4 Mavzu. Iqtisodiy tebranishlar Reja Iqtisodiy davr tushunchasi va uning bosqichlari Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari


Download 117.5 Kb.
bet7/7
Sana27.02.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1234107
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 - Mavzu. Iqtisodiy tebranishlar

Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o’zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg’arishning ko’payib ketishidagi rolini ko’rsatishadi. Monetar va nomonetar yo’nalish o’rtasidagi farq uncha katta emas, biri ikkinchisini to’ldiradi. Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Iqtisodiy tsikllarni iste’mol tovarlariga talabning o’zgarishiga bog’lab, akseleratsiya printsipiga e’tibor qaratiladi. Bu printsip mohiyatiga ko’ra texnik sabablar tufayli iste’mol tovarlariga bo’lgan talabning ozgina o’zgarishi ishlab chiqarish uchun zarur tovarlarga talabning keskin o’zgarishiga olib keladi.
Ko’proq jamg’arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni tsiklli rivojlanishining sababi qilib ko’rsatiladi:
1) mablag’ni jamg’arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg’unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag’ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi;
2) pulni jamg’arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, chunki u iste’molga sarflanmaydi.
3) natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg’arish hajmi o’sib borib, iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.
Iqtisodiy tsikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq. Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish tsikllari o’rtasida katta farq bor.
Kundalik iste’mol mollari doimiy ravishda iste’mol qilinadi. Ularning iste’mol miqdori o’zgargan taqdirda ham uncha katta o’zgarishlar sodir bo’lmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni domiy ravishda harid qilinmaydi. Balki ular iste’molchi daromadi ko’paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur.
Iste’mol o’sgan sari kapital tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab chiqarish tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya’ni iste’mol tovarlari, uzoq muddat foydalaniladigan va kapital tovarlar o’rtasida nisbatlar buziladi.
Inqirozning sababi pul etishmasligi, bank rezervlarining kamligi emas, balki ana shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko’pchilik iqtisodchilar etarli darajada iste’mol qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb ta’kidlaydilar. Ya’ni iste’molchilar daromadlarini ko’proq jamg’arishga ajratganlari uchun emas, balki to’lov qobiliyatining etarli emasligi, ya’ni harid qilish uchun pulning yo’qligidan kelib chiqadi.
Iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishini tushuntirishda iqtisodiy nazariyalar bilan bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o’rin olib bormoqda. Psixologik nazariya tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kirtish mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob’ektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko’rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro’y beradi.
Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o’sishi odamlarning kayfiyatini ko’taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi yuqori bo’lgan pul jamg’arishga moyilligi ortib borishi va o’z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etishini ko’rsatishadi.
Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling