Hujayra patalogiyasi va uning kelib chiqish sabablari


Download 24.16 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi24.16 Kb.
#1020095
  1   2   3
Bog'liq
HUJAYRA PATALOGIYASI VA KELIB CHIQISH SABABLARI


Hujayra patalogiyasi va uning kelib chiqish sabablari

Reja:



Kirish

  1. Hujayra patalogiyasi

  2. Hujayra patalogiyasi sabablari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Patologiya (yun. pathos — kasallik va ..logiya) — nazariy va klinik tibbiyot sohasi; kasallikning paydo boʻlish sababi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va oqibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari umumiy patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy patologiyada oʻrganiladi. P. patologik anatomiya va patologik fiziologiyaga boʻlinadi. Bundan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik patologiya, oʻlka patologiyasi, paleo-patologiya, shuningdek, kimyoviy va fizikkimyoviy, professional, molekulyar va boshqa patologiyalar bor. Eksperimental patologiya odamlar (xayvonlar)da uchraydigan kasalliklarni tajriba hayvonlarida sunʼiy yoʻl bilan paydo qilib, uning avj olish mexanizmlarini, qiyosiy patologiya odam va hayvonlarda uchraydigan kasalliklarning kechishi va rivojlanishidagi xususiyatlarni qiyoslab oʻrganadi. Klinik patologiya aʼzo va sistemalarning funksional holatini aniqlash maqsadida bemorni tekshiradi, shuningdek, kliniklab, biokimyoviy va boshqa tekshiruvlar oʻtkazadi; oʻlka patologiyasi kasallikni turar joyning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq holda oʻrganadi; ishlab chiqarishdagi zararli taʼsir etuvchi omillarni oʻrganadigan kasb patologiyasi ham bor.



  1. Hujayra patalogiyasi

19-asrning oʻrtalarida nemis olimi R. Virxov asos solgan sellyulyar patologiya (hujayra patologiyasi) nazariyasiga koʻra, kasallik hujayra va aʼzolarning tuzilishidagi oʻzgarishlar oqibatidir. Bu kasallik mohiyatini oʻrganishda oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.
Oʻzbekistonda patologiya sohadagi i.tlar dastlab 20-asrning 20-yillarida boshlandi. Bunda oʻlka patologiyasiga oid muhim vazifalar ishlab chiqildi. patologiyaga oid masalalar 2-ToshTIda 1998-yildan chop etiladigan "Patologiya" jur.da yoritib boriladi.
Sellyulyar patologiya (lot. Cellula — xonacha; bu yerda hujayra maʼnosida), hujayra patologiyasi - tibbiyot nazariyasi. 1855—58 yillarda R.Virxov yaratgan. Uning asosi hujayra nazariyasitr.
Uning asosiy kridalari quyidagicha:
1) hujayra butun tirik mavjudotning birlamchi morfologik elementi boʻlib, usiz na normal, na patologik hayotiy faoliyat yoʻq;
2) har qanday hujayra hujayradan hosil boʻladi;
3) har qanday tirik mavjudot hayot uchun muhim elementlarni oʻzida mujassamlashtirgan hujayra tarkibiy qismlari majmuidan iborat;
4) organizmda alohida elementlar faoliyatini boshqarib turadigan anatomik-fiziologik markaz yoʻq, faqat hujayraning muntazam tiklanib turishi organizmning bir butunligini taʼminlaydi;
5) har bir hujayra ozmi-koʻpmi oʻziga mustaqil boʻlib, oʻzgarishlar bir hujayra doirasidagina roʻy berishi mumkin;
6) butun patologiya hujayra patologiyasidir; kasallik — organizmning muayyan joyiga tegishli jarayon; agar vrach kasallangan joyni aniq bilolmasa, u kasallik haqida toʻgʻri xulosaga kelolmaydi.
Sellyulyar patologiyaga asos boʻlgan juda koʻp daliliy manbalar tibbiyotning rivojlanishida, yaʼni kasallangan organizmda roʻy bergan morfologik oʻzgarishlarni oʻrganish, ular patogenezini aniqlash, diagnostikani takomillashtirishda muhim rol oʻynaydi. Sellyulyar patologiya gumoral patologiya, shuningdek, barcha kasalliklarning kelib chiqishiga organizmdagi zich zarrachalar va nerv sistemasining buzilishigina sabab boʻladi, deb bilgan bir tomonlamalik va xatoliklarni bartaraf etdi. Biroq Virxov, ayniqsa, uning izdoshlari bu qarashlarga qarshi chiqish bilan birga hamma patologik jarayonlarni faqat hujayrada boʻladigan oʻzgarishlarning oqibati deb bilishdi; shuningdek, kasallikning avj olishida nerv va gormonal omillarning ahamiyatini hisobga olmay bir tomonlikka yoʻl qoʻydilar. Ular tomonidan organizmning bir butunligi bilan ichki va tashqi muhitning oʻzgarib turuvchi sharoiti oʻrtasidagi bogʻliklikning inkor etilishi oʻsha davr rus olimlari I.M. Sechenov va boshqalarlarning haqqoniy tanqidiga uchradi. Fanning keyingi yutuqlari, ayniqsa, neyro gumoral omillar, subhujayra va molekulyar strukturalarning oʻrganilishi Sellyulyar patologiyaning xatoliklariga barham berish va sellyulyarizm, gumoralizm, nervizmning barcha foydali tomonlarini birlashtirish, yaxlitlashga imkon berdi (yana qarang Patologiya).
Hujayraning subletal va potensial letal zararlanishlari. Radiatsiya ta’siridan hujayrada yuzaga keladigan u yoki bu xil effektning namoyon bo‘lishi, faqat doza miqdorigagina bog‘liq bo‘lib qolmay, nurlantirish sharoiti, jumladan, nurlantirilish usuli, hujayralarning (nurlantirilguncha va nurlantirilgandan keyingi davrda) oziq moddalari bilan ta’minlanish darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Radiatsion sitologiyada nurlangan hujayralarda reparatsiyaning ikki turi tafovutlanadi – subletal va potensial letal (o‘lishi ehtimol) zararlanishlarning tiklanishi.
Subletal zararlanishlar deb, bevosita o‘zi hujayrani o‘limiga olib kelmaydigan, ammo qayta nurlanishlarda uning inaktivatsiyasini (safdan chiqishini) osonlashtiruvchi o‘zgarishlarga aytiladi. Misol, nurlanish natijasida DNK - bir ipining uzilishi hujayrani o‘limga olib kelmaydi ammo qayta nurlanishlarda shu uzilish qarshisida ikkinchi ipning uzilishi, xromosoma abberatsiyasi va letal effekt chaqirishi mumkin.




  1. Download 24.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling