4-Mavzu: Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi. Reja: Paint pikselli tasvirlar muharriri. 3D max dasturida obyektlarni yaratish


Палитра (Ctrl + L) – Ranglar qismini ekranga chiqarish. Строка состояния


Download 12.7 Kb.
bet3/4
Sana26.08.2023
Hajmi12.7 Kb.
#1670431
1   2   3   4
Bog'liq
4-Mavzu Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi. Reja Pa-fayllar.org

Палитра (Ctrl + L) – Ranglar qismini ekranga chiqarish.

Строка состояния – Ma’lumotlar satrini ekranga chiqarish.

Панель атрибутов текста – Matn xususiyatlari qismini ekranga chiqarish.

Масштаб – Rasmni ko‘rish va masshtabini o‘zgartirish.

Просмотреть рисунок (Ctrl + F) – Rasmning tayyor holatini ko‘rish.

Рисунок bo‘limi ko‘magida tasvirni akslantirish (90, 180, 270 gradusga rasmni burish), aylantirish, kengaytirish va og‘dirish amallari bajariladi.Tasviming o‘lchamlari va ranglanishi Атрибуты bandi yordamida bajariladi.

3D Studio MAX uch o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animasiya va uch o’lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o’lchovli va uch o’lchovli ob’yektlarni qo’llashingiz mumkin. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma’lum fanlar bo’yicha ko’rgazmali dasturlar tuzish mumkin.
3D Studio MAX da ob’yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o’zgaradi. Sichqoncha yordamida ob’yektning o’lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob’yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin. Ob’yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki g’adir-budir sirt berishingiz mumkin bo’ladi.
3ds Max turli ko'rinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch o'lchamli modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha zaruriy vositalariga ega. Ishni bajarishda dastur turli xil usul va uslublarni qo'llaydi, jumladan:
poligonal modellashtirish, tarkibiga Editable mesh (yuzani tahrirlash) va Editable poly (poligon tahrirlaydi) kiradi. Bu eng keng tarqalgan modellashtirish usuli bo'lib, murakkab modellar va o'yinlar uchun ma'lum modellar yaratish uchun ishlatiladi.


Turli jinsli ratsional B-splaynlar (NURBS) asosida modellashtirish (shuni ta'kidlash lozimki, NURBS modellashtirish 3ds Max dasturida shu darajada oddiyki, undan hozirda hech kim foydalanmaydi);
Bezye yuzalar (Editable patch) asosida modellashtirish — aylanuvchi jismlarni modellashtirishga qulay;
o'rnatilgan standart kutubxona va modifikatorlarni qo'llash orqali modellashtirish;
splaynlar (Spline) asosida NURBSning ibtidoiy muqobili Surface modifikatorini qo'llash orqali modellashtirish;
splaynlar asosida Extrude, Lathe, Bevel, Profile modifikatorlarini qo'llash orqali modellashtirish yoki Loft obyektlari splaynlari asosida yaratish. Bu metod binolarni modellashtirishda ishlatiladi.
Birinchi navbatda siz 3 Ds Max dasturini ishga tushirganda uning asosiy ekraniga ko’zingiz tushishi mumkin. Agar siz yangi foydalanuvchi interfeysini bilmaydigan bo’lsangiz, unda dastlab qurilmalarini ko’rib chiqishingiz hamda ular bilan atroflicha tanishishingiz lozim. Siz interfeysning dastur elementlardan tashkil topganligini, ya’ni, bir xil turdagi buyruqlarni guruhlanganligini ko’ring va ishonch hosil qiling. Masalan, o’z vaqtida ob’yektlar holatini sozlash va boshqarishni amalga oshirish tugmachasi jamlanmasi yordamida animasiyani amalga oshirish jarayonini boshqarish vositasi. Dastur ekranini shartli tarzdi beshta asosiy elementlarga ajratish mumkin:
Ob’yekt toifalari. 3 Ds max dasturi yordamida ob’yektni bir necha toifalarga ajratish mumkin:
 Geometry (Geometriya)
 Shapes (Shakllar)
 Lights (Youg’lik manbai)
 Camers (Kameralar)
 Helpers (Yordamchi ob’yektlar)
 Space Wars (deformasiya hajmlari)
 Systems (qo’shimcha qurilmalar).
3D-MAX dasturi orqali standart sodda geometrik shakllarni ixtiyoriysini qurish mumkin.Biz quyida misol tariqasida paralellopipedning panjarali (karkasli) qurilishini ko`rib o`tamiz. Buning uchun Create (yaratish) buyruqlar panelidagi Geometry (geometriya) ob`ektiga kiramiz, natijada ob`ektga ta`lluqli tugmalari ro`yxatidan Extended Primitives (sozlangan sodda shakllar) tanlanadi va Object Type (ob`ekt turi) Compound Objects - article Systems Patch Grids MURBS Surfaces Dynamics Objects ro`yxatidan oddiy 7 qulay turlariga mos keluvchi yozuvli tugmalar paydo bo`ladi.

Download 12.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling