4-Mavzu: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Jismoniy madaniyat tizimining qonun qoidalari. Reja


Download 38.71 Kb.
bet3/8
Sana20.12.2022
Hajmi38.71 Kb.
#1034386
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4.Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari

Beshinchi davr – rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho`rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo`lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o`sha davrda progressiv hisoblangan usuliyat-larga tayanib amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli hal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o`quv muassasalari samarali mehnat qildilar. Amaliy materiallarning mo`lligi, yangi qonuniyatlarning ochilishi, dast-labki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differentsiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar «Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport metrologiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkulpturasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlarning ayrim sohalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muam-mosi bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo`lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedago-gika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz to`la izohlab, isbotlab olishni isbotladi.


2. Jismoniy tarbiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi sabablari.
Qazilmalar natijasida topilgan har xil uy-ro’zgor buyumlari, turli yodgorliklar, qoyalardagi rasmlar va tasvirlar, avloddan avlodga o’tgan doston va afsonalar qadimgi avlodlarning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyati haqida fikr yuritishga olib keladi.
«Qadimgi qabilalarning hayoti hozirgi vaqtgacha saqlanib kelishi bizlar uchun qiziq axborotlarni beradi.
O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida gapirilganda ular o’zlarining ko’p asrlik tarixlari davomida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining barcha asosiy bosqichlarini bosib o’tganlar.
O’zbekiston hududidagi madaniyat o’choqlari juda qadimiy davrlarga borib taqalib Samarqan, Buxoro, Toshkent, Termiz kabi qadimiy madaniy o’choqlarga ega. Eng qadim davrda bu erda yashagan aholining asosiy mashg’uloti ko’pchilik bo’lib ov qilishdan iborat bo’lgan.
Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish tarixi shuni ko’rsatadiki, jamoada ovchilik bilan shug’ullanish uchun insondan chaqqonlikni, egiluvchan va jismonan sog’lom, tez harakat qilishni talab qilish ekanligini bildiradi.
Mehnat qilish va turli xil harbiy urushlar insondan o’z-o’zidan jismoniy tayyorgarlikni, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni talab etgan, chin inson ov qilish, mehnat qilish, urushlar uchun maxsus jismoniy mashqlar bilan tayyorgarlik ko’rgan. Shunday qilib, jamiyat hodisasi bo’lib, jismoniy tarbiyaning vujudga kelishi va dastlabki rivojlanishida mehnat faoliyatlari, ya’ni yig’ilishlar va ov qilishlar katta ahamiyatga ega. Bunday mehnat faoliyat jarayonida jismoniy madaniyat va tarbiya alohida o’rin olgan. Bu haqda qadimiy Skarta, Afrosiyobdagi yodgorliklar, arxeologiya qazilmalar ma’lum qiladi.
Bu yodgorliklar o’zlarida jismoniy madaniyatning turli elementlarining izlarini saqlab, ular qadimiy elatlardagi madaniyat va tadbirlar belgilari bilan bog’iqdir.
Qadimiy halqning jismoniy kuchi, mardligi, chaqqonligi, jasurligi, chidamligi haqida o’zbek halqining bir qator asarlari "Farhod va Shirin", "Go’r o’g’li", "Tohir va Zuhra", "Alpomish" va boshqalarida aytib o’tilgan.
Ma’lumki, bizda oldingi avlodlar, ota-buvalarimiz, ilgari davrda ham O’zbekiston xalqi tarixida o’zligini namoyon etib kelgan. Nomi tarix saxifalarida zarxal harflar bilan yozilgan vatanparvar, jismonan baquvvat qahramonlarimiz el yurt shonshuxrati uchun, o’z xalqining yuzini erga qaratmay baxodirlik namunalarini ko’rsatib kelganlar. Paxlavon Maxmud, Maxmud Tarobiy, paxlavon Muxammad, Alpomish, Amir Temurlar el yurtimiz faxri hisoblanadi.
Buyuk Soxibqiron Amir Temur kuchli shaxmatchi va chavandoz, yoyandoz hamda polvon bo’lganligi to’g’risida tarixiy asarlarda yozilgan. O’sha davrda Amir Temur qo’shinida har bir navkar “Mingaskar” degan sport turi bilan shug’ullanganini aytib o’tadi.
Manna shunday vatanparvarlik, jasurlik, qahramonlik va boshqa bahosiz inson fazilatlari avloddan avlodga o’tib biz davrimizga buyurgan.
O’zbekiston fuqarolari jismoniy tarbiya va sportga kata extiyoj bilan qaraydilar va uning rivojlanishiga o’z xissalarini qo’shib kelmoqdalar, ayniqsa O’zbekiston Respublikasining mustaqillik davrida.
Muhtaram Prezidentimizning «Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashxur qila olmaydi» va «Sport odamni mard, matonatli, bardoshli qilib tarbiyalaydi», deb ta’kidlashlari bejis emas. Davrning o’zi kelajagimiz bo’lgan yoshlarni barkamol avlod darajasida tarbiyalash yo’lida sportning qanchalik olamshumul ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi.
Xalqaro maydonda tarixan qisqa davr ichida obro’ orttirishga ulgurgan Mustaqil O’zbekiston dunyoga nafaqat qadimiy madaniyat, buyuk mutaffakirlar, olimlar shoir va sarkardalar tuxfa etgan yurt, balki xalqaro sport harakatida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan davlat sifatida ham Dune hamjamiyatida tanildi. Jahon Biron bir qit’a yoki biror bir yirik sport anjumani yo’qki, unda sportchilarimiz sharafiga O’zbekiston madhiyasi yangramagan va bayrog’imiz ko’tarilmagan bo’lsa.
2006 yil 1-chorak mobaynida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari «Homiylar va shifokorlar yili» Davlat dasturi tadbirlarini bajarishga asosiy e’tibor qaratdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan 2006 yil Ommaviy sport tadbirlarining taqvim rejasiga binoan faqat joriy yilning 1-choragida sportchilarimiz 39 xalqaro musobaqalarda ishtirok etdilar, hamda 89 ta respublika musobaqalari va 15 ta o’quv mashg’ulot yig’inlari o’tkazildi.
Mazkur taqvim reja O’zbekiston sportchilarining 2006 yil Doxa shahrida bo’lib o’tadigan Osiyo o’yinlariga, Turino shahrida (Italiya) XX qishki va 2008 yil Pekin shaxrida (Xitoy) XXIX yozgi Olimpiya o’yinlariga munosib qatnashish uchun etakchi sportchilardan saralab O’zbekiston terma jamoasi tashkil topgan bo’lib tayyorgarlik ko’rmoqdalar. Bu eng muxim bosqich hisoblanadi. Doxa shaxrida o’tgan Osiyo o’yinlarida sportchilar qatnashdilar. Shulardan ayollar, shu jumladan o’zbek ayollari. 2006 yilda Doxa shaxrida o’tkazilgan Osiyo o’yinlarida O’zbekiston sportchilari oltin, kumush, bronza medallariga ega bo’ldilar:
Vatanimiz mudofaasi masalasi xam jamiyatimizda yo’lga ko’yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar ko’yadiki, bu talablarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo’ladi. Mamlakatimiz xalqlarining har tomnlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganigi Vatan mudofaasiga tayyorligining ko’rsatkichi bo’lib hizmat qilish lozim.
Shunday qilib, O’zbekistonda jismoniy tarbiyaning maqsadi O’zbekiston xalqini jismoniy kamolotga erishgan, xuquqiy davlatning faol quruvchilari, ijodiy mexnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib tarbiyalashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir. Maqsadning umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining asosiy qonuni yatlaridan biridir.
Ko’rsatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning yoshi, sog’ligi, jismoniy tayergarligi, shug’ullaniladigan kasbi hisobiga olinadi va jismoniy tarbiyada konkret vazifalar xal qilinadi.
Jismoniy tarbiya tizimiga umumiy vazifalar qo’yilgan bo’lib, ular kuydagilardan iborat:
a) odam organizmi forma funktsiyasi garmonik rivojlantirish. jismoniy kobiliyatni har tomonlama kamolga yetkazish, soglikni mustaxkamlash va xalkning uzoq umr kurinishini ta’minlashga yunalish berish;
b) xayotiy zaruriy harakat malakalarini va kunikmalarini, kunda lik turmushda kerak bo’ladigan jismoniy madaniyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish;
v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatlar ni t a r b i ya l a sh;
Inson jismoniy tarbiyasi maksad va vazifasi uning boshka tarbiya jarayonlari bilan boglikligi shundagina muvofik deb tushuniladiki, bu muvofiqliq ob’ektiv harakterda bo’ladi va jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yo’nalish beradi. Jismoniy tarbiya jaraenida tarbiyaning boshka soxalaridagidek maksadga yunaltirilgan faoliyat rejalashtirilgan nati jaga har doim xam tugri kela olmasligi amalietda isbotlangan. Jismo niy tarbiyada tarbiya natijasini yesh sportchi yeki fizkulturachi trenirov kasidagi rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning orga nizmiga kanday ta’sir kilaetganligini hisobga olishni takazo kiladi: kiska yunalishdagi sport trenirovkalarining natijasiga e’tibor ber sak, shuni kuramizki, yo’qori natijalarga erishish ma’lum davr ichida bo’lib, oldingilari unutilsa, trenirovka mashgulotlari keyinchalik uzini oklamaydi. Bu esa har tomonlama garmonik rivojlanishga xalal beradi va sport yutuk larini yo’qka chikaradi.
Shuning uchun pedagog va trener oldida uzoqni ko’rish talabi kundalang bo’ladi. Bu vazifani xal kilish esa ukimishli, uz ishini biladigan, sevadigan mutaxassislar tayerlash talabini kuyadi. Bu mutaxassislar esa mamlakatdagi jismoniy tarbiya tizimida amalga oshishi lozim bo’lgan maksadni va vazifalarni ijobiy xal kilishga kodir, yosh avlodni bola lik chogidan jismonan soglom, ma’naviyatini uygun kilib tarbiyalashni uzi ning iloxiy burchlari deb bilishlari kerak bo’ladi.
Navkiron, o’zligimizni endigina e’tirof etayotgan mamlakatimiz turli toifasidagi davlat va nodavlat sport jamiyatlari, jismoniy madaniyat xavasmandlari uyushmalari tashabbusi bilan yagona jismoniy tarbiya tizimini tuzishga e’tiborni kuchaytirib u o’zida kuydagi asosiy xususiyatlarni : ma’naviy barkamollik, xalkchilik, va ilmiylikni mujassamlshtiradi.
Shark mutafakkirlari ma’naviy barkamol, komil inson masalasiga azal azaldan aloxida e’tibor berganlar. Komillik fazilatlardan ulug’i tanning, inson jismining barkamolligidadir deyilgan. Insonni matonati, diyonati, riyozati, qanoati, ilm, sabr, intizom, miqiyosi, nafs, vijdon, haqqoniyat, nazariy ibrat, iffat, xayo, idrok, zako, iktisod, itoat, xakshunoslik, xayrixoxlik, munislik, sadokat, adolat, muxabbat, oliy ximmatlik, avf, vatanni sevish kabi ijobiy xislatlar (A.Avloniy. “Turki guliston yoxud axlok” Toshkent “o’qituvchi”1992 .13.bet) ga fakat soglom jism, tani-sixatlilik orkali erishiladi deb karalgan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy printsiplari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining printsiplari deb ataladigan printsiplarga tayanadi: Bo’lardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko`rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o`t o`chiruvchilar trenirovkasi va hokazo) printsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lib, printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik.
Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi;
b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish;
v) jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yo`naltirish printsipi deb guruhlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini o`tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o`qituvchini nazariy va metodik jihatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo`nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ayrim holatlarda: printsipga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yo`riqchi (ko`rsatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.

Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling