4-mavzu: islom ta’limoti asoslari
Download 249.68 Kb.
|
ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA MATNI
4-MAVZU: ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARIREJA: Islom ta’limoti Qur’on va hadis - Islom dinining asosiy manbalari Diniy amallar kategoriyasi Moturidiya va Ash’ariya ta’limotlari. Tayanch so‘z va iboralar: Islom,Nabiy, Rasul, Qur’on, hadis, diniy amallar, namoz,zakot, ro’za, haj, ta’limot, Jannat, Do’zax. MA’RUZA MATNIISLOM TA’LIMOTI. Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Osiyo qit’asidagi Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Turkiya, kabi ko‘pgina davlatlar, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Afrika qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, Sudan, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma’lum bir qismi, Yevropa qit’asida esa Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo‘lagi islomga e’tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkaze va Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi, G‘arbiy Sibir va boshqa ayrim rayonlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjud bo‘lib, bu xalqlar turmush tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Yer yuzida Islomga e’tiqod qiluvchilar, ya’ni musulmonlar qariyb 1,5 milliardga yetadi va ular soni jihatidan xristianlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Islom so‘zining arab tilidagi lug‘aviy ma’nosi – taslim bo‘lish, bo‘ysunish, istilohda esa yagona Allohga bo‘ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha Muhammad a.s. avvalgi (O‘rta Yer dengizi havzasi sivilizatsiyasida ma’lum bo‘lgan) payg‘ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al- anbiyo’) – nabiy va rasul deb tan olinadi. «Nabiy» – arab tilida xabarchi, xabar yetkazuvchi ma’nolarini beradi. Payg‘ambarlar orasida ularga Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg‘ambarning kitob va shariatini insonlarga targ‘ib qilganlari nabiylar deb ataladi (Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Zakariyo kabi). «Rasul» – arab tilida elchi ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi. Masalan, Ibrohim, Muso, ‘Iso kabilar. Muhammad a.s. ham kitob va shariat berilgan payg‘ambarlardan bo‘lib, unga Qur’oni karim nozil qilingan va unda maxsus shariat berilgan. Islom dini har bir o‘zini musulmon deb atagan kishiga din arkonlari deb atalgan quyidagi besh vazifani yuklaydi: 1) Allohning yagona iloh ekanligiga va Muhammad a.s. uning payg‘ambari ekanligiga guvohlik berish 2) kuniga besh mahal namoz o‘qish 3) miqdoriga yetganda o‘z molidan zakot berish 4) har yili Ramazon oyida ro‘za tutish 5) qodir bo‘lsa umrida bir marta haj qilish. Islomning asosiy ruknlari quyidagilardir: imon; namoz; zakot; ro‘za; haj. Download 249.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling