Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana23.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1113829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Aziz Ibragimov




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA 
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI
KAFEDRASI 
Bekmirzayev Shavkat Olim o‘g‘li 
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi 
fanidan 
«Jismoniy tarbiyaning metodik printsiplarini mashg‘ulot jarayonida 
tutgan o‘rni» mavzusidagi 
KURS ISHI 
70112201 Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi metodikasi 
 
 
 
 
Bajardi : 70112201-Jismoniy tarbiya va sport
mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi ta'lim
yo'nalishi 2-kurs talabasi
Bekmirzayev Shavkat Olim o‘g‘li 
Ilmiy rahbari: k.o‘q. O‘. Salimov 
Termiz -2022 y 



MUNDARIJA 
Kirish 

1-BOB. JISMONIY TARBIYA TAMOYILLARI VA ULARNING 
TA’LIMIY XUSUSIYATLAR 

1.1 Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi 
printsipi 

1.2 Shaxsni har tomonlama rivojlantirish printsipi 

1.3 Jismoniy tarbiyani sog`lomlashtirishga yunaltirish printsipi 
11 
2-BOB. JISMONIY TARBIYA NAZARIYASINING YETAKCHI 
TUSHUNCHALARI VA JISMONIY TARBIYANING IJTIMOIY 
MOHIYATI 
13 
2.1 Onglilik va faollik tamoyili xususiyatlari 
13 
2.2 Ko’rgazmaviylik tamoyili 
20 
XULOSA 
25 
FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RО’YXАTI 
27 



K I R I SH 
Mavzuning dolzarbligi: Oxirgi kunlarda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son 
Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga ko‘ra jismoniy 
tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro 
standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va 
ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan 
yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish 
orqali yuqori natijalarga erishish muhim masala sifatida belgilab olindi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida printsiplarning xilma-xil guruhlari 
mavjud. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy va metodik printsiplari, jismoniy 
tarbiyaning ayrim Ko’rinishlari xususiyatlarini ifodalovchi(masalan, sport, 
kosmonavtlar, o’t o’chiruvchi va hokazo) lar trenirovkasi tamoyillari mavjud. Ular 
bir-biri bilan uzviy bog`liq bo’lib, printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. 
Ma`lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan 
bo’lishi lozim, afsuski, kishilar o’zida ruhiy, ma`naviy va jismoniy sifatlarni 
mujassamlashtirgan holda tug`ilmaydilar. Bu sifatlarni kamol topishi, o’sha ijtimoiy 
sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog`liq. Jismoniy tarbiya esa tarbiyaning 
boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir.
Shuning uchun ham inson tarbiyasida qullaniladigan har qanday 
tarbiyaning turli shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bog`langandir. 
Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning 
boshqa tarbiya turlari bilan bog`liqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-
ilmiy fanlarning ochiq munozarasida fandagi o’sha eski bahsni hozir ham davom 
ettirishga urinuvchilar mavjud bulib, odam tanasining tashqi kurinishi va uning 
funktsiyasiga tashqi ta`sir bilan o’zgartirish kiritish mumkin emas deb, tarbiyaning 
rolini inkor etadilar. 
Jismoniy tarbiya jarayoni qonuniyatlaridagina har tomonlama jismonan, 
garmonik rivojlanishini yo’lga qo’ya olishni mumkinligi ilmiy asoslangan. 



Kishining ruhiy, ma`naviy qobiliyatini usishga eng avval usha ijtimoiy sharoit, 
sungra esa insonni uzining muhitni uzgartirish yoki uni o’zgartirish uchun olib 
bolilgan faoliyati rol` uynashligini I.M.Sechenov va I.P. Pavlovlarning tabiiy 
fanlardagi dunyoqarashi allaqachonlar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson 
organizmining tashqi muhit bilan aloqasida shartli reflekslarning mohiyati katta 
ekanligini, jismoniy ham psixik faoliyat bosh miya po’stloq qismida sodir buladigan 
“vaqtli aloqa” orqali sodir bo’lishligining amaliy shohidimiz. Ular ta`lim va tarbiya 
jarayonini kishilarda qator “uzun shartli reflekslarni hosil qilish” deb tushuntirdilar. 
Jamiyat talabiga muvofiq ravishda, shartli refleks aloqalarini yaratish shaxsning 
faqat ma`naviy shakllanishigagina emas, balki jismoniy jihatdan fiziologik poydevor 
bulishi mumkin ekanligini isbotladilar. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling