Harflarning sifatlari


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1369045
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-6 dars (SIFATLAR) pdf 230201 174238 230210 104027



HARFLARNING SIFATLARI 
“Sifat” so’zi lug’atda “holat”, “kayfiyat”, “xususiyat” degani. 
Istilohda esa – harflarning talaffuz qilingan paytidagi holatlari “harflarning 
sifatlari” deyiladi. 
Harflarning sifatlari umumiy ikki qismga bo’linadi: lozimiy sifatlar va oriziy 
sifatlar. 
Lozimiy sifatlar deb – bir harfda boshqa harflarning sababidan paydo 
bo’lmagan, balki har bir harfning aslida mavjud bo’lgan sifatlarga aytiladi. 
Masalan: hams, isti’lo, qalqala, g’unna kabi. 
Oriziy sifatlar deb – bir harfda boshqa harflarning sababidan paydo 
bo’ladigan sifatlarga aytiladi. Masalan: idg’om, ixfo, mad kabi. 
Lozimiy sifatlar ikki qismga bo’linadi: ziddi bor sifatlar va ziddi yo’q 
sifatlar. 
Ziddi bor sifatlar 5ta bo’lib, har birining ziddi bilan hisoblanganda jami 
11ta. Ular quyidagilar: 
1. 
Hams (ziddi jahr); 
2. 
Shidda (ziddi bayniyya va raxova); 
3. 
Isti’lo (ziddi istifola); 
4. 
Itboq (ziddi infitoh); 
5. 
Izloq (ziddi ismot). 
HAMS 
“Hams” so’zi lug’atda ‘yashirin’, “maxfiy” degani. 
Istilohda esa – harfni talaffuz qilganda tovush paychalarining titramasligi 
sababli havo oqimi bilan, jarangsiz chiqishi hams deyiladi. Hams harflari 10ta 
bo’lib, ular: ه ك ف ص ش س خ ح ث ت 
E’tibor bering! Ushbu harflardan “ت” va “ك” harflarida faqat sukunli holatida 
hams sifati mavjud bo’ladi. 
JAHR (hamsning ziddi) 
“Jahr” so’zi lug’atda ‘oshkora” degani. 
Istilohda esa – harfni talaffuz qilganda tovush paychalarining titrashi sababli 
havo oqimisiz, jarangli chiqishi jahr deyiladi. Jahr harflari 18ta bo’lib, ular: 
أ 
ي و ن م ل ق غ ع ظ ط ض ز ر ذ د ج ب
 
 
SHIDDA 
“Shidda” so’zi lug’atda “qattiq” degani. 
Istilohda esa – harfning maxraji bir marotaba to’liq berkilib qolishi sababli tez 
va qattiq talaffuz qilish shidda deyiladi. Shidda harflari 8ta bo’lib, ular: 
أ 
ك ق ط د ج ت ب


RAXOVA (shiddaning ziddi) 
“Raxova” so’zi lug’atda “yumshoq” degani.
Istilohda esa – harfning maxraji umuman berkilmasligi sababli ko’proq 
cho’zib, yumshoq talaffuz qilish raxova deyiladi. Raxova harflari 15ta bo’lib, ular: 
ي ه و ف غ ظ ض ص ش س ز ذ خ ح ث 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling