Guruh talabasi Komilov Fazliddinning Dinshunoslik fanidan 2- joriy nazorati


Download 19.61 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi19.61 Kb.
#1568526
1   2   3
Bog'liq
dinshunoslikf

Hanafiya (Imomi A’zam) mazhabi. Bunga Abu Hanifa taxallusi Imomi A’zam-buyuk imom (699-767) asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri bo‘lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tadbiq etgan, istihson tartib usulini (manbalar asosida chiqarish mumkin bo‘lgan xulosa yoki hukmlardan musulmonlar jamoasi uchun maqbulrog‘ini qabul qilib) ishlab chiqqan, mahalliy xalq huquq-qoidalarini odatni shariat bilan keltirib qo‘llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan.
Mujtahid imom Shofi’iy aytganidek, agar Imom A’zam biror narsani oltin deb atashni xohlasa, uni isbot etish uchun uning mahorati ham, iste’dodi ham yetardi. Umuman hanafiya boshqa shariat mazhablariga qaraganda xristian va yahudiylarga nisbatan moʻtadillik nuqtai nazarida turgan.
Hanafiya mazhabi qonunlari Abu Yusuf Yoqub (vafoti 795 yil), ash-Shayboniy (vafoti 804 yil), Qodiriy (vafoti 1036 yil) asarlarida ham ishlab chiqilgan. Hamyurtimiz Marg‘inoniy ar-Rishton (vafoti 1157 yil)ning fiqhga oid asarlaridan eng mashhuri “Hidoya fi-l-furur-Shariat sohalari bo‘yicha qo‘llanma” hanafiya mazhablari tomonidan qonunlar majmuasi (kodeks) sifatida foydalanilgan. Marg‘inoniyning “Hidoya”si fors, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan bo‘lib, hozir ham Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Turkiya va boshqa) hanafiya mazhabi shariat sohasidagi asosiy qo‘llanma hisoblanadi.
Naqshbandiya (Naqshbandiylik) — tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan.
Naqshbandiya xojagon tariqati negizida paydo boʻlib, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy qarashlarini omuxta etdi, ularga yangi ruh berib rivojlantirdi. XV—XVIII asrlarda savdo va hunarmandchilik bilan shugʻullanadigan shahar aholisi hamda koʻchmanchi chorvador aholi orasiga keng yoyildi. Naqshbandiya taʼlimotining asosida "koʻngil xudoda boʻlsin-u, qoʻl ish bilan band boʻlsin" ("dil ba yoru, dast ba kor") shiori yotadi. Naqshbandiyada pir-u muridlik qoidalari hiyla osonlashtirilgan, sirtdan turib eʼtiqod qoʻyish, imon mustahkamligi, Haqtaologa sidqidildan itoat etish, ixlos va maʼnaviy kamolot asosiy oʻrin egallaydi. Rasm-rusumlar, odatlarni koʻr-koʻrona ado etish, riyo, soxta dindorlik qoralanadi. Axloqiy poklik, qanoatli, sabrli boʻlish, ixtiyoriy faqirlik bilan Allohga intilish yuksak fazilat hisoblanadi. Naqshbandiyada odamning qadri mansabi, boyligi bilan emas, maʼnaviy komilligi bilan oʻlchanadi. Naqshbandiyada hunar, kasb egallab, oʻz mehnati bilan halol luqma yeb yashash talab qilinadi, tilanchilik, darbadarlik bilan kun kechirish sufiy uchun isnod sanaladi. Qul, xizmatkor saqlash, oʻzganing mehnatidan foydalanish ham man etiladi. Naqshbandiyaning yuqoridagi shiori tarkidunyochilikka, tekinxoʻrlikka qarshi qaratilgan. Naqshbandiyada manmanlik, sufiy, shayxman deb kerilish, shovqin-suron koʻtarib zikru samoʼ bilan odamlar diqqatini oʻziga qaratish qoralanadi. Naqshbandiyada asosiy talab — qalbni dunyo gʻuborlaridan tozalash, oʻz nafsi bilan kurashib ruhda charogʻonlik topish, qalbda Alloh nomlarini naqshlab borish usullari ishlab chiqilgan. Zikri xufiya (yashirin zikr tushish) shunga xizmat qilgan. "Tashqaridan xalq bilan, ichkaridan Haq bilan boʻlish", har bir nafasni Xudo yodi bilan chiqarish, qadamni savob ishlar, ezgu amallar sari qoʻyish, yurt kezib, aziz-avliyolar qabrini ziyorat qilish, gʻofillarni hushyor etish, har qanday holatda qalb ogoxligiga erishish — Naqshbandiyaning asosiy maʼnaviy tarbiya usuli hisoblangan.
Ekstremizm” va “terrorizm” tushunchalarining mazmun-mohiyati. Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzok, tarixga borib takalsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barkarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Shunday ekan, uning oldini olish va unga karshi kurashish insoniyatning istikboliga daxldor masalaga aylandi. Ushbu vazifalarga to‘xtalib, Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov «Birinchi galda, terrorchilarni tayyorlaydigan zaminga, g‘oyaga, mafkuraga e’tibor berish, shularga karshi kurashish kerak. Bolalarimizning ongini va hayotini buzadigan, ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo‘kotadigan mana shunday g‘oyalarga qarshi biz qurol bilan emas, g‘oya bilan kurashishimiz zarur», deb ta’kidlaydilar. 
Zero, ilmiy istilohda qo‘llanayotgan «mutaassiblik», «fundamentalizm», «ekstremizm», «terrorizm», «fanatizm» kabi atamalar deyarli barchaga tushunarli bo‘lsa-da, har kishi ularni o‘zicha talqin etishi mumkin. Keng ma’noda bu atamalar qonuniy hokimiyatga qarshi kurashuvchi ijtimoiy-siyosiy guruh va okimlarga tegishlidir. Ammo muayyan mintaka yoki din bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlarda yuqoridagi atamalarning hammasi ham doimo qo‘l kelavermaydi. Masalan, «fundamentalizm» atamasi aslida asrimiz boshida AQSH protestantlari orasida kuyidagi besh aqida: Isoning bokira ayoldan dunyoga kelgani, uning insoniyat gunohlarini oqlash uchun qurbon bo‘lgani, jisman qayta tirilishi, yer yuziga jismonan ikkinchi marta kelishi, nihoyat, Kitobning muqaddasligini o‘z ichiga olgan ta’limotga berilgan nom sifatida paydo bo‘lgan.

Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling