Insonning ehtiyojlari nechog‘lik rang barang bo‘lsa, uning maqsad va intilishlari shunchalik boy bo‘ladi


Download 1.98 Mb.
bet1/7
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#193342
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EHTIYOJ SLAYD

  • Insonning ehtiyojlari nechog‘lik rang – barang bo‘lsa, uning maqsad va intilishlari shunchalik boy bo‘ladi.
  • Ma’naviy ehtiyojlar ma’naviyatni real hayotda namoyon bo‘lishiga undovchi kuch, ichki pozitiv imkoniyatni amaliyotga joriy etuvchi muhim omil ekan, ularni ijtimoiy- falsafiy jihatdan tahlil etish dolzarb muammolardan biridir. Zero, - “...ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo‘lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo‘yiladigan talablar ham muttasil paydo bo‘laveradi”, - deb ta’kidlagan edi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov. Bu fikrning o‘zi ham biz tanlagan mavzu jamiyat, inson uchun ma’naviy ehtiyoj o‘sishi juda zarur bo‘lgan hodisa ekanini ko‘rsatib turibdi.
  • Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: Ma'naviyat, 2008. -171 b
  • Kishilik jamiyati taraqqiyotiga nazar tashlasak, inson ehtiyojlari, jumladan, ma’naviy ehtiyojlar doim o‘sib boradi. Ular o‘z rivojlanish qonunlariga ega. Ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi ulardan yuksakroq bo‘lgan yangi ma’naviy ehtiyojlarni tug‘ilishiga olib keladi. Bu holat ma’naviy ehtiyojlarning muttasil ravishda yuksalib borishi qonun ekanini tasdiqlaydi. Ma’naviy ehtiyojlarning paydo bo‘lishi, anglanishi, qondirilishi, ehtiyojlarning tarkibi o‘zgarishi yoki yangi-yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi, ularning ham qondirilish jarayoni doimo takrorlanuvchi eng muhim, mohiyatli, birinchi darajali zaruriy bog‘lanishlardir. Bunday bog‘liqlik qonun deyiladi. Shunday qilib, ma’naviy ehtiyojlarning yuksalishi ma’naviyat qonunidir. Ma’naviy ehtiyojlarni uzluksiz ravishda o‘sishi va yangilarining vujudga kelishi har bir jamiyatga xosdir.
  • Ma’naviy ehtiyojlarni yuksalish qonuni ma’naviyat rivojlanish qonuni bo‘lib, ma’naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (svilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog‘liqlik qonuni hamda ma’naviyat yuksalishining ijtimoiy ong va munosabatlar yuksalishi bilan qonuni o‘zaro mushtarak bo‘lib, ma’naviyat yuksalishining yaxlit jarayonini ochib beradi.
  • Ma’lumki, davr talabi taraqqiyot zaruratidan insonlarning ehtiyojlari kelib chiqadi. Jamiyatni yanada yuksaltirishda ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ehtiyojlarni tasniflash va ular tizimida ma’naviy va moddiy ehtiyojlar o‘rnini aniqlash, ma’naviy ehtiyojlarning yuksalishi ma’naviyat rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bir necha umumiy e’tirof mazmunidagi maqolalar yozilgan. Ushbu yo‘nalishda mamlakatimiz yetakchi olimlaridan A. Erkayev, E. Umarov, M. Abdullayev, E. G‘oziyev, A.Mavrulov, M. Nomuratovalarning kitoblari va maqolalarini ko‘rsatish mumkin.
  • Mazkur magistrlik dissertasiya ishi ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishi, yuksalishi qonunini tadqiq qilishga alohida bag‘ishlangan birinch ilmiy tadqiqotdir.
  •  
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling