4-mavzu: islom ta’limoti asoslari


Download 249.68 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi249.68 Kb.
#1587355
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI

Namoz


Namoz - islomda imondan keyin musulmonlarga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to‘liq bayon etilmagan bo‘lsa ham, ammo u haqda ba’zi ko‘rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Har kuni besh vaqt: bomdod – (tong otishidan kun chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi o‘z bo‘yiga ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to quyosh to‘liq botgunga qadar), shom – (quyosh to‘liq botganidan ufqdagi qizillik yo‘qolguniga qadar), xufton – (shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado etiladi.

Zakot


Zakot – «poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot yetim-esir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo‘lida yurganlar, zakot yig‘uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy ehtiyojdan tashqari, xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan beriladi. Zakot vositasida jamiyat kishilari orasida o‘zaro hurmat-e’tibor ortib, bir muncha tenglik yuzaga keladi. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo‘lida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Ro‘za


Ro‘za – yilda bir oy: «Ramazon» oyi davomida kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish. Ro‘za hijratning ikkinchi yili farz bo‘lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo‘lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro‘zani buzgan kishi boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki oy paydar-pay ro‘za tutishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, ro‘za Ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi mumkin. Masalan, nafl ro‘za yoki qasamni buzishdagi kafforat uchun ham ro‘za tutiladi.

Haj


Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj Zulhijja oyning 8 kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: «ifrod» – faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj va umra amallari oldinma ketin bajariladi, «tamattu’» – avval umra qilinib, ehromdan chiqiladi va Zulhijja oyining sakkizinchi kuni ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: ehrom bog‘lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani tavof qilmoq.
Islom dinida yuqorida birinchi rukn sifatida zikr qilingan imon va boshqa e’tiqod masalalari
ilm al-aqo’id (ilohiyot) ilmida o‘rganilsa, keyingi to‘rt masala – ibodat masalalari boshqa ko‘pgina savollar bilan ilm al-fiqh (diniy qonunshunoslik) doirasida bayon qilinadi va o‘rganiladi. Islomning O'rta Osiyoga kiritilishi, uning o'ziga xos rivojlanish yullari.O'rta Osiyo arab istilochilari tomonidan zabt etilishi VII-asr oxiri va VIII-asr boshlarida ummaviylar sulolasi hukmron bo'lgan 661-750-yillarda arablar harbiy yurishining ikkinchi bosqichiga to'g'ri keladi. O'rta osiyo xalqlari hayotiga islom ta'limotining kiritilishi muayyan darajada ijobiy rol o'ynadi. Jumladan, arablar hukmronlik qilgan dastlabki asrlarda ilohiyot, fan, falsafada arab tili hukmron bo'lgan. Ammo keyinchalik mahalliy xalqlarning o'z tillarida ham madaniyat rivojlanib, unga
islomning ta'siri kuchli bo'lgan.
Islom aqidasi, asosan yetti narsa ­ Allohga, uning farishtalariga, nozil qilgan muqaddas kitoblariga, yuborgan payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, taqdirning yaxshiligi va yomonligi Allohdan ekanligiga, o‘lgandan keyin qayta tirilishga imon keltirishdan iborat. Bu aqidalar imon kalimalari deb atalmish olti kalimada o‘z ifodasini topgan.
Qiyomat (arabcha–tik turish, o‘rindan turish) o‘liklarning qayta tirilishi va o‘rnidan turishi ma’nosida ishlatiladi.
Islom dinida qiyomatning yaqin qolganligi masalasi juda dolzarb bo‘lsada, uning aniq qachon sodir bo‘lishini faqatgina Alloh bilishi, hatto farishtalar ham bu haqda hech qanday ilmga ega emasligi, payg‘ambarlar ham uning aniq vaqtini bilmaganlari, ularga faqatgina uning alomatlari bildirilganligiga e’tiqod qilinadi.
Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni har bir odamning bu dunyoda qilgan amallari tarozuda o‘lchanadi. U mutlaq adolat tarozusi bo‘lib, hammaga bir xil munosabat qilinadi. Hech bir kishining foydasidan kamaytirilmaydi, zarariga qo‘shilmaydi.
Islom e’tiqodiga ko‘ra, do‘zax ustiga sirot nomli ko‘prik qurilgan bo‘lib, mahshar (qiyomat kuni bandalar yig‘iladigan va savol–javob bo‘lib o‘tadigan joy)da turish tamom bo‘lganidan keyin odamlarga o‘sha ko‘prikdan o‘tishga amr qilinadi.
Jannat (arabcha – bog‘, bo‘ston) taqvodor dindorlar narigi dunyoda rohat va farog‘atda yashaydigan joy. Jannat vasfi Qur’oni karimning ko‘pgina suralarida, jumladan, Oli Imron, Hadid, Qof, Najm, Rahmon, Voqea, Muhammad, G‘oshiya, Inson va boshqa suralarda keltirilgan.
Diniy aqida bo‘yicha, bu dunyodagi hayoti davrida imonli holida ezgu ishlar bilan shug‘ullangan kishilarga Alloh tomonidan jannatdan joy beriladi. Qur’onda jannat daraxtzorlari
ostidagi ariqlarda zilol suvlar oqib turadi, deb ta’riflanadi. U erda insonlar qarimaydi va kasal ham bo‘lmaydi. Jannatda eng oliy ne’mat – Allohning diydorini ko‘rishlik hisoblanadi.
Do‘zax – din talablarini bajarmagan gunohkorlar oxiratda jazolanadigan joy. Islom dinidagi asosiy tushunchalardan biri. Do‘zaxni Alloh kofirlarga va gunohkor bandalarga jazo berish uchun yaratgan. Diniy tasavvurga ko‘ra, do‘zax dahshatli chuqurlik, ichida olov yonib turadi. Do‘zaxga mahkum qilingan bandalar shu olovga tashlanadi, ular qaynoq suv ichadi, u erda o‘sadigan Zaqqum daraxtining mevasi bilan ovqatlanadi, cheksiz azob chekadi, terilari kuyadi. Do‘zax azoblaridan yana biri achishtiruvchi sovuqdir. Do‘zax bir necha tabaqadan iborat bo‘lib, har bir gunohkor o‘z gunohiga qarab tabaqalarda azoblanadi. Islom diniga ko‘ra, do‘zaxning Hoviya, Jahim, Saqar, Lazo, Xutama, Sair, Jahannam kabi etti darvozasi bor.
Do‘zax ham jannat kabi yaratilgan bo‘lib, uning azob–uqubatlari jism va ruhga oid hamda abadiy boqiy qoluvchidir.


    1. Download 249.68 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling