4-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli Reja: Reja


Download 0.98 Mb.
bet7/18
Sana03.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1691233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Investitsiya va inovatsiya 4 mavzu Iqtisodiyotni rivojlantirishda

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning eng ommabop shakli hisoblangan XIIKlarni tashkil etish va ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash yo’lida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Keling, shu erda «xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona»ga aniqlik kiritsak. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona, deb nimaga aytiladi? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Chunki, Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nimaligini to’liq anglamay turib, u haqda fikr bildirish ma’noga ega emas. O’zbekiston milliy entsiklopediyasida «Korxona – yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt. Mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi, iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan shug’ullanadi. Davlat, munitsipial, jamoa, qo’shma, yakka (oila, xususiy) korxonalar bor», deya ta’riflanadi. Mazkur ta’rifning e’tiborli jihati shundaki, unda korxonaning «qo’shma korxona» shaklida ham tashkil etilishi e’tirof etilgan. Chunki, qo’shma korxonaga berilgan ta’riflarning aksariyatida mazkur masala e’tibordan chetda qolgan. Rossiyalik iqtisodchi-olimlardan L.Makarevich: «Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekti bo’lib, iste’mol talabini qondirish va foyda olish maqsadida qonunchilik asosida tashkil etiladi, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadi», deb ta’rif beradi. Muallif ushbu ta’rifda qo’shma korxonalarni e’tibordan chetda qoldirganligi ko’rinib turibdi.

Shuningdek, iqtisodchi-olimlar B.Rayzberg, L.Lozovskiy, E.Stradubtsevalar ta’rifiga ko’ra: «qo’shma korxona, asosan, yuridik shaxslar tomonidan, mahalliy korxonalar yoki xorijiy hamkorlarning shaxsiy mablag’lari hisobidan ta’sischi joylashgan mamlakatda tashkil etilgan xo’jalik tashkilotidir. Mulkiy shakli jihatidan aktsiyadorlik, mas’uliyati cheklangan yoki sherikchilik ko’rinishida bo’lishi mumkin»36. Mualliflar tomonidan «qo’shma korxona»ga berilgan ta’rif ayrim cheklanishlardan holi emasligi ko’rinib turibdi. Jumladan, so’nggi ta’rifda «ta’sischi joylashgan mamlakatda tashkil etilgan», deya qayd etilgan jumla munozaralidir. Nazarimizda, mazkur jumla qo’shma korxonalarning iqtisodiy mohiyatini ochib berishga bevosita xizmat qilmaydi. Chunki, qo’shma korxonaning ta’sischisi ikkinchi mamlakatda joylashgan bo’lib, uning o’zi boshqa mamlakat hududida tashkil etilishi amaliyotdan ma’lum. A.Borisov tomonidan tuzilgan «Katta iqtisodiy lug’at»da: «Qo’shma korxona ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar tomonidan tashkil topgan xo’jalik yuritish shaklidir. Qo’shma korxona mahalliy tadbirkorlar yoki xorijiy hamkorlar ishtirokida tashkil etiladi. Ta’sischilardan biri jismoniy shaxs bo’lishi mumkin. Qo’shma korxona ustav kapitalining hamkorlikda shakllantirilishi va ta’sischilardan biri joylashgan hududda tashkil etilishi uning o’ziga xos xususiyatga ega ekanligidan dalolat beradi», deya ta’riflangan. Fikrimizcha, qo’shma korxonaga berilgan mazkur ta’rif mantiqiy jihatdan bir-biriga uzviy bog’lanmagan. Shu bilan birga, qo’shma korxonaning ta’sischilaridan faqat biri emas, ikkalasi ham jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin, ya’ni ikkita mamlakatning vakili hisoblangan jismoniy shaxslar o’z mablag’larini qo’shma korxonaning ustav kapitaliga kiritish asosida uni tashkil etishi ham mumkinligi e’tirof etilmagan.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling