Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari


Download 35.24 Kb.
bet10/15
Sana27.03.2023
Hajmi35.24 Kb.
#1300074
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
84995 4.ГЛОССАРИЙ

Mafkuraviy siyosat – muayyan g‘oyaviy qarashlar tizimini odamlar ongiga singdirish, zararli ma’naviy–mafkuraviy ta’sirlar, turli kо‘rinishdagi tazyiqlarning oldini olishga qaratilgan uslub va vositalar hamda ularni ishlab chiqish, tartibga solish va boshqarish bilan bog‘liq faoliyat majmui. M.s.ni mafkuraviy vazifalarni amalga oshirish uchun bо‘lgan harakat tarzida ham tushunish mumkin. Bu vazifalar muayyan mamlakat yoki xalqning dunyo hamjamiyatida tutgan о‘rni, nufuzi, xalqaro iqtisodiy, siyosiy, diplomatik aloqalardagi mavqei, taraqqiyot darajasi kabi bir qator kо‘rsatkichlardan kelib chiqadi. Masalan, mustaqil О‘zbekiston sharoitida milliy istiqlol mafkurasini yaratish orqali milliy xavfsizlikni ta’minlash va mustahkamlash masalasi dolzarb ahami - yatga ega. Odatda ichki hamda tashqi M.s. bir-biridan farqlanadi.
Mafkuraviy tamoyillar — har qanday mafkuraning tarbiyaviy qudrati, uning ta’sirchanligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushatarakligiga asoslanishi b-n belgilanadi. Milliy mafkura esa jamiyat a’zolarining millat manfaatlari, orzu-umidlari, istak-xohishlarini о‘zida mujassamlashtiradi. Milliy mafkura, Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, quyidagi tamoyillarga asoslanadi. Birinchidan, mamlakatimizning bugungi hayoti, о‘tmishi, kelajagi butun taqdiri uchun qayg‘uradigan, Vatan qismatini о‘z qismati deb biladigan keng jamoatchilikning ilg‘or dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanadi. Ikkinchidan, milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga unutilmas hissa qо‘shgan olimu fozillarning ilmiy merosiga asoslanadi. Uchinchidan, jamiyat mafkurasi shu jamiyatning fuqarosi bо‘lmish oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, fuqarolarning bexavotir, tinch-omon, farovon yashashini ta’minlash uchun kuch-g‘ayrat manbai bо‘lmog‘i lozim.
Mafkuraviy tahdidijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch о‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qо‘rqituv, zо‘rlik yо‘li bilan boshqalarga tiqishtirish. M.t. jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga xavf solib turgan, fojeali oqibatlarga olib kelishi mumkin bо‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmuasi. О‘zbekistonda insonparvar, demokratik jamiyat qurilayotgan hozirgi sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatiga siyosiy ekstremizm, diniy va fundamentalizm, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik, ekologik muammolar M.t. shaklida namoyon bо‘layotir.

Download 35.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling