4 Mavzu. Iqtisodiy tebranishlar Reja Iqtisodiy davr tushunchasi va uning bosqichlari Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari


Davlatning davriylikka qarshi siyosati


Download 117.5 Kb.
bet6/7
Sana27.02.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1234107
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 - Mavzu. Iqtisodiy tebranishlar

5.Davlatning davriylikka qarshi siyosati
Davriylikka qarshi siyosat — iqtisodiy siyosat vositalaridan iqtisodiy kon’yunkturaning tebranishlariga qarshi harakati, iqtisodiy davrning keskin burilishining yuqori va quyi nuqtalarini yumshatish uchun uchun foydalanish.
Davriy tebranishlarni davlat tomonidan tartibga solish usullari qanday bo’lmasin, ularning barchasi o’zaro qarama qarshilikka olib keladi. Barcha chora-tadbirlar har bir holatda tebranish borishiga qarshi yo’naltirilishi lozim. Inqiroz va tanazzul davrida — bozor kon’yunkturasi past va davlat barcha vositalar yordamida xo’jalik faoliyatini faollashtirishga, jonlanish, ayniqsa ko’tarilish davrida u ishchan faollikni ushlab turishga intiladi. Shunday qilib, masalan, ishsizlik, ishchan faollik pasayish davrida davlat harajatlarini oshirish va soliqlarni pasaytirish hamda cho’qqiga erishgan davrda bu harajatlarni qisqartirish bilan soliqlarni oshirish orqali tartibga solinadi. Bundan tashqari davlat ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni haridini amalga oshirib o’z byudjetini keng qo’llaydi va boshqalar. Davriylikka qarshi tartibga solish shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshiriladiki, u davrni hamda uning yuzaga kelishini zamonaviy sharoitlarga moslaydi.
Davlatlarning iqtisodiy siyosati asosan inqirozga qarshi, davriylikka qarshi sifatida rivojlandi. Davrni tartibga solish bo’yicha keng qamrovli yo’nalish va chora-tadbirlari ishlandi. Bunda bugungi kunda fiskal siyosat instrumentlari, monetar siyosat vositalari va nihoyat takror ishlab chiqarish nisbatlariga bevosita ta’sir chora-tadbirlari – milliy iqtisodiyotlarni dasturlash va rejalashtirish.
Fiskal siyosatdavlat harajatlari ko’lamlari, tovarlar va xizmatlar haridi davrga barqarorlashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Tovar va xizmatlarni davlat haridi — kon’yunktura tebranishlariga chidamliSIMga yalpi talabning bir qismi. Biroq fiskal siyosat davrga faqat ko’lamiga emas, balki tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi. Darvga ta’sir ko’rsatish nuqtai nazaridan u yo rag’batlantiruvchi, ekspansiya, yoki to’xtatuvchi, restriktiv bo’lishi mumkin.
Monetar siyosat hozirgi ahamiyatiga oltin standartdan oltinga bo’linmaydigan kredit va qog’oz pullarga o’tishi bilan bog’liq asosda paydo bo’ldi. Oltin standart sharoitida muomaladagi pul miqdori davrlarga unchalik sezilarli ta’sir ko’rsatmagan: katta miqdor xazinaga ketgan va u erda pullarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojlar to’ldirilgan. Boshqa ish bu oltinga bo’linmagan pullar bo’lib,ular inflyatsiyaga uchraydi, bu ularni xazinaga o’tishiga to’sqinlik qiladi. Shu sababdan pul miqdori davrga ta’sir ko’rsatuvchi omilga aylanadi.
Bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning tsiklli o’zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq.
Iqtisodiy faollikning o’sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, uning turg’unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o’zgarishidir. Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo, chakana narx o’sib, ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi.
Pul oqimi (iste’mol harajatlari summasi) pul miqdorining o’zgarishi natijasida o’zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi.
Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi sababli pul oqimini barqarorlashtirish murakkab hisoblanadi. Hozirgi paytda kredit pullari to’lov va muomala vositasi sifatida asosiy rolni o’ynaydi. Aynan bank tizimi kredit pullarni yaratadi, shunga ko’ra, pul oqimining o’zgarishida banklarning hisob stavkalari katta ahamiyat kasb etadi. Bu nazariyaning ayrim namoyandalari pulni harakatga keltiruvchi kuch sifatida qarab, muvozanatning buzilishiga asosiy sabab deb ko’rsatadilar.
Ikkinchi guruhi esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat mutanosiblikni buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni ilgari suradilar. Muvofiq ravishda monetar va nomonetar yo’nalish vujudga keldi. Monetar nazariyaning e’tiborli tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1) yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab chiqarish tuzilmasi nomutanosibliklari tahlil qilinadi;
2) mazkur nomutanosibliklarning salbiy oqibati sifatida kelib chiquvchi inqirozlar tahlil qilinadi.
Shunday qilib, bu nazariya tarafdorlari jamg’arishning davriy ravishda oshib ketishi va mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulni ko’rsatadilar.
Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling