4-Mavzu: “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi” Reja


Download 44.13 Kb.
bet3/6
Sana30.03.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1310378
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-amaliy

Davlat dasturida MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo‘lib:
O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTMda talim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
 bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
 ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;  bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
 bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
 o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
 bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
 bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
 MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
 milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bolgan bolalar uchun mo‘ljallangan talim faoliyati Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.

Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling