Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari


Download 35.24 Kb.
bet9/15
Sana27.03.2023
Hajmi35.24 Kb.
#1300074
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
84995 4.ГЛОССАРИЙ

Mafkuraviy poligon – odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli g‘oyalarning sinov maydoni. Odatda “poligon” deganda qurol-aslaha va texnikani sinash, qо‘shinlarni harbiy tayyorgarlikdan о‘tkazish yoki harbiy sohada tadqiqotlar olib borish uchun mо‘ljallangan maxsus maydon tushuniladi. Tarix о‘zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollarining uzluksiz takomillashib borganini kо‘rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan Yer yuzining har qanday nuqtasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bо‘lgan uzoq takomil yо‘lini bosib о‘tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bо‘lgan hududlar aholisini jismonan yо‘q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, о‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini jisman mahv etish shart emas. Zero, turli mafkuraviy ta’sirlar oqibatida ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari “ma’qul” yо‘nalishga о‘zgartirilgan yerlik aholi kо‘magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy aholisining ongi va qalbi yot va begona g‘oyalar sinab kо‘riladigan maydonga aylanganini bildiradi.
Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy – tarbiyaviy, ma’naviy – mafkuraviy ishlar majmui bо‘lib, u butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi. M.p. g‘oyaviy bо‘shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil usul va yо‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qо‘llaniladi. M. p. tezkor va qisqa sur’atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qо‘llash lozim bо‘lsa, ikkinchi holda, doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish kо‘proq natija beradi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda ham M.p.ning о‘rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‘oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yо‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi

Download 35.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling