4-mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkning shakllanishi. O'zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi Reja
-masala. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi
Download 35 Kb.
|
4-m
2-masala. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi
Mustaqillik arafasida sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo'jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi, O'zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo'lib, korxonalari mustaqil xo'jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko'pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to'xtab qoldi. Shu boisdan, O'zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko'rildi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O'zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy o'zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yo’lidan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar uchun zarur mablag'lar davlat buyudjiti va aholi jamg'armalari hisobidan ajratildi. 1994-2003-yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Xalq xo'jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari ko'rildi. «Chet el investitsiyaiari to'g'risida», «Chet ellik investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el investisiyasini O'zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investisiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog'i yildan-yilga o'sib bordi. 1994-2003 yiilarda respublika iqtisodiyotida o'zlashtirilgan chet el investitsiyaiari hajmi 14 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni 2003- yilda 2087 taga yetdi. 2005- yilda oldingi yilga nisbatan iqtisodiyotga jalb qilingan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 1,5 baravar ko'paydi.” Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 2019-yilda4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan – mana shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi. Energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo‘l qurilishi, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada 2019-yilda iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga ko‘paydi. Oltin-valyuta zahiralarimiz 2019-yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi” (Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan). Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling