Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana23.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1113829
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Aziz Ibragimov

Mehnat tarbiyasining uslublari. Mehnat sportchilarning extiyojiga, ular 
odatlangan mashg'ulotga aylanishi uchun sistemali ravishda mehnat qilishga 
ko'nikib borish, doimiy mehnat trenirovkasi zarur. Mehnat tarbiyasining asosiy 
uslubi mehnat qilishga amalda o'rgatishdir. 
Mehnat psixologik jarayon sifatida kishining ongli, maqsadga qaratilagan 
faoliyatlari kategoriyasiga kiradi. Psixologlar mehnat jarayonida quyidagi 
bosqichlarni ko'rsatadilar: 
Mehnat vazifasini qo'yilishi. 
Qo'yilgan vazifani bajarish usullari va vositalarni tanlash. 3.Mehnat 
vazifasini hal etish. 
Natijani tekshirish, amaliy baxo berish, bajarilgan ishga tuzatish kiritish va 
uni to'ldirish. Mehnat natijalarini o'z vaqtida va obektiv suratda baholash juda 
muximdir. Mehnatga amaliy 
o'rgatish bilan bir qatorda mehnat xaqida jonli, aniq va ifodali qilib so'zlab 
berish, individual va jamoa ravishda suxbat o'tkazish, mehnat muvaffaqiyatlarni 
obektiv suratda baholash shaklidagi so'z orqali ta'sir etishdan ham foydalanish 
kerak. 
O'z-o'zini tarbiyalash: Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug'ullanish 
jarayonida erishilayotgan natijalar hamda yutuqlarni nazorat qilish va jismoniy 
tarbiya samaradorligini oshirish uchun o'z-o'zini tarbiyalashga katta e'tibor berish 
kerak. Jismoniy tarbiyani va sport bilan shug'ullanishni, o'z-o'zini tarbiyalashsiz 
tasavvur etib bo'lmaydi. Sportchining o'z-o'zini tarbiyalashi qator talablarni 
bajarishdan iborat. Avvalo sportchi o'zini bilishi, o'zining yaxshi va yomon 
tomonlarini ko'ra bilishi, o'z xatti- harkatlarni tanqidiy baholay olishi kerak. O'z 
xatti-harakatlari, ishlari va xulq atvorini taxlil qila bilish muxim ahamiyatga ega. 
Buning uchun kundalik daftar tutish va unga mashg'ulotlar va hayotdagi 
qilinayotgan tadbirlarni qayd etib boriladi. Kundalikda o'z-o'zini tarbiyalash 
bo'yicha dastur va rejalar hamda qoidalar tuzilgan bo'ladi. Kun tartibiga va shaxsiy 
mashg'ulot rejimiga qat'iy rioya qilish, ixtiyoriy diqqat va irodaviy fazilatlarning 
rivojlantiradigan maxsus mashqlar o'z-o'zini tarbiyalashga yordam beradi. 


20 
Tarbiyaning umumiy uslublari o'z-o'zini tarbiyalashda o'zini kuzatish, ishontirish, 
o'rgatish kabi xususiyatlarni belgilaydi. Shuningdek jamoatchilik bilan 
shug'ullanganda o'ziga dalda berish, tavsiya berish uslublarini qo'llanadi. O'z-o'zini 
tarbiyalashda yomon illatlar va odatlardan alahsitish, ichkilik, chekish kabi odatlarni 
tark etish irodasini mustahkamlash va yurish-turishlarga e'tibor berish o'rin tutadi. 
Bolalarning bo'sh vaqtlarini jismoniy tarbiya bilan o'tkazish uchun ularning 
ixtiyoriy harakatlanishi ta'minlanadi. Bu tadbirlar jismoniy mashqlar va harakatlar 
bilan shug'ullanish malaka va ko'nikmasi shakllangandan so'ng mustaqil 
mashg'ulotlar shaklida o'tkazilishi mumkin. Bolalarni jismoniy tarbiya va sport 
bilan shug'ullanishlarining mustaqil shakli mazmunini umumjismoniy tayyorgarlik 
mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlar, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish 
mashqlari, buyumlar, jismlar va sport jihozlaridagi mashqlar, sport va harakatli 
o'yinlar shaklida o'tilishi mumkin. Tabiat qo'yniga sayrlar, sun'iy va tabiiy suv 
havzalarida cho'milish hamda quyoshda toblanish muolajalari ham mustaqil 
mashg'ulotlar shaklida tashkil etilishi mumkin. O'z-o'zini tarbiyalashda biror 
vazifani bajarishga qaror qilinib albatta uni bajarish kerak. o'zining ma'naviy va 
aqliy, ahloqiy fazilatlarini boshqara olish muhim ahamiyatga ega. Bu bilan iroda 
sifatlari tarbiyalanadi. O'z-o'zini tarbiyalash usullari sport turi va jismoniy tarbiya 
mashg'ulotlari xususiyatlaridan kelib chiqib shug'ullanuvchilarning yosh, jins va 
jismoniy tayyorgarlik xususiyatlariga muvofiq tanlanadi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling