4-mavzu. Intellektual o‘lchash asboblarining texnik va dasturiy ta’minotlari Reja


Download 146.78 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2023
Hajmi146.78 Kb.
#1770342
  1   2
Bog'liq
4-МАВЗУ


4-mavzu. Intellektual o‘lchash asboblarining texnik va dasturiy ta’minotlari
 
Reja
1. Dasturlar yaratish vositalari.
2. Sun`iy intellekt tizimlari
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog’liq yo’nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga Dasturlar yaratish vositalari va Sase-texnologiyalar kiradi. Dasturlar yaratish vositalariUshbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o’z ichiga oladi. 
Ularga quyidagilar kiradi: kompilyator va interpretatorlar; dasturlar kutubxonasi; turli yordamchi dasturlar.Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi.Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat.Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.
CASE - Somputer aided sistem engineering - axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo’lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko’pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi. CASE-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80- yillar oxirida shakllangan yo’nalishdir. CASE-texnologiyasi - murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir.
Dasturlash tillari va ularni tasniflash,Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo’yicha tasniflash mumkin. Dasturlash tilining kompyuterga bog’liqlik da­rajasi bo’yicha tasniflash eng umumiy hisoblanadi .Yuqorida aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari kompyutera bog’liq va kompyuterga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi.Kompyuterga bog’lik tillar, o’z navbatida, kompyuter tillari va kompyuterga mo’ljallangan tillarga ajratiladi.Dasturlash tilining kompyuter tiliga yaqinligi darajasini tariflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi. Kompyuter tili 0 daraja deb qabul qilingan bo’lib, sanoq boshi hisoblana­di. Odamning tabiiy tili “eng yuqori darajadagi til” deb qara­ladi.
Kompyuterga bog’liq bo’lmagan tillar ham ikkita turga bo’li­nadi: birinchisi protseduraga mo’ljallangan tillar, ikkinchisiga - muammoga mo’ljallangan tillar.Protseduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini (protseduralarni) tavsiflashga mo’ljallangan; shu­ning uchun ular ko’pincha oddiy qilib “algoritmik til­lar" deb ataladi.Ushbu tillar yechilayotgan masalalar xususiyatlarini to’la hisobga oladi va kompyuterning turiga deyarli bog’liq emas. Bu xil­dagi tillar tarkibi kompyuter tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga yaqinroq.
Ma’muriy ishlab-chiqarish aloqa vositalari. Korxona yoki tashkilotdagi ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratishda axborot almashinuvini faqat raqamli-belgili xabarlar sifatida uzatish yoki qabul qilish bilan to‘liq amalga oshirib bo‘lmaydi. Insonlarning jonli muloqotidan voz kechib bo‘lmaydi. Bu masalalarni tez bajarishni va qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi. Bunda telefon, telefaks kabi aloqa vositalari katta yordam beradi.
Axborot tizimlarining qo‘shimcha texnik vositalari. Shtrix-kodlar. Shtrix-kodlashtirish g‘oyasi shundan iboratki, bu tizimga kiruvchi alfavitning har bir belgisiga bir qancha och va to‘q, qalin va ingichka chiziqlar kombinatsiyasi tenglashtiriladi. Shtrix-kodlashtirishning bir qancha turi mavjud bo‘lib, ular xizmat ko‘rsatuvchi soha xususiyatlariga moslashtirilgan. Misol tariqasida, ishonchli va universal bo‘lgan Code39 tizimini ko‘rib chiqamiz.
Kodning alfaviti raqamlar, lotin harflari va sakkizta maxsus belgidan (+, -, $ va boshqalardan) tashkil topgan. Har bir belgi 9 ta to‘q chiziq, ulardan 3 tasi — qalin va ular o‘rtasidagi joy guruhidan iborat (shuning uchun kod «39» deb nomlangan, ya’ni «9 dan 3»). Masalan,
«ABC1» qatori Code39 da 1.3-rasmdagidek tasvirlanadi.

Download 146.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling