4-mavzu. Intellektual o‘lchash asboblarining texnik va dasturiy ta’minotlari Reja
Download 146.78 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-МАВЗУ
1.3-rasm. Shtrix-kodlashtirish. Shtrix-kodlashtirishning keng qo‘llanishiga sabab bo‘lgan xususiyatlar quyidagilardir: grafikaning oddiyligi; tasvir va tashuvchi (qog‘oz va boshqalar) sifatiga talabning yo‘qligi; o‘qigichlarning oddiy va arzonligi. Shtrix-kodni aniqlash prinsipi. Strix-kod bo‘ylab fotopriyomnik harakatlantiriladi. Unda ingichka nur hosil qiluvchi yorug‘lik manbayi va yorug‘likka sezgir element (fotodiod) joylashgan. Fotopriyomnik harakatlanishi bilan kod tashuvchidan qaytgan yorug‘lik intensivligi och va to‘q chiziqlarga bog‘liq ravishda turlicha bo‘ladi. Qaytgan yorug‘lik oqimining, mos ravishda elektr signalining o‘zgarishi fotopriyomnikning chiqishida kod rasmini hosil qiladi. So‘ngra kod dekoder yordamida qayta ishlanib, odatdagi ANSI kodlariga aylantiriladi. Kod o‘qigichlar konstruksiyasi turlicha: do‘kon xazinachisi ishlatadigan qo‘lda harakatlantiriluvchi hamda transportyor bilan jihozlangan avtomat o‘qigichlar mavjud. Strix-kodlarni qo‘llash sohasi juda keng. Undan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini markirovka qilishda, turli mahsulotlarning tarkibiy qismlarini (masalan, kompyuter tashkil etuvchilari platalarini) markerlashda foydalaniladi. Magnit kartalar plastmassa plastinkadan iborat bo‘lib, uning yuzasiga identifikatsiya yozuvi va identifikatorning magnit yozuvli ferromagnit tasma qatlamiga yozilgan. Kartani o‘qigichning tirqishiga qo‘yiladi, u tashuvchi mexanizm bilan ushlab olinadi va magnit kallakka olib boriladi. Shu zahoti undagi ma’lumotlar o‘qiladi va xabar shakllantiriladi. Magnit kartalarini qo‘llanish sohasi juda keng: xodimning identifikatsiya kartasi, mehnat jihozlarini identifikatsiya kartasi va hokazo. Magnit kartalar plastmassa plastinkadan iborat bo‘lib, uning yuzasiga identifikatsiya yozuvi va identifikatorning magnit yozuvli ferromagnit tasma qatlamiga yozilgan. Kartani o‘qigichning tirqishiga qo‘yiladi, u tashuvchi mexanizm bilan ushlab olinadi va magnit kallakka olib boriladi. Shu zahoti undagi ma’lumotlar o‘qiladi va xabar shakllantiriladi. Magnit kartalarini qo‘llanish sohasi juda keng: xodimning identifikatsiya kartasi, mehnat jihozlarini identifikatsiya kartasi va hokazo. O‘lchash va sanash uchun qurilmalar. Elektron tarozi. Elektron tarozi bilan yirik oziq-ovqat do‘konlarining qadoqlash bo‘limlarida ishlatishga mo‘ljallangan CAS LP-15 modeli misolida tanishamiz. U konstruktiv tuzilishiga ko‘ra og‘irlikni o‘lchash mexanizmi, natijalarni raqamli shaklga aylantirgich, elektron blok va klaviatura bilan boshqaruv paneli hamda kerakli indikatorlardan iborat. Tarozi quyidagi operatsiyalarni bajarishi mumkin: qadoqlangan mahsulotlar og‘irligini o‘lchash; og‘irlikni bahoga ko‘paytirish (baho elektron blok xotirasida saqlanadi); qadoqlangan mahsulotga bahosi bilan etiketka chop etish; mahsulotlar harakati hisobini amalga oshiruvchi kompyuterga xabar uzatish; kompyuterdan mahsulotlar va baholar o‘zgargani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qabul qilish; amalga oshirilgan og‘irlikni o‘lchash haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish. Bunday tarozilar avtonom va do‘kondagi mahsulotlar harakatini hisobga oluvchi tizim bilan birgalikda ishlashi mumkin. Unda ishlash quyidagicha: qadoqlangan mahsulotni operator taroziga qo‘yadi va uning kodini teradi. Elektron blok xotiradan kodga mos bahoni olib tortish ko‘rsatkichiga ko‘paytiradi. Natija chop etish qurilmasiga yuboriladi va etiketka chop etiladi. Operator etiketkani qadoqlangan mahsulotga yopishtiradi. Bir vaqtda qadoqlash bahosi tarozining yig‘uvchi-hisoblagichiga qo‘shiladi. U shu tarozidan o‘tgan barcha mahsulotlar hisobini olib boradi. Shuningdek, qadoqlash bahosi shu mahsulot harakatini aniqlovchi hisoblagichga ham yuboriladi. Download 146.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling