4-mavzu. Investitsiyalar hisobi


Download 420.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana09.06.2023
Hajmi420.78 Kb.
#1468335
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu. Investitsiyalar hisobi



4-mavzu. Investitsiyalar hisobi 
 
1. Investitsiyalarning mazmuni va ularni hisobga olishning vazifalari. 
Investitsiyalarning turkumlanishi va baxolanishi. Investitsiyalar 
hisobini tashkil qilish 
2. Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish, ularning bozor va nominal 
qiymatini hisobga olish tartibi. Obligatsiyalar tabiati va 
xaraKrediteristikasi. Obligatsiyalardagi qiymat, ulardagi chegirmalar, 
ularga to’lanadigan qo’shimcha xaq va ularning amortizatsiyasi. 
To’lanadigan obligatsiyalar. 
3. Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish hamda qayta sotish bilan 
bog’liq xarajatlar hisobi. Investitsiyalar bo’yicha moliyaviy 
natijalarni hisobga olish tartibi 
 
 
1. Investitsiyalarning mazmuni va ularni hisobga olishning vazifalari. 
Investitsiyalarning turkumlanishi va baolanishi. Investitsiyalar 
hisobini tashkil qilish 
Pul, moddiy va nomoddiy shakldagi kapitalni tadbirkorlik faoliyati 
ob’ektlariga daromad olish va kelajakda ularning qiymatini ko’paytirish maqsadida 
yo’naltirish «investitsiya»lar deb ataladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha qilayotgan amaliy harakatlari majmuasi 
«investitsiya faoliyati» deb yuritiladi. Korxonalar turli maqsadlarda investitsiya 
qilish jarayoni bilan shug’ullanadilar. Ayrim korxonalar uchun investitsiyalar 
qilish faoliyati bilan shug’ullanish ularning asosiy ishi hisoblanib, kompaniyaning 
moliyaviy natijalari shu yo’nalishning natijalariga bevosita bog’liq bo’lsa, 
ayrimlari investitsiyalarni keyinchalik muhim ishlarni amalga oshirish uchun 
zahira sifatida ushlab turadi. Boshqalari esa savdo munosabatlarini mustahkamlash 
yoki tijorat sohasidagi ustunlikka ega bo’lish uchun savdo investitsiyalariga 
mablag’ yo’naltiradi. Korxonalarning investitsiya faoliyatini davlat turli shakllarda 
tartibga solib turadi. Jumladan: 

investitsiya kiritishning e’tiborga loyiq yo’nalishlari va o’bektini belgilab 
berish; 

investitsiya faoliyatini soliqlar bilan tartibga solish; 

investitsiyalar hisobini yuritishni standartlar yordamida tartibga solish; 

investitsiya faoliyatini investorlarga moliyaviy yordam ko’rsatish yoki 
tegishli kredit siyosatini o’tkazish orqali tartibga solish; 

investitsiya faoliyatini tegishli amortizatsiya siyosatini amalga oshirish 
orqali tartibga solish; 

moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirishning shakl va shartlarini belgilash 
orqali tartibga solish; 



investitsiyalar himoyasini tashkil qilish. 
Korxonalar o’z bo’sh mablag’larini qimmatli qog’ozlar, davlatning qarz 
majburiyatlarini sotib olish, boshqa korxonalarning ustav kapitalida qatna-shish, 
birgalikda o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish kabi yo’nalishlarga sarf 
qilishlari mumkin. 
Qimmatli qog’ozlar ikki xil toifaga bo’linadi:
1. Qarz qimmatli qog’ozlar.
2. Ulushli qimmatli qog’ozlar. 
Qarz qimmatli qog’ozlari – korxonalar bilan kreditorlik munosabatlarini 
ko’rsatuvchi instrument, ya’ni vositalardir. Qarzqimmatli qog’ozlariga korporativ 
obligatsiyalar, konvertirlanadigan qarzlar, tijorat qog’ozlari va barcha ta’minlangan 
qarz qimmatli qog’ozlari misol bo’la oladi. 
Ulushli qimmatli qog’ozlar egalik ulushini ko’rsatuvchi qimmatli qog’ozlar 
kabi obuna qilinadilar. Ular oddiy, imtiyozli yoki boshqa turdagi aktsiyalar 
biyelishi mumkin. Ular ham sotib olish va egalik ulushini kelishilgan va 
belgilangan baholarda joylashtirish huquqini o’z ichiga oladi, masalan, varrantlar, 
huquq va optsionlar bo’lishi mumkin. Konvertirlanadigan qarz qimmatbaщo 
qog’ozlar va sotib olinadigan imtiyozli aktsiyalar ulushli qimmatbaho qog’ozlar 
sifatida ko’rilmaydi. Ulushli qimmatbaho qog’ozlar sotib olinganda uning 
qiymatiga qimmatbaho qog’ozni sotib olish bahosi plyus brokerlik kommission va 
boshqa sotib olish bilan bog’liq to’lovlar kiradi. 
Bir korporatsiya boshqa korporatsiyaning oddiy aktsiyalarida ulushli 
qatnashishni sotib olayotgan holda investitsiyalar hisobi sotib olingandan siyeng 
odatda bosqichli aniqlanadi. Bir korporatsiyaning boshqasini oddiy aktsiyalaridagi 
investitsiyasi aktsiyalar foiziga binoan ovoz berish huquqiga mos щolda 
klassifikatsiyalanadi. 
1. Egalik qilish 20 % gacha (haqiqiy qiymat usuli) –investor passiv 
ulushga ega hisoblanadi. 
2. Egalik qilish 20 % va 50% o`rtasida (ulushli usuli) –investor 
ahamiyatli ta’sirga ega hisoblanadi. 
3. Egalik qilish 50 % dan yuqori (konsolidatsiyalashgan hisobot) – 
investor nazorat paketiga ega hisoblanadi
Yuqorida keltirilgan holatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda investitsiyalar 
hisobini yuritishga bevosita o’z ta’sirini o’tkazadi. Korxonalarning investitsiyalar 
qilish bilan bog’liq xo’jalik muomalalari hisobi buxgalteriya hisobining 
«Moliyaviy qo’yilmalar hisobi» deb nomlangan 12-sonli milliy standarti asosida 
yuritiladi. SHu bilan birgalikda, investitsiyalardan tushgan daromadlarni tan olish, 
sho’ba korxonalarga investitsiyalar qilish, birgalikdagi faoliyatga qilingan 
investitsiyalarni hisobga olish kabi ayrim xo’jalik muomalalari esa, «Asosiy 


xo’jalik 
faoliyatining 
daromadlari» 
deb 
nomlangan 
2-sonli, 
«Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba korxonalarga qilingan 
investitsiyalar hisobi» deb nomlangan 8-sonli Buxgalteriya hisobi milliy 
standartlari yordamida tartibga solinadi. 
Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari talablariga binoan 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar quyilgan 
vaqtiga ko’ra: 


Download 420.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling