4-mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkning shakllanishi. O'zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi Reja
Download 35 Kb.
|
4-m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlar strategiyasi” yangi taraqqiyot bosqichi.
Ijtimoiy hayot. Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o'tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rib borildi. Shu maqsadda, miqdori muntazam o'zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to'lovlari tarzidagi pul to'fovlari keng qo'llanildi.
Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday to'lovlar miqdori 2000- yilda 187,8 mlrd. so'mni tashkil etdi. Faqat 2000- yilning o'zida aholining kam ta'minlangan qismiga fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari - mahalla yig'inlari orqali 54,2 mlrd. so'm miqdorida nafaqa, ko'mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turarjoylar, 19,5 ming o'rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o'rinli maktablar, 15,3 ming o'rinli akademik litseylar, 126,5 ming o'rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash va gazlashtirish bo'yicha keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000— yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta'minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko'tarildi. Yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Respublikada aholiga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko'rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylarda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi. Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo'yicha malakali tibbiy yordam ko'rsatmoqda. 1994— yilda aholining dori-darmonga bo'Igan ehtiyoji respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo'g'i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003— yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko'rsatkich 25 foizgacha o'sdi. 2019- yil 1-yanvardan boshlab ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to‘liq to‘lash tartibi joriy etildi. Ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar ko‘paytirildi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion so‘m yoki 2018-yilga nisbatan 1,5 trillion so‘m ko‘p mablag‘ sarflandi. Qishloq joylarda – 17 ming 100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‘p arzon va shinam uylar qurildi. Kam ta’minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard so‘mdan ziyod boshlang‘ich badal to‘lab berildi”. (Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan) ”Harakatlar strategiyasi” yangi taraqqiyot bosqichi. 2017-yil 7-fevralda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI qabul qilindi. Unda 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi: 1.Davlat vajamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. 2, Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari. 3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari 4.Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari 5.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlaridir. Harakatlar strategiyasida iqtisodiy masalalari alohida o‘rin egallagan. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling