4-Mavzu: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Jismoniy madaniyat tizimining qonun qoidalari. Reja


Shaxsni har tomonlama rivjlantirish printsipi


Download 38.71 Kb.
bet5/8
Sana20.12.2022
Hajmi38.71 Kb.
#1034386
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4.Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari

Shaxsni har tomonlama rivjlantirish printsipi
Ma’lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan bo’lishi lozim, chunki, kishilar ruhiy, ma’naviy va jismoniy sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan holda tugilmaydilar.
Bu sifatlarni kamol topishi, o’sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bogliq. Jismoniy tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir.
Ijtimoiy muhit har tomonlama garmonik rivojlanishni, har doim va har yerda inson organlari va sistemalarining biologik rivojlanishining ichki talabi tarzida qo’yadi.
Shuning uchun ham inson tarbiyasida qo’llaniladigan tarbiyaning har qanday shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz boglangandir. Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan bogliqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarning ochiq munozarasi, fandagi o’sha eski bahs hozir ham davom ettirishga urinuvchilar mavjud, ular odam tanasining tashqi ko’rinishi va uning funktsiyasiga tashqi ta’sir bilan o’zgartirish kiritish mumkin emas deb tarbiyaning rolini hozir ham inkor etadilar.
Jismoniy tarbiya jarayoni qonuniyatlaridagina har tomonlama jismonan garmonik rivojlanishini yo’lga qo’ya olishni mumkunligi ilmiy asoslangan.
Kishining ruhiy, ma’naviy qobiliyatini o’sishga eng avval o’sha ijtimoiy sharoit, so’ngra esa insonni o’zning muhitni o’zgartirish yoki o’sha o’zgartirish uchun olib borilgan faoliyatni rolp o’ynashligini I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarnig tabiiy fanlardagi ilmiy tadqiqotlar orqali allaqachonlar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson organizmining tashqi muhit bilan aloqasida shartli reflekslarning mohiyati katta ekanligini, ham jismoniy, ham psixik faoliyat, bosh miya po’stloq qismida sodir bo’ladigan «vaqtli aloqa» orqali sodir bo’lishligining amaliy isboti shohidimiz.
Ular ta’lim va tarbiya jarayonini kishilarda qator “uzun shartli reflekslarni hosil qilish” deb tushuntiradilar. Jamiyat talabiga muvofiq ravishda, shartli reflekslardagi vaqtli aloqalarini yo’zaga keltirish shaxsning faqat ma’naviy shakllanishigagina emas, balki jismoniy jihatdan kamolotga erishishiga fiziologik poydevor bo’lishi mumkinligini isbotladilar.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish printsipining jismoniy tarbiya mktaxassisiga qo’yadigan asosiy talablari:
1. Tarbiyaning turli tomonlarining bir butunligiga erishish. Jismoniy tarbiya orqali erishilgan yuqori natija-ning o’zi shaxsni har tomonlama rivojlanagnligini belgilaydi, deb bo’lmaydi. Jismoniy sifatlarga qo’shib aqliy, axloqiy, ruhiy, estetik, va ma’naviy sifatlar ham qo’shib tarbiyalansa, shaxs shundagina ijodiy mehnat va Vatan mudofaasiga tayyor bo’ladi. Bu talab o’z navbatida jamiyatimiz a’zolarining hal qiluvchi vaqtda, mehnat vaxtasidami, mudofadami, qonuniy demokratik davlatni barpo etishdek sharafli ishlarning barchasida oldinda bo’ladilar.
2. Keng va umumiy jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish. Jamiyat a’zolarining barcha faoliyatlari ma’lum ma’nodagi kasbga, hunarga yo’naltirilgan bo’lishi, bunga ayniqsa mehnat va harbiy faoliyat davomida duch kelamiz. Har qanday faoliyatdagi yutuq jismoniy tayyorgarlikka bogliq. Armiya safidami yoki mehnat frontidami umumjismoniy tayyorgarligi sust bo’lganlar qiyinchiliklarga duch keladilar. Jismoniy sifatlar insonda qanchalik yaxshi rivojlangan, hayot uchun kerakli zarur bo’lgan harakat va mehnat malakalari yetarli bo’lsa, boshqa faoliyatni oson va tez o’zlashtiriladi. Jismoniy tayyorgarlikni yo’lga qo’yish uchun olib borilgan rejali faoliyat har tomonlama garmonik rivojlantirishning omilidir.

Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling