4-Mavzu: Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi. Reja: Paint pikselli tasvirlar muharriri
4-Mavzu: Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi.
Reja:
1. Paint pikselli tasvirlar muharriri.
2. 3D MAX dasturida obyektlarni yaratish.
3. Animatsiya hosil qilish.
Paint pikselli tasvirlar muharriri. Paint pikselli tasvir muharriri bo‘lib, mazkur dastur turli xil rasm va shakllarini hosil qilish va qayta ishlashda foydalaniladi. Unda hosil qilingan tasvir boshqa amaliy dasturlarda qo‘llanilishi mumkin. Aytib o‘tilganidek, dastur ko‘niagida oddiy matnli jadval va diagrammalar hamda yuksak saviyali san’at asarlarini yaratish mumkin. Dastur yordamida Windowsning boshqa dasturlarida yaratilgan ixtiyoriy matn yoki graɗk ma’lumotlar nusxasini olish yoki skaner qurilmasi yordamida o‘ta qiyin talqindagi san’at asarlaridan nusxa olish, tahrir qilish va chop qilish ishlari majmuini bajarish mumkin.
Dastur muhitida Paintning NOM SATRI (dastur belgisi, fayl nomi, das tur nomi va oynaning uchta asosiy tugmalarini ko‘rsatadi), menu satri (dasturning asosiy buyruqlari joylashgan menu), YORDAMCHI QUROLLAR (ASBOBLAR) TUG MALARI SATRI (yordamchi qurollar tugmalari joylashgan), ISH SOHAS1 (oq varaq), RANGLAR PALITRASI (har xil ranglar ko‘rsatkichlari), MA’LUMOTLAR SATRI (qo‘shimcha ma’lumotlar) sohasi mavjud. Paint dasturin-
ing umumiy ko‘rinishi quyidagicha.Paint menusining bo‘limlari. Paint tasvir muharririning menusi quyidagi bo‘limlardan iborat.
Файл, Правка, Вид, Рисунок, Палитра, Справка. Menuning dastlabki ikki bo‘limi bandlari Windows amaliy dasturlari uchun umumiy bo‘lgan vazifalarni bajaradi.
Файл bo‘limi bandlari quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Создать – New (Ctrl + N) – Yangi rasm faylini yaratish.
Открыть – Open (Ctrl + O) – Tashqi xotirada mavjud bo‘lgan (eski) faylni (ko‘rish, tahrirlash, o‘zgartirish va boshqa ishlar uchun) ochish.
Do'stlaringiz bilan baham: |