Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari


Download 35.24 Kb.
bet6/15
Sana27.03.2023
Hajmi35.24 Kb.
#1300074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
84995 4.ГЛОССАРИЙ

Istiqlol mafkurasi — millat va davlatning mustaqil rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimi. U istiyedot mafkurasi va amaliyotiga qarshi, ozadlikka intilish zarurati tufayli paydo bо‘ladi. Milliy istiqlol g‘oyasi О‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu ideallarini, oliyjanob maqsad – muddaolarini о‘zida mujassam etadi. Xalqimiz asrlar mobaynida ezgu niyat qilib kelgan mustaqillikni saqlash va mustahkamlash О‘zbekistonning har bir fuqarosining muqaddas burchidir. Buning uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib, muqaddas ona-Vatanning hayotiy manfaatlarini yurakdan his etgan holda ularni rо‘yobga chiqarish uchun faol harakat qilishi, kurashishi zarur. Bu jarayon xalqimizning manfaatlarini, ularni о‘zida mujassam etadigan milliy g‘oyani anglash b-n bog‘liq holda kechadi. Vatan manfaati har bir fuqaro manfaatlari b-n uzviy bog‘langan. Zero, Vatanning obodligi xalqning farovonligiga bog‘liq.
Kо‘lankali texnologiyalar – siyosiy jarayonni belgilab bersa-da, kam darajada texnologiyalashtirilgan va shu boisdan, kо‘proq faoliyatning tasodifiy, noyob, kamdan-kam uchraydigan usul va vositalarini qamrab oladigan texnologiyalar.
Qadriyatlar – narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ahamiyatini ifodalash uchun qо‘llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarni G‘arbda “Aksiologiya” fani о‘rganadi. Aksiologiyani qadriyatlar tо‘g‘risidagi qadriyatlar tо‘g‘risidagi qan yoki tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri “qadriyatshunoslik” deb atash ham mumkin. Qadriyatlar axloqiy qoida va meyorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham о‘zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, о‘zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgо‘ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bо‘ladi. Qadriyat о‘z tabiatiga kо‘ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u о‘zgaradi va takomillashadi. Shuning uchun qadriyat tо‘g‘risidagi ta’limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi. Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy; jamiyat hayotining sohalari bо‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqalar.

Download 35.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling