4-mavzu. Investitsiyalar hisobi
Debet «Qo’shilgan kapital-»X» turdagi aktsiyalar 45000 Kredit
Download 420.78 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu. Investitsiyalar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
Debet «Qo’shilgan kapital-»X» turdagi aktsiyalar
45000 Kredit «Qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan daromad» 45000 Korxona bir qancha vaqt o’tganidan keyin «Z» turdagi aktsiyalar kursini keskin tarzda tushib ketayotganligidan xavotir olib, barcha aktsiyalarini birinchi xaridorga har bir aktsiyani 495 so’mdan sotishga qaror qildi. Bu xo’jalik muomalasi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: Debet «Pul mablag’lari» 297000 Debet «Qo’shilgan kapital- « Z » turdagi aktsiyalar 24000 Debet «Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar» 3000 Kredit «Investitsiyalar» 324000 Buxgalteriya hisobining amaldagi standartlari talablariga ko’ra xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar bilan bog’liq barcha ma’lumotlarni berib borishlari lozim. Bu hisobotlar investorlarga korxonalarning investitsiya portfeli shakllanishining asosiy tamoyillari, ularning daromadliligi va ular bilan bog’liq tavakkalchiliklar to’g’risida ma’lumotlar berishi lozim. Buxgalteriya balansida investitsiyalar toifalari bo’yicha aks ettirilib, uning uzoq muddatli aktivlar qismida uzoq muddatda, joriy aktivlar qismida esa bir yilgacha muddatda daromad olish maqsadida yo’naltirilgan investitsiyalar qiymati aks ettiriladi. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda investitsiyalarning sotilishi natijasida olingan daromad va bu daromadni yaratish bilan bog’liq xarajatlar, dividendlar, royalti, ijara haqi va foizlar ko’rinishidagi daromadlar hamda hisob siyosatiga ko’ra investitsiyalarni qayta baholashdan olingan foyda yoki zarar so`mmalari tegishli moddalar bo’yicha o’z aksini topadi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda investitsiyalarining kirimi va chiqimi bilan bog’liq pul oqimlarining harakati to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Nazorat savollari: 1.Investitsiya nima? 2.Investitsiyalarni turkumlanishi va baholanishi. 3.Investitsiyalarni hisobga olish tartibi. 4.Obligatsiya nima? 5.Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish va qayta sotish bilan bog’lik operatsiyalarini xisobi. . Download 420.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling