Guruh talabasi Komilov Fazliddinning Dinshunoslik fanidan 2- joriy nazorati
Download 19.61 Kb.
|
dinshunoslikf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iymonning yetti sharti bor. Ular
650-22 guruh talabasi Komilov Fazliddinning Dinshunoslik fanidan 2- JORIY NAZORATI Iymon nima va uning 7 ta shartini yoriting. Hanafiy mazxabi haqida Naqshband tariqatinig mohiyatini yoriting Ekstrizm va terorizm tushunchalarining mazmun mohiyati Missionerlik va prozelitizm tushunchalaring mazmuni. Iegovo shohidlari haqida Iymon – Xudoning borligi va birligini dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytish “Iymon” so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa Lo iloha illalloh, Muhammadur rosululloh (“Allohdan o‘zga ilohiyat yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari va bandasi”) kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan iymon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Iymonning yetti sharti bor. Ular: Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni karimda va Muhammad payg‘ambar hadislarida bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga iymon keltirish. Ibodat qilish va sig‘inishga undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. Qur’onning «al-Ixlos» (112-) surasida Alloh taoloning yagonaligini shunday ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg‘ambar): Alloh yagonadir, beniyozdir (hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug‘magan, tug‘ilmagan va uning tengi yo‘qdir» (Qur’on, 112:1-4); Farishtalarning borligiga iymon keltirish. Farishtalar (malo’ika) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabro’il (Jibril), Miko’il kabi buyuk farishtalarning nomlari islom manbalarida zikr etilgan. Jabro’il farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga Allohning vahiylarini yetkazish bo‘lgan. Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga bo‘lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur’onda ular «Kiroman katibiyn» (mukarram kotiblar) deb zikr etilgan (Qur’on, 82: 10-12). Bundan tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azro’il nomli farishtalarning ismlari qayd etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko‘p yerda so‘z yuritilgan. Ularga ishonish iymonning shartlaridandir; - Ilohiy kitoblarga iymon keltirish. Alloh Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Islom ta’limotiga ko‘ra payg‘ambarlarga tushgan ilohiy qonunlar to‘plamiga “ilohiy kitoblar” nomi berilgan. Bulardan bir qismi suhuf (sahifalar), bir qismi esa, “kitob” deyiladi. Bulardan birinchi qism sahifalar: Odam payg‘ambarga – 10 sahifa; Shis payg‘ambarga – 50 sahifa; Idris payg‘ambarga – 30 sahifa; Ibrohim payg‘ambarga – 10 sahifa berilgan. Hammasi bo‘lib 100 sahifadan iborat, lekin bular bizgacha yetib kelmagan. Kitoblar esa to‘rtta: Muso payg‘ambarga – Tavrot; Dovud payg‘ambarga – Zabur; Iso payg‘ambarga – Injil; Muhammad payg‘ambarga – Qur’on nozil qilingan. Yuqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish iymonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababidan Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan; Payg‘ambarlarning haqligiga iymon keltirish. Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi zikr qilingan va zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar iymon keltirish shart; Oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud. Qiyomat kuniga va oxirat hayotiga ishonish islomning asosiy g‘oyalaridan biridir; Taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga – e’tiqod qilish. Yuqorida aytib o‘tilganidek, islomning ma’nosi «taslim bo‘lmoq», «o‘zini topshirmoq»dir. Shunga binoan, inson hayotda ro‘baro‘ bo‘ladigan barcha yaxshi-yomon ishlarni o‘zi uchun Alloh tomonidan belgilangan sinov va imtihon deb bilishi lozim. Yaxshiliklarga shukr qilmog‘i, qiyinchilik va mashaqqatlarga sabr qilmog‘i iymonning shartlaridan biridir; O‘limdan keyin qayta tirilish. Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U yerda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar. Download 19.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling