Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana23.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1113829
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Aziz Ibragimov

Aqliy tarbiyaning vazifalari. Jismoniy tarbiya jarayonidagi aqliy faoliyatning 
mazmuniga muvofiq ravishda aqliy tarbiyaning uchta asosiy vazifasini ko'rsatish 
mumkin: 
1. 
Shug'ullanuvchilarni jismoniy tarbiya soxasidagi maxsus bilimlar bilan 
boyitib borish. 
2. 
Muhokama yurita bilish malakalarini, o'rganilayotgan harakat tajribasini 
taxlil etish, umumlashtirish, tanqidiy jixatdan baholash qobiliyatini tarbiyalash. 
3. 
Harakat faoliyatida ijodiy, aqliy aktivlik ko'rsatish ko'nikma va malakalarini 
shakllantirish hamda jismoniy qobiliyatlarini mehnat va sport manfaatlariga 
muvofiq ravishda ratsional ishlatish. 
Aqliy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiya soxasidagi maxsus bilimlar 
jismoniy tarbiya jarayonidagi aqliy tarbiyaning asosiy vositalari deb hisoblanadi. 


16 
O'qituvchi 
bularga 
tayangan 
holda 
shug'ullanuvchilarning 
faoliyatini 
aktivlashtiradi. Jismoniy tarbiya va sportga oid bo'lgan nazariy bilimlar 
shug'ullanuvchilarni 
jismoniy 
mashqlar 
bilan 
mustaqil 
shug'ullanishni 
ta'minlabgina qolmay, har bir harakat yoki mashqlarni organizmga ta'sir darajasi 
hamda ularni qo'llash va bajarish uslublari haqida tushunchalar beradi. Jismoniy 
mashqlar va harakatlar shakli mazmuni murakkablashib borishi bilan 
shug'ullanuvchilarda aqliy faollik ya'ni tahlil qilish darajalari takomillashadi. 
Aqliy tarbiya uslublari. Jismoniy tarbiya jarayonidagi fikrlash jarayoni 
so'zlash shaklida bo'ladi hamda mashg'ulotda aniqlangan bog'lanishlarni og'zaki 
ifodalash bilan tugallanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida shug'ullanuvchilar fikrlash 
qobiliyatlarini o'stirishning eng samarali yo'li muhokama yuritishdir. Bu bilan 
o'quvchilarda tafakkur rivojlanadi va namoyon bo'ladi. Jismoniy tarbiya jarayonida 
muxokama yuritish ko'nikmasi asta-sekinlik bilan ortib boradi. Harakat amallariga 
o'rgatishning dastlabki bosqichlarda o'quvchilardan so'rash, shuningdek, ularning 
mustaqil ravishda kuzatishlari va taqqoslashlari orqali ularda muhokama yuritish 
malakasi xosil qilinadi. 
Jismoniy mashqlar va harakatlarga o'rgatishning dastlabki bosqichlarida 
o'quvchilardan so'rash, ularni kuzatishlari va taqqoslashlari orqali ularda muhokama 
yuritish malaka va ko'nikmalari hosil bo'ladi. Shug'ullanuvchilarda umumiy 
rivojlanish ortgani sari, tarbiyada tahlil qilish, umumlashtirish, tanqidiy baxo berish 
va boshqa uslublar hamda aqliy tarbiya usullarida foydalaniladi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling