Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari


Dunyoning mafkuraviy manzarasi


Download 35.24 Kb.
bet5/15
Sana27.03.2023
Hajmi35.24 Kb.
#1300074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
84995 4.ГЛОССАРИЙ

Dunyoning mafkuraviy manzarasi – jahonda rо‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va о‘zaro munosabati bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatlarni yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha. Bugungi dunyo muayyan yaxlitlikni tashkil etsa-da, undagi mintaqa va davlatlar, millatlar va xalqlar о‘z о‘rniga kо‘ra turli mavqega ega. Hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshilar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir. Shunday ekan, ularning о‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta’sir usullari bо‘lishi shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida kо‘plab davlatlar mavjud, bо‘lib ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, dinlar, diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat kо‘rsatmoqda.
Jamoat nazorati – a) qabul qilingan qonunlar va qonun hujjatlari ijrosi; b) hokimiyat qarorlari qanday qabul qilinishi va ijro etilishi; v) qonun va boshqa qonun hujjatlarining tayyorlanish jarayoni; g) davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyati; d) davlatning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchlik vakillari va jamoat tashkilotlarining nazorati.
Jamoatchilik fikri – ijtimoiy ongning о‘ziga xos kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, kishilarning turmush hodisalari, siyosiy va ijodiy tashkilotlar va alohida bir shaxslarning faoliyati haqida ijobiy yoki salbiy qarashlari majmui.
Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar esa millatlar va davlatlarning ijtimoiy va siyosiy sohada qо‘lga kiritgan, shu paytgacha hayot amaliyotida о‘zini oqlagan ijtimoiy va siyosiy qarashlar majmuidir.
Ilmiy g‘oyalar – fan va amaliyotning о‘zaro bog‘liqligi tufayli olib borilgan kuzatishlar, eksperimentlar, tahlillar, inson bilimi, tafakkuri salohiyatida yaratilgan, kashf etilgan g‘oyalardir.
Instrumental texnologiyalar – yuzaki qaraganda faoliyatni mukammallashtirishga xizmat qilayotgandek kо‘rinadigan, aslida esa mutlaqo boshqa maqsadlarni yashirish uchun foydalaniladigan texnologiyalar.

Download 35.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling