Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari
Kontinental-hududiy darajadagi texnologiyalar –
Download 35.24 Kb.
|
84995 4.ГЛОССАРИЙ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mafkura evolyusiyasi
Kontinental-hududiy darajadagi texnologiyalar – alohida davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarning muayyan hududdagi (Yevropa, Yaqin Sharq kabi) muammolarni hal qilish yо‘lidagi say-harakatlarini qamrab oladigan texnologiyalar.
Lokal texnologiyalar – siyosiy jarayonning qaysidir qisminigina samarali tashkil etishga yо‘naltirilgan texnologiyalar. Mafkura – arabchada fikrlar majmui, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning о‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli о‘z ifodasini topadi. Mafkuralar muayyan diniy-falsafiy ta’limot asosida yaratiladi, ma’lum ilmiy qarash va axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkuralar о‘z mohiyatiga va ta’sir kuchiga kо‘ra jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi tomonlarga bо‘lib yuborishi, davlatning jahondagi obrо‘ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka kо‘tarishi yoki tanazzulga duchor qilishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoq davrida mafkuraga umuminsoniy qarash shakllanmagan, bunga yо‘l qо‘yilmagan. Unga tо‘g‘ri va xolisona baho berish imkoniyati mustaqillik tufayli amalga oshdi. Mafkura evolyusiyasi — muayyan maqsad va manfaatlarni ifoda etuvchi g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimning vujudga kelishi, rivojlanishi va intihoga yetishi jarayonini ifodalovchi tushuncha. Har qanday mafkura jamiyatda yangi paydo bо‘lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari va maqsad-muddaolarini ifoda etuvchi yangi g‘oyaviy tizim sifatida vujudga keladi. Mazkur millat yoki harakatning yetakchi kuchlari, siyosiy arboblari, ideologlari ijtimoiy ongdagi orzu-intilish va ruhiyatdagi his-tuyg‘ularni bir tizimga soladigan ta’limot va dasturlar yaratadilar. G‘oyaviy tarbiya vositalari va faollari orqali bu g‘oyalar ongga va ruhiyatga singdiriladi. Bu g‘oyalar kо‘pchilik ongini egallagach, ularni harakatga keltirib, maqsad sari yetaklaydigan kuchga aylanadi. Mafkura, vaqti kelib, о‘z sohiblari tarix maydonidan tushsalar ham, mafkuraviy meros sifatida yangi davrda ham о‘z ta’sirini saqlab qolishi mumkin. Bu nafaqat ezgulikka xizmat qiladigan, balki о‘z mohiyatiga kо‘ra g‘ayriinsoniy bо‘lgan mafkura shakllariga ham tegishlidir. Download 35.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling