Ish joyi elementlari orasidagi о‘tish joylaridagi о‘lchamlari va ulardan foydalanish chastotasi, ishlaydigan odamlar soni, ularning harakatlanish yо‘nalishi, transport yо‘llarining о‘lchamlari, xavfsizlik talablari va sanitariya-gigiyena meyorlariga qarab hisoblanadi. Tashish joylari о‘lchamlari transport vositasi kengligi va odam tanasi egallaydigan darajada joy bо‘lishi kerak. - Ish joyi elementlari orasidagi о‘tish joylaridagi о‘lchamlari va ulardan foydalanish chastotasi, ishlaydigan odamlar soni, ularning harakatlanish yо‘nalishi, transport yо‘llarining о‘lchamlari, xavfsizlik talablari va sanitariya-gigiyena meyorlariga qarab hisoblanadi. Tashish joylari о‘lchamlari transport vositasi kengligi va odam tanasi egallaydigan darajada joy bо‘lishi kerak.
- Ishchi joyi sensor va motor zonalariga ajratiladi. Sensor zonasi - bu vizual boshqaruvni talab qiladigan ob’yektlar, ma’lumotlarni aks qilish vositalari, qurilmalar kо‘rsatkichlari joylashgan qismi. Motor zonalari esa uskuna yoki ishlov beriladigan materialni boshqaruv elementlari joylashgan ish joyi.
- Sensorli va motorli zonalardagi qurilmalar joylashuvi jihozni ishlab chiqaruvchi konstruktorlar va loyihachilar buyurtmachilar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bu esa kelajakda ishchilar uchun maqbul muhit yaratadi.[5]
Sensorli va motor zonalar maqbul joylashuvi- axborotni qabul qilish tezligi va aniqligi, shuningdek, biomexanika, psixologiya va mehnat fiziologiyasi qonunlariga muvofiq turli muhitda amalga oshiradigan harakatlar aniqligi va unumdorligini ta’minlaydi. - Sensorli va motor zonalar maqbul joylashuvi- axborotni qabul qilish tezligi va aniqligi, shuningdek, biomexanika, psixologiya va mehnat fiziologiyasi qonunlariga muvofiq turli muhitda amalga oshiradigan harakatlar aniqligi va unumdorligini ta’minlaydi.
- Ergonomistlar ish joylaridagi elementlarni loyihalash va joylashtirishda fiziologiya va biomexanika, antropometriya qoidalariga asoslanib, bajariladigan kasbiy faoliyatning xususiyatlarini, uning vazifalarini о‘rganadilar va obyektlar harakatini aniqlashga imkon beruvchi sensorli nazorat о‘rnatadi.
- Keyingi bosqichda ergonomistlar ish joyida о‘tirgan (tik turgan) holda sensorli va motorli zonalardagi ma’lumotlarni vizual tez va aniq qabul qilish hamda maqbul bо‘lgan ish holatini ta’minlaydigan mushaklaridagi statik yukni minimallashtiradigan tarzda asbob uskunalar va jihozlarni joylashtiradilar. Shuningdek ish joylarini loyihalashda uning xususiyatlaridan kelib chiqib, antropometrik о‘lchovlar asosida inson tanasining grafik modelini yasash usulidan foydalanishlari mumkin. Bu vektor-koordinatali usuli deb, undan foydalanganda populyatsiyaning antropometrik о‘lchovlari muntazam yangilanadigan ma’lumotlar bazalaridan hamda konsturktor, loyihachilar ish joylari va sanoat mahsulotlarini, asbob-uskunalarni ergonomik baholashda tirik odamning о‘rnini bosadigan hajmli modellardan ham foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |