Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari
Download 35.24 Kb.
|
84995 4.ГЛОССАРИЙ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qat’iy belgilangan texnologiyalar
- Badiiy g‘oyalar
- Bunyodkorlik va yaratuvchilik g‘oyalari
- Vayronkorlik
GLOSSARIY “Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari - tashkilot, korxona, davlat muassasalari haqida kishilarda ijobiy tassavvur tug‘dirish, ularning faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida jamoatchilik fikrini shakllantirish. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini qо‘llash vazifalari - davlat faoliyati tо‘g‘risida fuqarolarga axborot yetkazish; siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtiroklarini ta’minlash; fuqarolar tomonidan siyosatchilar va davlat dasturlarini qо‘llab-quvvatlanishiga erishish; davlat tuzilmalarining ijobiy imijini yaratish. Qat’iy belgilangan texnologiyalar – qо‘llaniladigan uslub va vositalar qat’iy belgilangan hamda asosiy kо‘rsatkichlar о‘zgarmas hisoblanadigan texnologiyalar. Axborot texnologiyalari – axborot yaratish, uni qayd qilish, qayta ishlash va tarqatish usullari bо‘lib, axborot resurslaridan foydalanish jarayonining murakkabligi darajasini kamaytirishga xizmat qiladi. Badiiy g‘oyalar esa jamiyatda mavjud adabiy, badiiy asarlar, teatr va san’at asarlarini о‘rganish, ularning mazmun va mohiyatini chaqish orqali shakllanib, inson va jamiyatning taraqqiyotini yangi bosqichga kо‘tarishga, ularning madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati darajalarini: о‘stirishga inson ruhiyatini yanada mukammal qilishga xizmat etuvchi g‘oyalardir. Bunyodkorlik va yaratuvchilik g‘oyalari insoniyatni ezgulik, yaxshilik sari chorlab, yurtni, Vatanni ozod va obod qilish, jamiyat xalqining tо‘q va tо‘kin turmushini ta’minlash, insoniyatni ijtimoiy taraqqiyotining past pog‘onasidan yuqorisiga kо‘tarilishini, kishilarda tashabbus, yaratuvchilik va bunyodkorlik ishlariga yо‘llovchi g‘oyadir. Vayronkorlik va tajovuzkorlik g‘oyalari insoniyatni karamlik, qullikda saqlash, xalqlarni bir-biriga qarshi qо‘yib, ular orasida millatchilik kayfiyatlarini shakllantirib, birodarkush urushlar uyushtirib, ikki tomondan ham о‘z manfaatlarini topishga intiluvchi, shuningdek qachon va qayerda bulsa-da, urush va milliy mojarolar bо‘lib turishidan manfaatdorlikni yoqlovchi g‘oyadir. Albatta, bu jarayonda ommaning ham katta va belgilovchi о‘rni bor. Agar tarix о‘z tabiiy oqimi rivojiga qо‘yilsa, omma о‘zini har qanday yaxshi yoki muvaffaqiyatli taraqqiyotga yо‘llovchi sarkorni yetishtirib beradi. G‘oya – Inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bо‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir о‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan, kuchli teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g‘oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. G‘oyalar garchi tafakkurda paydo bо‘lsa-da, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto g‘ayrishuuriy qatlamlarga singib boradi. Faqat yuksak joziba kuchiga ega bо‘lgan, haqiqatga yaqin g‘oyalargina jamiyatda keng tarqaladi. Download 35.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling