Insonning ehtiyojlari nechog‘lik rang barang bo‘lsa, uning maqsad va intilishlari shunchalik boy bo‘ladi


Yangi iqtisodiy bilimlarni, bozor munosabatlari, talab va taklifilarini tahlil qilishni o‘rganish ehtiyoji


Download 1.98 Mb.
bet7/7
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#193342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EHTIYOJ SLAYD

Yangi iqtisodiy bilimlarni, bozor munosabatlari, talab va taklifilarini tahlil qilishni o‘rganish ehtiyoji
  • .
  • Ma’naviy ehtiyojlarni boyib borishi ijtimoiy ong va uning shakllari bilan uzviy bog‘liqdir. Ma’naviy ehtiyojlarni anglashda milliy ong, millatning o‘zligini anglashi muhim hisoblanadi. Albatta, bu o‘z-o‘zicha yuz bermaydi, balki milliy istiqlol mafkurasi bilan birgalikda xalqning maqsadlari, manfaatlari tarzida namoyon bo‘ladi.
  • Jamiyat va ma’naviyat o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, bir-birini boyitib boradigan tushunchalardir. Jamiyatni ma’naviyatsiz, ma’naviyatni jamiyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamiyatda ma’naviy munosabatlarni boyitish inson, millat, davlat hayotidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning rivojlanishiga va uning har bir sohada taraqqiy qilishi uchun imkoniyatlar yaratadi.
  • Jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi asosiy kuch – iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy taraqqiyot zaruratlari bilan belgilangan, ma’naviyat bilan mushtaraklashgan ehtiyojlardir. Ehtiyoj bo‘lmagan joyda hech qanday taraqqiyot va yuksalish bo‘lmaydi. Ehtiyojning o‘zi ham ma’naviyatlilik darajasi bilan belgilanadi. Jamiyat taraqqiyotining oxirgi nuqtasi bo‘lmaganidek, ma’naviy rivojlanishning ham so‘ngi nuqtasi yo‘q.
  • .
  • Jamiyat hayotida zaruriy xarakterga ega bo‘lgan juda ko‘p hodisalar mavjud. Jamiyat doimo o‘z iqtisodini, ijtimoiy, siyosiy munosabatlarini shakllantirishga ehtiyoj sezib turadi. Mana shunday zaruriy xarakterga ega bo‘lgan ehtiyojlar tizimida ma’naviy ehtiyojning o‘rni va roli beqiyosdir. Shuning uchun ma’naviy ehtiyojlarni o‘rganish dolzarb va zaruriy masalalardan biri hisoblanadi. Ma’naviy ehtiyojlarga bo‘lgan talab hech mahal to‘xtab qolmaydi. Ma’naviy ehtiyojlar har xil obyektiv va subyektiv omillar asosida doimiy ravishda boyib boradi. Ma’naviy ehtiyojlarning qondirib borilishi taraqqiyotni vujudga keltiradi va jamiyatda rivojlanish yuz beradi.
  • 1. Insonda madaniy va ma’naviy ehtiyojlar turmush tajribasi ortishi, bilim saviyasi kengayishi, maxsus mashqlar egallashi, ijtimoiy hayot qoidalariga uzluksiz ravishda rioya qilishi, narsa va hodisalarga munosabati o‘zgarishi tufayli rivojlana boradi. Odam tobora barkamol bo‘la borishi uning oldiga yangicha talablar qo‘yadi, ularni bajarish esa ehtiyojning yangi, nisbatan murakkab, mohiyat jihatdan teran xususiyat kasb etuvchi shakllarini vujudga keltiradi. Ularning qondirilishi esa o‘z tuzilishga ega bo‘lgan yangi vositalarni taqozo etadi. Ma’lumotlilik, aql-zakovat ko‘rsatkichining yuksalishi, iste’dod alomatlarining ro‘yobga chiqishi, faollikning ortishi, xatti-harakat tarkibida keraksiz bo‘g‘inlarning kamayish ehtiyoji takomillashgan shaklining namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Inson komfort (qulaylik) sari intilar ekan, unda yangi ehtiyojlar yuzaga keladi, ularning qondirilishi yangi bir sifat darajasiga ko‘tariladi. Madaniyatning yangi qirralari ochilishi, ma’naviyatni egallashga nisbatan xohish – istakning kuchayishi, fan va texnikaning taraqqiyoti, millatlararo munosabatlar ko‘lamining kengayishi rang-barang ehtiyoj turlari va shakllari rivojlanishiga muhim shart-sharoitlar yaratadi.
  • 2. Ma’naviy ehtiyojlar – inson ehtiyojlarining eng oliy ko‘rinishi bo‘lib, uning mohiyatida bilimga, kamolotga intilish, yuksak ideallarga ergashish orqali o‘z – o‘zini namoyon etish va anglash yotadi. Ma’naviy ehtiyojlar jamiyat taraqqiyoti darajasini, axloqiy ideallarini, maqsad va manfaatlarning qanday g‘oyalarga yo‘nalganlik xarakterini ko‘rsatadi. U o‘z mohiyatida ijodkorlik, bunyodkorlik va yaratuvchanlik salohiyatini jamlagan bo‘lib, ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi jamiyatning taraqqiyotiga, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy takomillashuviga vosita bo‘lib xizmat qiladi.
  • 3. Ma’naviy ehtiyojlarsiz taraqqiyot yuzaga kelishi mumkin emas, chunki bu ehtiyojlar jamiyatning iqtisodiy va madaniy darajasini belgilab beradi. Ma’naviy ehtiyoj zaruriy xarakterga ega, chunki jamiyat rivojlanib borar ekan u har doim ma’naviyatga, uni rivojlantirib turishga ehtiyoj orqali o‘z ideallarini shakllantiradi va unga intiladi.
  • 4. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida sog‘lom ma’naviy ehtiyojlarning muttasil o‘sib borishi ma’naviyat yuksalishi qonuni hisoblanadi. Ehtiyojlar yuksalmasa, inson hayvonot olamidan, jamiyat tabiatdan ajralib chiqa olmas edi. Jamiyatning gurkirab rivojlanishi bevosita yoki bilvosita sog‘lom ehtiyojlar yuksalishiga, turg‘unlikka tushib qolishi, inqirozga uchrashi, xato g‘oyalar tomon og‘ib ketishi (siyosiy va diniy ekstremizm ta’sirida) esa sog‘lom ehtiyojlar o‘smay qolishiga yoki nosog‘lom ehtiyojlar ustunlik qilib ketishiga bog‘liq. Ehtiyojlarning o‘sib bormasligi shaxs rivojining to‘xtab qolishi, ba’zan uning tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Ehtiyojlar yuksalishi va jamiyat rivojlanishi dialektik birlikni tashkil etadi.
  • 5. Odamlarning ehtiyojlari qat’iyan tabaqalashgan bo‘ladi. Ehtiyojlarning yuksalishi kishilarning odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, jismoniy tuzilishi, oilaviy ahvoli, millati, mehnat va yashash sharoitlariga bog‘liq hamda bir biridan farq qiladi.
  • 6. Inson ehtiyojlarining o‘sishiga: texnologiyalar rivojlanishi va yangi bilimlarga, kasbiy mahorat o‘sishi (yaratuvchanlik, ijodkorlik imkoniyati), ishlab chiqarishni takomillashtirish, mehnat unumdorligi, samaradorligini oshirish zarurarati; turmushni, hayotni go‘zallik qonunlari asosida takomillashtirish, qayta yaratish zarurati; ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish zarurati; insonning erkinlik darajasini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, estetik, axloqiy, texnologik, siyosiy, huquqiy ehtiyojlarining muayyan shakllarini rivojlantirish; demokratiyani, huquqiy davlatni va ochiq fuqarolik jamiyatini rivojlantirish zarurati; komil insonni tarbiyalash, insonning o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini yuzaga chiqarish zarurati kabi ijtimoiy omillar sabab bo‘ladi.
  • 7. Jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi asosiy kuch – iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy taraqqiyot zaruratlari bilan belgilangan, ma’naviyat bilan mushtaraklashgan ehtiyojlardir. Ehtiyoj bo‘lmagan joyda hech qanday taraqqiyot va yuksalish bo‘lmaydi. Ehtiyojning o‘zi ham ma’naviyatlilik darajasi bilan belgilanadi. Jamiyat taraqqiyotining oxirgi nuqtasi bo‘lmaganidek, ma’naviy rivojlanishning ham so‘ngi nuqtasi yo‘q.
  • 8. Ma’naviy ehtiyojlar insonlarni ma’lum yaratuvchilik faoliyatiga yo‘naltiruvchi, harakatlantiruvchi va real hayot jarayonini aks ettiruvchi asosiy kuchdir. Ma’naviy ehtiyojlar bizning butun borliqqa bo‘lgan va unga mos keladigan zarurat va manfaatning alohida turi sifatida ham namoyon bo‘ladi.
  • 9. Jamiyat hayotida zaruriy xarakterga ega bo‘lgan juda ko‘p hodisalar mavjud. Jamiyat doimo o‘z iqtisodini, ijtimoiy, siyosiy munosabatlarini shakllantirishga ehtiyoj sezib turadi. Mana shunday zaruriy xarakterga ega bo‘lgan ehtiyojlar tizimida ma’naviy ehtiyojning o‘rni va roli beqiyosdir. Shuning uchun ma’naviy ehtiyojlarni o‘rganish dolzarb va zaruriy masalalardan biri hisoblanadi. Ma’naviy ehtiyojlarga bo‘lgan talab hech mahal to‘xtab qolmaydi. Ma’naviy ehtiyojlar har xil obyektiv va subyektiv omillar asosida doimiy ravishda boyib boradi. Ma’naviy ehtiyojlarning qondirib borilishi taraqqiyotni vujudga keltiradi va jamiyatda rivojlanish yuz beradi.
  • 10. Shaxs ma’naviy ehtiyojlarining shakllanishi ijtimoiy qadriyatlar va me’yorlarning o‘zlashtirilishi bilan cheklanib qolmaydi, balki yangi talab va manfaatlarga muvofiq holda uning hayot tajribasi hamda faoliyati davomida o‘zgarib va boyib boradi.
  • 11. Ma’naviy ehtiyojlar inson shaxsi tarkibiy tuzilishining unsurlaridan bo‘lib, uning ijtimoiy mohiyatini ifodalaydi, insonning komillik darajasini yuksak ma’naviy ehtiyojlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Komillikning mezoni ko‘p jihatdan jamiyatda mavjud ijtimoiy munosabatlarning rivoj topganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi, komil inson tarbiyasi mazmunan shaxsning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarini qondirishdagi samara va yutuqlar asosida boyib, takomillashib boradi.
  • 12. Jamiyat va ma’naviyat o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, bir-birini boyitib boradigan tushunchalardir. Jamiyatni ma’naviyatsiz, ma’naviyatni jamiyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamiyatda ma’naviy munosabatlarni boyitish inson, millat, davlat hayotidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning rivojlanishiga va uning har bir sohada taraqqiy qilishi uchun imkoniyatlar yaratadi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling