masalan, nikoh kuni mashinalar karvonini uyushtirish odatini ana shunday illatlardan biri sifatida keltirish mumkin. Chunki birgina kuyov va kelin oʻz manfaati deb butun shahar yoʻllarida harakatlanayotgan yoʻlovchi avtoulovlarga xalaqit beradi. Toʻylardagi mashinalar karvoni kundan kunga kengayib bormoqda. Bu esa oʻziga yarasha noqulaylik va ayrim holatlarda fojealarni keltirib chiqarmoqda. Jamiyat manfaatlarini mensimaslik illatiga yana koʻplab misolar keltirish mumkin. Nigilizm “Nigilizm” lotincha “Nihil”, ya’ni “hech nima”, “hech narsa” soʻzidan olingan. Nigilizm – jamiyatning axloqiy, ma’naviy norma va ustunlari, tarixiy hamda madaniy qadriyatlarining inkor etilishi; umume’tirof etilgan, obyektiv qadriyatlarga nisbatan mutlaqo salbiy hamda oʻta tanqidiy munosabatda boʻlish; muayyan hodisaga nisbatan bir yoqlama, kelishuvni rad etgan tarzda munosabat bildirish; buzg‘unchilik g‘oyalarini oʻzida ifodalash. Skeptitsizm Dunyo haqida ishonchli bilimlarga erishish mumkinligini shubha ostiga oluvchi ta’limotlardan biri.Skeptitsizm – bilimdan koʻra hissiy idrokni ustun qoʻyish va shu asosda ish tutish. Ya’ni ular bilim va tajribalar asosida emas, balki oʻzlarining his – tuyg‘ulari asosidagina koʻrishni xohlovchilardir. Tsinizm – beadablik,uyatsizlik, hayosizlik, zolimlik, manmanlik, loqaydlik. Vandalizm Madaniy yodgorliklarni, qadriyatlarni vahshiylarcha vayron, oyoq osti qilish, yoʻqotish; madaniyatsizlik, jaholat, nodonlik. Diniy Ekstremizm Va Terrorizm dunyodagi eng ulkan xavfmi? Diniy ekstremizm va terrorizm ma’naviy tahdidlarning bir turi boʻlib, ular oʻzlariga mansub boʻlgan diniy konfessiya vakillarini radikal harakatlarga chorlovchi, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlashga da’vat etuvchi tajovvuzkor siyosiy faoliyatdir. Terrorizm hozirgi kunda jamiyatda yuzaga keladigan eng koʻp muammolardan biri hisoblanadi. Bu masala hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi koʻp muhokama qilmoqda. Bu yangi fenomenon emas, balki u oʻtgan asrning birinchi yarmida ham mavjud boʻlgan eski– jamiyatning qoldiqlaridan biridir. Lekin yillar davomida terrorizm hayotning yangi avenyusi sifatida kirib kelmoqda. U hozirgi kunda oʻta halokatli, keng tarqalgan va nazorat qilish qiyin boʻlgan muammolardan biridir. Hozirda u oʻtmishdagi fuqarolar urushiga qaraganda undan ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda3. Ma’lumotlarga koʻra, hozir dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud boʻlib, ularning 80 % islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga «al-Qoida», «Musulmon-birodarlar», «Hizbut-tahrir», «al-Jihod al-Islomiy», «at-Takfir val-Hijra» (Misr), «Abu Sayyof» (Filippin), «Ozod Achex», «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir), vahhobiylar, Abu Nidal guruhi, Qurolli islom guruhi, AUM Sinrikyo, Basklar va ozodlik vatani, Al-Jamoa al-islomiya, HAMAS Musulmon birodarlari, Harakat al-mujohidiyn, Hizbulloh, «17 noyabr Inqilobiy tashkiloti», «Inqilobiy xalq-ozodlik fronti/partiyasi» («Del Sol» nomi bilan ma’lum), «Inqilobiy xalq kurashi», «Sendero Lyuminoso» («Yorug‘ yoʻl», shuningdek, «Partizanlar-xalq armiyasi»), «Tupak Amaru inqilobiy harakati», «Oʻzbekiston Islom harakati», «Oʻzini mudofaa qilish birlashgan kuchlari» kabi tashkilotlarni kiritish mumkin. Qoʻporuvchilik va terrorchilik bilan shug‘ullanuvchi yovuz kuchlar ijtimoiy tarmoqlarda ham g‘araz niyatlarini oʻz saytlarida, kuch ishlatish yoʻliga oʻtishga goʻyoki majbur boʻlganlarini asoslashga va yovuz harakatlarini oqlashga urinadilar. Bunda oʻzlarini “ozodlik kurashchisi” deb atab, tinchlik tarafdoridek koʻrsatadilar. Yoshlarni esa bu yoʻlda birlashishga chaqiradilar. Dahshatli tomoni, g‘arazli maqsadlariga erishish uchun Internet saytlariga qoʻlbola qurol tayyorlash, odam oʻldirish, oʻzini-oʻzi portlatishga doir qoʻllanmalarni joylashtiradilar. Mutaxasislarning qayd etishicha, “al-Qoida” terrorchi tashkiloti oʻz targ‘ibotining 99 % ni ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiradilar. Shuningdek, bolalar va xudkushlik amaliyotini targ‘ib etuvchi maxsus multfilm ishlangan. Filmdan maqsad bolalarda terrorchilar talqinidagi “jihod” harakatlariga nisbatan moyillik uyg‘otish va kelajakda buzg‘unchilar saflarini ana shu yoshlar hisobidan toʻldirishdir. Download 91.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling