Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari


Download 35.24 Kb.
bet8/15
Sana27.03.2023
Hajmi35.24 Kb.
#1300074
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
84995 4.ГЛОССАРИЙ

Mafkuraviy beqarorlik – kishilik jamiyatiga xos muayyan xususiyatlardan biri; mafkuraviy sohadagi tamoyillarning qaror topmagani, doimiy bо‘lmagani, muqim bо‘lmagani kabi ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha gohida ijtimoiy hayotda mafkuralarning almashib turishi jarayonini izohlash uchun ham qо‘llaniladi. Mafkuraviy beqarorlik, asosan, muayyan bir hududda davlat tizimi bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan boshqasiga о‘tish davrida yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan olganda, M.b.ni — muayyan tarixiy sharoitda yuzaga keladigan g‘oyaviy о‘zgaruvchan holat deb ham atash mumkin. Jamiyatning yangilanish bosqichlarida odatda eski tizim, eski turmush tarzi bilan birgalikda о‘sha tizim mafkurasi ham yuz tuban bо‘ladi, bunday hol ma’lum darajada mafkuraviy bо‘shliqni yuzaga keltiradi.
Mafkuraviy bо‘shliq — jamiyat, davlat va mehnat jamoalarida vujudga kelgan vaziyat, ijtimoiy muhit tarbiyaviy-mafkuraviy ishlarning zaiflashib qolishi. Bunday sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatida turli mish-mishlar, safsatalar ustuvorlik qila boshlaydi. Kishilar xatti-harakatini bо‘shanglik, loqaydlik, befarqlik egallab oladi. Ruhiyatda hech narsaga aralashmaslik kayfiyati ustun keladi. Qayerda shunday holat yuz bersa, о‘sha yerda M.b. hukmron bо‘ladi.
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi — g‘oyaviy ta’sir о‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida unga Yer yuzining barcha mintaqalarida mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha. Insoniyat tarixining hozirgi bosqichi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy hayotning barcha sohalarida xalqaro munosabatlarning integratsiyalashuvi va intensivlashuvi bilan xarakterlanadi. Xususan, aloqa vositalarining rivojlanishi, ularning kompyuterlashtirilishi, elektron pochta, internet, kosmik teleradio aloqa tizimlarining texnik-texnologik vositalari kuchayib ketishi bilan axborot almashuv, binobarin, g‘oyaviy ta’sir о‘tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda.
Mafkuraviy plyuralizm (lot. pluraliq – xilma-xillik, rang-baranglik) – ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g‘oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydigan tushuncha. Mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar qancha kо‘p bо‘lsa, ya’ni M.p. hukmron bо‘lsa, taraqqiyotning samarali yо‘lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bо‘ladi. Fikriy kurash mafkuralarning ma’no va mazmun jihatidan boyishiga, bir-birini tо‘ldirishiga xizmat qiladi. M.p. ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan-yangi g‘oyalarning paydo bо‘lishiga, turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy guruhlarning manfaatlarini umumiy tarzda rо‘yobga chiqishiga sharoit yaratadi. U muqarrar suratda kо‘ppartiyaviylik tizimini taqozo etadi. Siyosiy partiyalar esa о‘zlari mansub bо‘lgan qatlamlar, siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda о‘z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi.

Download 35.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling