4-mavzu: islom ta’limoti asoslari


DINIY AMALLAR KATEGORIYALARI


Download 249.68 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi249.68 Kb.
#1587355
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI

DINIY AMALLAR KATEGORIYALARI


Islom dinida diniy amallar ahamiyatiga ko‘ra bir necha kategoriyalarga bo‘linadi. Ulardan asosiylari quyidagilardir.
Farz deb islom dini ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat’iy dalil bilan bajarilishi talab qilingan amalga aytiladi. Masalan, besh vaqt namoz o‘qish, Ramazon oyida ro‘za tutish, zakot berish, ilm o‘rganish kabi amallar farz hisoblanadi. Farzni bajarish shart hisoblanadi.
Vojib atamasi hanafiy mazhabi ta’limotiga ko‘ra, Qur’oni karimda to‘g‘ridan–to‘g‘ri buyruq kelmagan holda bajarilishi shart bo‘lgan amallarga nisbatan ishlatiladi. Masalan, vitr, hayit namozlarini ado etish. Vojibning darajasi farz bilan deyarli barobar.
Sunnat – islom shariatiga ko‘ra, Rasululloh (a.s.) buyurgan zimmaga yuklanmagan, lekin bajarilishi talab qilingan amal. Sunnatga amal qilish vojibga amal qilish kabi talab etiladi.
Mazhab ulamolari sunnatni, ikkiga bo‘lishgan: 1. Sunnati muakkada (ta’kidlangan sunnat) – vojibdan keyingi darajada turadi, masalan, farzga qo‘shib o‘qiladigan sunnat namozlarni o‘qish. Bunga amal qilgan kishi savobga ega bo‘ladi, amal qilmagan kishi esa muayyan darajada gunohkor hisoblanadi. 2. Sunnati zoida (qo‘shimcha sunnat) – eb–ichish, yurish–turish kabi ishlarda Payg‘ambar alayhissalomga ergashish. Bunga amal qilgan kishi savobga erishadi, amal qilmagan kishiga gunoh bo‘lmaydi.
Mandub – bajarilishi afzal bo‘lgan amal. Masalan, Fitr (Ramazon hayiti) kuni taom eyish, misvok va g‘usl qilish, xushbo‘y surtish va eng yaxshi kiyimlarni kiyish mandub hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirgan kishi savobga erishadi, lekin uni tark qilgan kishi gunohkor hisoblanmaydi.
Muboh islom shariati qilish yoki qilmaslikni kishilar ixtiyoriga qo‘ygan amallar. Masalan, Ramazon oyida kechasi eb–ichish kabi. Bunda shariat belgilagan chegaradan chiqmay tasarruf etish muboh sanaladi. Mubohda uni qilgan ham, qilmagan ham – barobar, savob ham gunoh ham bo‘lmaydi.
Makruh bajarilishi yomon sanalgan amaldir. U ikki xil bo‘ladi: makruhi tahrimiy (harom hisoblangan makruh) va makruhi tanzihiy (pok hisoblangan makruh). Makruhi tahrimiy deb e’tiroz bildirilishi mumkin bo‘lgan dalil bilan bajarilishi taqiqlangan amalga aytiladi. Masalan, birovning sovchiligi ustiga sovchi yuborish, erkaklarning tilla taqishi va ipak kiyim kiyishi makruhi tahrimiy hisoblanadi.
Makruhi tanzihiy bajarilishi qatiy hujjatlar bilan taqiqlanmagan, ammo qilinmasligi qilinishidan afzal bo‘lgan amaldir. Mushuk, yirtqich qushlar tekkan suvda tahorat olish bunga misol bo‘ladi.
Harom atamasi islom ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat’iy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal. Masalan, odam o‘ldirish, zino qilish, o‘g‘rilik kabi amallar harom hisoblanadi.

    1. Download 249.68 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling