Pochta aloqa texnologiyalari


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana25.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1295839
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan 2-joriy



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
FARG‘ONA FILIALI 
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA 
KASB TA’LIMI FAKULTETI 
“POCHTA ALOQA TEXNOLOGIYALARI” YO‘NALISHI 
770-22 GURUH TALABASI 
TOLIPOV XILOLAXON JO‘RAQO‘ZI QIZINING 
Dinshunoslik 
FANIDAN 
TAYYORLAGAN 
TOPSHIRIQLARI .
 
Farg‘ona-2022
 
 


Missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ’ibot usullari 
Reja 
1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. 
2. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi. 
3. Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari. 
4. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. 
Tayanch tushunchalar: 
Missionerlik, prozelitizm, sekta, diniy sektalar, diniy tashkilotlar, iegovo shohidlari, 
yettinchi kun adventistlari, missiya, Bibliya jamiyati. 
 
1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik so’zi asli 
lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo’lib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner 
esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan 
vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi. 
Turli lug’atlar va manbalarda missionerlikka ko’plab ta’riflar berilgan. Ularning 
deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar tavsiflanishi barobarida, bu so’z asosan 
xristian dini bilan bog’lanadi. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan «World Book» 
(“Jahon kitobi”) ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni 
o’z diniga targ’ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”,- degan fikr qayd etilgan. 2005 
yilda Moskvada nashr etilgan “Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi”da esa 
«Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o’z e’tiqodini boshqa din vakillari 
orasida yoyish harakati»,- degan ta’rif keltirilgan.
1
Umuman olganda, turli lug’atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar bib-biriga 
juda yaqin va o’xshash bo’lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: 
missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilishni 
anglatadi.
Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, to’g’ridan-to’g’ri biron 
bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o’zga dinni qabul qilishga 
qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o’z mohiyatiga ko’ra missionerlikning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. 
Missionerlik o’ziga xos va uzoq tarixga ega. Dastlab muayyan darajada ijobiy 
ko’rinishga ega bo’lgan missionerlik islom va xristian dini rivojlangan davlatlar o’rtasida 
o’zaro savdo hamda madaniy munosabatlar orqali bir-biriga ta’sir etishiga sabab bo’ldi. 
O’zga xalqlar erishgan yutuqlarning kirib kelishi, mahalliy madaniyatlarning 
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Fan, texnika va texnologiya yutuqlarining jadal kirib 
kelishida ham missionerlarning ishtiroki katta. Bu esa iqtisodiyotning rivojlanishiga, 
xalqlarning turmush darajasining ortishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Biroq bugungi kunda 
missionerlikdan g’arazli maqsadlarda foydalanish ham keng tus olgan. Missionerlik 
e’tiqodni o’zgartirishdan tashqari shaxsiy boylik orttirish, geosiyosiy maqsadlarni amalga 
oshirish uchun ham vositachilik qilmoqda. Missionerlik harakatlarining kuchayishi bilan, 
ayniqsa, zamonaviy telekommunikatsiya, kompyuter, internet tarmog’i orqali biron bir 
hududga xos ma’naviy qadriyatlarni o’zga xalqlarga singdirish, insonlarning ongi va 
1
A.Ochildiev, J.Najmiddinov Missionerlik:moxiyat,maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo’llari (yuz savolga-yuz javob) 
“Toshkent islom universiteti”nbm 2009-y 53-b


qalbini zabt etish yo’li bilan jahonda ma’naviy hukmronlikni o’rnatishga urinish hollari 
ham kuzatilmoqda.
Afsuski, missionerlikning salbiy ta’sirlari kuchayib bormoqda. SHunga qaramasdan 
ayrim mamlakatlargina bunday illatning oldini olishga harakat qilib, boshqalari esa 
aksincha, missionerlik faoliyatiga qonun bilan ruxsat berib qo’yishgan. Masalan, 
Armaniston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi 
qonunida (8-modda) prozelitizmning ta’qiqlanganligi ko’rsatilgan bo’lsa, Ukraina va 
Belorussiyaning bu boradagi qonunchiligida “missionerlik jamiyatlari” faoliyatiga diniy 
tashkilot sifatida rasman ruxsat etilgan
2
.
Missionerlik dastlab buddizmda mil. avv. 3–asrdan boshlangan bo’lsa-da, 
haqiqatdan ham, o’z tarixiy taraqqiyotida u ko’proq xristian dini doirasida namoyon bo’ldi. 
Ma’lumki, xristian dinida missionerlik 4-asrdan boshlab paydo bo’lgan. 13-14 asrlarda 
xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlarga kirib bordi. Katolik 
cherkovida missionerlar Ispaniya va Portugaliyada mustamlaka imperiyalari tashkil 
topgach (15-16 asrlar), o’z faoliyatini kuchaytirdi. 
Ma’lumotlarga ko’ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian 
missionerlari tashkil etadi. XX asrga kelib, o’z holicha missionerlik bilan shug’ullangan 
tashkilotlarni birlashtirish yo’lida harakatlar boshlandi va ilk xalqaro protestant 
missionerlik tuzilmalari shakllantirildi. Birinchi butunjahon protestant missionerlari 
konferentsiyasi 1910 yilda Shotlandiyaning Edinburg shahrida bo’lib o’tgan edi. Keyinroq 
esa «Xalqaro missiyalar kengashi» tuzildi. Bugungi kunda yuzlab shunday maqomga ega 
missiyalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularni yanada rivojlantirish, yetarli moddiy, ma’naviy 
va inson resurslari bilan ta’minlash juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Odatda, xalqaro 
missiyani tashkillashtirishda ma’lum bir konfessiyaning barcha shaxobchalari qatnashadi. 
Masalan, tashkilotning nashriyoti uni tegishli adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot 
markazi muayyan mamlakat aholisi, uning hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi 
ma’lumotlarni yig’ish va diniy adabiyotlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan 
shug’ullanadi. 
Missiyani 
moddiy-moliyaviy 
ta’minlashda 
ishlab 
chiqarish 
tuzulmalarining, missioner kadrlar tayyorlash va ko’ngilli homiylarni topishda 
missionerlik bazalarining ahamiyati katta. Mana shunday kuch va tayyorgarlik bilan 
xalqaro missiya istalgan mamlakatda tegishli targ’ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil 
etishiga shubha qilmasa ham bo’ladi. 
Ayni damda, missionerlik faoliyati bilan faol shug’ullanishga harakat qilayotganlar 
orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo bo’lgan sektalar borligini 
ham ta’kidlash zarur. Sekta bu – faqat o’zini haq din, insonlarni najotga yetkazuvchi deb 
da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlaydigan guruh 
hisoblanadi. Psixologlar mazkur sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg’in quroli» 
deb ta’riflaydilar.  

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling