Amir Temur hayoti haqidagi eng birlamchi manbalar


Download 0.59 Mb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#210737
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amir Temur hayoti haqidagi eng birlamchi manbalar

Ikkilamchi manbalar

Ikkilamchi manbalar sifatida Amir Temur vafotidan keyin o‘zigacha mavjud asarlar asosida va yozilgan asarlar hamda yevropalik va mahalliy bir qator temurshunos tarixchi olimlarning asarlarini keltirish mumkin. Ali Yazdiy va Ibn Arabshohning asarlari Temur vafotidan keyin yozilgan bo‘lishiga qaramasdan ularni birlamchi manba sifatida kelishiga ulardagi mukammallik sabab qilib ko‘rsatiladi.

Birlamchi manbalarni to‘ldirib keladigan asarlar yaratgan mualliflar qatoriga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin. Ushbu mualliflar o‘zlarining tarixga atalgan asarlarida Temur hayoti haqida ham hikoya qilgan va o‘z kitoblarida unga boblar bag‘ishlagan.

Shunday asarlar qatoriga Mustavining “Tarixi hayrat”, Hofizi Abruning “Ravzat us-Safo”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’ us-sa’dayn”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Muiniddin Natanziyning “Xotiralar”i, arman tarixchisi Foma Mesopskiyning asarlari, Rene Grussening “Cho‘l imperiyalari”, rus tarixchilaridan Ivaninning “Ikki buyuk sarkarda” asarlari va boshqa bir qator fransuz tarixchilarining asarlarini kiritishimiz mumkin.

Amir Temurning sevimli nabirasi Mirzo Ulug‘bek o‘zining “Tarixi arbai Ulus” asarida Chingizxon avlodlarining tarixini bayon qilish bilan birgan Amir Temurning hokimiyatga kelishigacha bo‘lgan voqealarni ham o‘z asariga kiritib ketadi. Shuningdek, temuriy Zahiriddin Muhammad Bobur ham Temur va temuriylar haqida o‘zining mashhur “Boburnoma” asarida ma’lumotlar berib o‘tgan.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling