Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Aziz Ibragimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy tarbiya vositalari.
- Ahloqiy tarbiya uslublari
- Aqliy tarbiya
Axloqiy tarbiya vazifalari. Bevosita jismoniy tarbiya jarayonida amalga
oshiriladigan axloqiy tarbiyaning to'rtta asosiy vazifalarini ko'rsatish mumkin: 1. Umuminsoniy axloqiy normalarini tarbiyalash. 2. Do'stlik, o'rtoqlarcha o'zaro yordam xislarini tarbiyalash. 3. Harakterning irodaviy xislatlarini tarbiyalash. 4. Vatanparvarlik xislarini tarbiyalash. Ko'rsatib o'tilgan vazifalar mustaxkam bog'liq tarzda hal qilinadi. Axloqiy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiya jarayonida qo'llaniladigan barcha vositalar jismoniy mashqlar tabiat omillari hamda gigienik talablar ahloqiy tarbiyaning vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ular shug'ullanuvchilar ongiga his tuyg'ulariga, irodasi va ahloqiga har tomonlama ta'sir etadi. Ahloqiy kamolotga erishishda jismoniy harakatning roli katta. Ahloqiy tarbiya uslublari Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy tarbiyaning hilma-xil uslublardan foydalaniladi. Bular avvalo so'z orqali ta'sir etishning tushuntirish, suxbat va boshqa shaklidagi ishontirishdan, ko'rgazmali namuna va amaliy o'rgatishdan iboratdir. Ishontirish uslubini umumiy ravishda olganda tarbiyachining so'z orqali o'tkazgan har tomonlama ta'sirlarining yig'indisi, deb ta'riflash mumkin. So'z bilan ta'sir ko'rsatish shug'ullanuvchilarda e'tiqod psixologik bir sifat tarzida tarkib topishga imkon beradi. Bolalar va o'smirlarni axloqiy jixatdan tarbiyalashda ko'rgazmali namunaning ishontiruvchi kuchi ayniqsa muximdir. 15 Amaliy o'rgatish uslubini mashq qilish uslubi deb qarash mumkin, biroq u o'qitishdagi mashq qilish uslubdan farq qiladi. Rag'batlantirish shug'ullanuvchilarning yaxshi ishlarni xatti-harakatlarni takrorlashga undaydi. Aksincha, tanbex berish shaklidagi ta'sir etish shug'ullanuvchilarda salbiy xis- tuyg'ular uyg'otib, yaramas ishlar takrorlanishga qarshilik ko'rsatish da'vat etishi kerak. Aqliy tarbiya: Mustahkam sog'liq, harakat malakalari, jismoniy kamolotni ta'minlaydigan jismoniy tarbiya jarayoni kishilarning aqliy ishlash va uzoq vaqtgacha ijod qilish qobiliyatining saqlanishi uchun manba bo'lib hisoblanadi. O'z navbatda shug'ullanuvchilar tafakkurining rivojlanishiga qaratilgan aqliy tarbiya ularning harakat tajribalarini o'ylab, ijodiy ravishda egallab olishlarini ta'minlaydi, jismoniy qobiliyatlarini, axloqini sport, mehnat va sport manfaatlari nuqtai nazaridan takomillashtirishga yordam beradi. Aqliy tarbiyaning mazmunida ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan tomon-ta'limiy va tarbiyaviy tomonlar bor. Aqliy tarbiyaning ta'limiy tomoni shug'ullanuvchilarni maxsus bilimlar bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya jarayonidagi aqliy faoliyatning tarbiyaviy tomoni shug'ullanuvchilarda qilish qobiliyatini o' stirish bilan bir qatorda akl- idrokni o' stirishdan iboratdir. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling