Amir Temur hayoti haqidagi eng birlamchi manbalar:
9-aprel dunyoga mashhur jahongir, Xilda Xukxem ta’biri bilan aytganda “Yetti iqlim hukmdori”, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. “Daryo” sana munosabati bilan bugungi maqolada Amir Temur hayoti va faoliyati haqida yozgan mualliflar va ularning ba’zilarining asarlarini tahlil qiladi.
Amir Temur hayoti haqida ko‘plab mualliflar uning hayotlik davridan boshlab kitoblar yozib kelgan. U haqidagi manbalarni birlamchi va ikkilamchi manbalar sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birlamchi manbalar sifatida uning hayotlik davrida va u bilan zamondosh mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarni keltirish mumkin. Ikkilamchi manbalar esa vafotidan ancha keyin yozilgan kitoblar hisoblanadi.
Foto: Google Photos
Do'stlaringiz bilan baham: |