Insonning ehtiyojlari nechog‘lik rang barang bo‘lsa, uning maqsad va intilishlari shunchalik boy bo‘ladi


Ehtiyojlar tushunchasi va ularning tasnifi


Download 1.98 Mb.
bet2/7
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#193342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EHTIYOJ SLAYD

1. Ehtiyojlar tushunchasi va ularning tasnifi.
  • Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzodlarning eng oliysi. U boshqa jonzodlardan o‘zining aql idroki bilan ajralib turadi. U hayot kechirish uchun turli ehtiyojlarini qondirishi shart, chunki busiz yashay olmaydi. Yashash uchun u ovqatlaniushi, keyim-kechak, boshpanadan foydalanishi,xavfsizlikni ta’minlashi kerak. O‘ziga kerakli mahsulotlarni u tayyor holda to‘liq tabiatdan olmaydi, balki o‘zi ishlab chiqaradi. Yaratuvchanlik uni hayvonot dunyosidan ajratib turadigan aql va til kabi, yana bir muhim belgisidir. Inson yashar ekan, uning ehtiyojlari mavjud. Ehtiyojlar obyektiv xususiyatga ega, lekin ular subyektiv anglanadi va yuzaga chiqadi. Insonning butun umri, faoliyati va harakatlari ana shu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan.
    • Insonlarning yashashi, har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan barcha ne’matlarga talab ularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘lida aqlini ishlatadi, izlanadi, qidiradi. Ehtiyojlarni qondirishi zarurligi uni faollikka undaydi. Faollik faqat aqliy faollik bilan cheklanmaydi, balki amaliy yaratuvchanlikka ham aylanadi. Insonning ehtiyojlari xilma-xil. U yashar ekan, moddiy-iqtisodiy manfaatlarini, talablarini qondiradi, bilim oladi, boshqalar bilan muloqotda bo‘ladi, do‘stlashadi va hokazo. Ehtiyojlar turli shakllari, xususiyatlari, sifat, belgi, miqdor va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
    • Har bir inson uchun o‘zining qadr-qimmat o‘lchovi mavjud. Bir inson tomonidan qadrlangan, hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa ikkinchi bir kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. Albatta, odamlarning yashashi uchun zarur hisoblangan fundamental ehtiyojlar bor. Bular uning biofiziologik va birlamchi ijtimoiy ehtiyojlaridir. Lekin uning ikkilamchi murakkab ehtiyojlari ham borki, ahamiyatiga ko‘ra ularni tartibga solish u yoqda tursin, individual kishilar olinganda hamma uchun eng zarur bo‘lganlarini ham sanab o‘tish qiyin. Har bir inson uning uchun qaysi ehtiyojlar eng zarurligini o‘zi belgilaydi. Individual ehtiyojlardan tashqari oilaviy, jamoaviy, kasbiy, korporativ, tabaqaviy, sinfiy, milliy ehtiyojlar bor.
    • Ehtiyojlar va ularning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi masala ijtimoiy fikr va ijtimoiy ongning tarixan ustuvor mavzularidan biri hisoblanadi. Juda qadimdan inson, uning ijtimoiy mohiyati, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni falsafiy fanlar tizimining muhim sohalaridan birini tashkil etgan. Qadimgi dunyo donishmandlari, xususan, Zardusht, Konfusiy, Budda, antik zamon allomalari zamonidan boshlab hozirgi kungacha inson muammosi to‘g‘risida fikr yuritilganida uning mohiyatini aql, til, axloq, odob va ehtiyojlarga bog‘lab tavsiflash an’anasi davom etib kelmoqda. Markaziy Osiyoning eng qadimgi yozma manbai bo‘lgan “Avesto”dan tortib shu kungacha yuzaga kelgan ijtimoiy-falsafiy fikrlarda ma’naviy va axloqiy ehtiyojlar mazmunini inson bilan bog‘langan holda tavsiflab keladi. Xususan, komillikka intilishning mohiyati va zaruriyati haqidagi masala qadimgi Sharqda yuzaga kelgan dastlabki falsafiy-nazariy masalalardan biridir. U “Avesto”da tahlil qilingan. Bu asarda ifodalangan “ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” birligi insonda ma’naviy ehtiyojlarni shakllantirishda nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lib, “unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo‘lgan saboqlar borligini ko‘rish mumkin” Markaziy osiyolik mutafakkirlarning falsafiy qarashlarida bunday fikrlar ustuvor o‘rin tutgan. Abu Nasr Forobiyning fikricha, axloqiy kamolotni ma’naviy ehtiyojga aylantirgan inson o‘z ruhi, g‘ururi va vijdonini qadrlashi, o‘zi go‘zal va yaxshi xislatli, qo‘rqmas, jasur bo‘lishi kerak. Abu Ali ibn Sino yaxshilikka intilish, uni hayotga tatbiq etish inson uchun yuksak ma’naviy fazilat ekanligini ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniyning fikricha esa, axloqiy qadriyatlar insonning mehnatida namoyon bo‘ladi. “Bilimga nisbatan odob yuqoriroq turgan, odob bilimning ustqurmasi”ekanligini ta’riflagan tasavvuf falsafasi komil insonda axloq, odob, yuksak xulq-atvor botiniy bo‘lishini e’tirof etgan. Bunday komillik Alisher Navoiyning “Odamiy ersang demagil odami, oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami”tarzida ifodalangan hikmatida o‘z aksini topgan.
    • G‘arb ijtimoiy-falsafiy fikri tarixida ham ehtiyojlar muammosiga oid rang-barang g‘oya va qarashlar yuzaga kelgan. Qadimgi yunon allomalari tomonidan qo‘llanilgan “zaruriyat” atamasi keyinchalik, ya’ni XVIII asrdan boshlab insonning son-sanoqsiz moddiy ne'matlar yaratish va faoliyat ko‘rsatish shakllarini umumlashtirgan holda “ehtiyoj” tushunchasini yuzaga keltirdi. Jahon falsafiy ilmining atoqli vakillari Immanuel Kant (1724-1804), Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831), Klod Adrian Gelvesiy (1715-1771), Lev Tolstoy (1828-1910) ehtiyojlar, ayniqsa ma’naviy ehtiyojlar masalasida o‘ziga xos qarashlarni ilgari surganlar. Shuningdek, XIX-XX asrlarda yashab, turli sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borgan Zigmund Freyd (1856-1939), Henre Murray (1893-1988),  Abraxam Maslou (1908-1970),  Milton Rokeach (1918-1988),  Filip Kotler(1931), Jon Keynes (1883-1946), J.Gelbreyt va boshqa olimlar e’tiborlarini ehtiyojlar masalasiga qaratdi.
    • Ehtiyojlar tushunchasiga falsafiy va ijtimoiy fanlar tizimidagi fanlar bir-biridan farq qiladigan ta’riflar berishgan. Xususan, “Falsafa” (qomusiy lo‘g‘atida) : “Ehtiyoj – inson talablari asosida paydo bo‘ladigan tabiiy xususiyat; jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlarga, uning shularga bog‘liq ekanligini ifodalovchi holat”– ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, “Falsafa. Ensiklopedik lug‘at” da ehtiyoj tushunchasiga berilgan ta’rif boshqalaridan farq qilishini ko‘ramiz: “ Ehtiyoj – yashash va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan narsalarga talab, muhtojlikdir. Ehtiyoj faqat inson organizmi uchun emas, balki o‘simliklar dunyosi, korxonalar, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va boshqa har qanday tabiiy va ijtimoiy tizimlarga ham xosdir” Psixologiya izohli lug‘atida ehtiyojlarga: “ Ehtiyoj – organizmning hayotini taminlovchi zarur sharoitlarni aks ettirishdan iborat faoliyat motivi; qondirilmagan muhtojlikni sezish; ehtiyoj odamlarga ham, hayvonlarga ham hosdir. Biroq hayvoniy va insoniy ehtiyojlar bir-biridan tubdan farq qiladi: hayvon ehtiyojlari faqat tabiiy, organik sifatlarga ega, inson ehtiyojlari esa ijtimoiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi, yangi ijtimoiy-tarixiy jihatdan taqozo qilingan” – deya ta’rif beriladi.
    • Yurtimizning faylasuflari ham ehtiyoj muammosiga e’tiborlarini qaratishdi. Ehtiyojlar haqida A.P. Erkayev quyidagi fikrlarni bildirgan: “Hayvonot olamida biologik ehtiyojlardan o‘zga bir ehtiyoj deyarli yo‘q. Ayrim qushlar va hayvonlarning “ishqiy” o‘yinlari, juft bo‘lib yashashini biologik-ehtiyoj doirasidan tashqari deb qarashga asos yo‘q. Hayvonot olamida ehtiyojlar yuksalmaydi, faqat o‘zgaradi, natijada biologik vujud tabiatga moslashadi, xolos.
    • Insonda esa ehtiyojlar muttasil yuksaladi: moddiylari ham, ma’naviylari ham. Insonda bir ehtiyojning qondirilishi undan yuksakroq bo‘lgan yangi ehtiyojni tug‘diradi. Olimning fikrlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, ma’naviy ehtiyoj faqat insongagina xos bo‘lib, uni ongli mavjudot sifatida shakllantirishda, dunyoqarashini rivojlantirishda, borliqda ijtimoiy mo‘ljalini belgilovchi vosita ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Hayvonot olamidagi “ehtiyojlar” esa faqat tabiiy-biologik ko‘rinishga ega bo‘lib, organizmining ichki mayl, intilishi sifatida namoyon bo‘ladi. Agarda insonlarda ham hayvonlardagidek faqatgina tabiiy-biologik ehtiyojlari mavjud bo‘lib, moddiy-iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ehtiyojlari mavjud bo‘lmaganda, insonning ongli faoliyati ham bo‘lmasdi.
    • Ehtiyojlar turli shakllari, xususiyatlari, sifat, belgi, miqdor va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Inson ehtiyojlari tarkibiga metodologik jihatdan turlicha yondashib, uni har-xil guruhlarga ajratish mumkin:

    • Download 1.98 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling