5. Ish о‘rnining kо‘rsatkichlarini hisoblash - 5. Ish о‘rnining kо‘rsatkichlarini hisoblash
-
- Ish о‘rnidagi kо‘rsatkichlarni hisoblashda bir necha qoidalar mavjud:
- 1-qoida. Ishlovchilar uchun belgilangan ishlab chiqarish qurilmalarini erkak va ayol, millati, yoshi va mutaxassisligi bо‘yicha guruhlash. [14]
- Bunda antropometrik alomatlar son qiymati boshqa persentillarga mos kelishi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
- A = M + aK. (3.1)
- bunda: a-egri-bugri chiziqli maydonning meyoriga muvofiq standart jadvallar aosida topiladigan koeffitsent K- antropometrik alomatdagi qidirilayotgan son qiymati; M- antropometrik alomatning о‘rta arifmetik qiymati;
- 2-qoida. Ishlovchilar guruhiga ma’lum bir joyda qurilmalar о‘rnatishni loyihalashtirilayotgan miqdor (% da) yuqori va quyi chegaralari standatlarga javob berishi kerak. Keng foydalaniladigan qurimalar konstruksiyasi (dastgoh, transport, yо‘l qurilish mashinalari, presslash mashinalari va shunga о‘xshash) xodimlarning 90-95% ishlashi uchun qulay qilib yasalishi kerak. Chunki gavdasi bо‘yicha eng quyi va eng yuqori chegaradagi xodimlarning 90%. ushbu chegara orlig‘ida, qolgan 10% ga ish о‘rni va qurilmalar kо‘rsatkichiga mos kelmaydi Bular, 5% о‘ta kichik va 5% о‘ta katta gavda о‘lchamlarga ega bо‘lgan xodimlar.
Agar ish joylari turli yoshdagi erkaklar va ayollar uchun mо‘ljallanayotgan bо‘lsa, unda yuqori kо‘rsatkichlar 18-30 yoshdagi aholi gavdasining bо‘ylama о‘lchamlari bо‘yicha hisoblanadi. Qurilma о‘lchamlari kengligi, eni, qо‘l yetadigan balandligi, о‘tish joylarining о‘lchamlari va gavda о‘lchamlari, harakatdagi aylanma burchak diapazoni, 30-60 yoshli xodimlar qatlamiga mos kelishi bilan hisoblanadi. - Agar ish joylari turli yoshdagi erkaklar va ayollar uchun mо‘ljallanayotgan bо‘lsa, unda yuqori kо‘rsatkichlar 18-30 yoshdagi aholi gavdasining bо‘ylama о‘lchamlari bо‘yicha hisoblanadi. Qurilma о‘lchamlari kengligi, eni, qо‘l yetadigan balandligi, о‘tish joylarining о‘lchamlari va gavda о‘lchamlari, harakatdagi aylanma burchak diapazoni, 30-60 yoshli xodimlar qatlamiga mos kelishi bilan hisoblanadi.
- Ish joyining tuzilish kо‘rsatkichlarini hisoblaganda antropometrik tayanch nuqtalari ma’lumotlariga asoslanish kerak. Bular qо‘yidagilar:
- 1) Tik turgan holatda- balandlik uchun pol yuzasidan, stend devori uchun gavdaning old-orqa va kо‘ndalang о‘lchamlarini о‘lchash;
- 2) О‘tirgan holatda- pol yuzasi; о‘rindiq yuzasi; о‘rindiq suyanchig‘i, о‘rindiq orqa tomoni balandligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |