4-mavzu: islom ta’limoti asoslari
Download 249.68 Kb.
|
ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI
Imon«Imon» so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa «La ilaha illallohu Muhammadun rasululloh» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlash demakdir. Imonning yetti sharti bor. Ular: Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni Karimda va Muhammad a.s. hadislarida bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish. Ibodat qilish va sig‘inishga, undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha man’ etgan narsalaridan qaytish. Qur’onning «al-Ixlos» surasida Alloh taoloning yagonaligi shunday ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad a.s.): Alloh yagonadir, beniyozdir (hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug‘magan, tug‘ilmagan va uning tengi yo‘qdir» (Qur’on, 112:1-4). Farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar nurdan yaratilgan bo‘lib, Allohning buyruqlarini so‘zsiz bajarib, amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabroil (Jibril), Mikoil (Mikol) kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur’onda zikr etilgan. Jabroil farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga Allohning vahylarini yetkazish bo‘lgan. Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga bo‘lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur’onda ularni «Kiroman kotibin» («Mukarram kotiblar») deb zikr etilgan (Qur’on, 82:10-12). Bundan tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azroil nomli farishtalarning ismlari ham qayd etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko‘p yerda so‘z yuritilgan. Shuning uchun ham ularga ishonish imonning shartlaridandir. Ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh taolo Muhammad a.s.ga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa Payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum bo‘lganlari: Ibrohim payg‘ambar «Sahifalari», Musoga «Tavrot», Dovud payg‘ambarga «Zabur» va Iso payg‘ambarga berilgan «Injil» kitoblaridir. Ulardan boshqa Payg‘ambarlarga yuborilgan kitoblar haqida Qur’on va hadislarda xabar berilmagan. Yuqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish imonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan. Payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh taolo insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun Payg‘ambarlar yuborgan. Barcha Payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi zikr qilingan va zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar imon keltirish shart. Oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud. Qiyomat kuniga va oxirat hayotiga ishonish islomning asosiy g‘oyalaridan biridir. Taqdirga – yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga – e’tiqod qilish. Yuqorida aytib o‘tilganidek, islomning ma’nosi «taslim bo‘lmoq», «o‘zini topshirmoq»dir. Shunga binoan, inson hayotda ro‘baro‘ bo‘ladigan barcha yaxshi-yomon ishlarni o‘zi uchun Alloh tomonidan belgilangan sinov va imtihon deb bilishi lozim. Yaxshiliklarga shukr qilmog‘i, qiyinchilik va mashaqqatlarga sabr qilmog‘i imonning shartlaridan biridir. O‘limdan keyin qayta tirilish. Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U yerda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar. Download 249.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling