Dunyo mamlakatlaridagi beqarorlik sabablari. Beqarorlik xukumron mamlakatlarida qochoqlarning ahvoli


Download 53.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi53.5 Kb.
#219094
Bog'liq
F-Y4NsEIqBzB8NC9tfeJNhvrF0SVjz4i


Mavzu: Dunyo mamlakatlaridagi beqarorlik sabablari. Beqarorlik xukumron mamlakatlarida qochoqlarning ahvoli.

REJA


  1. Dunyo mamlakatlaridagi beqarorlik sabablari.

  2. Milliy barqarorlik va ishtimoiy o’zgarishlar

  3. Jahondagi qochoqlarning ahvoli.

Yaqin kelajakda umumiy maqsadlarning yo‘qligi va yaqqol global liderlikning yetishmasligi xalqaro siyosatni xavfli o‘yinga aylantirishi mumkin. Keyingi inqiroz nafaqat iqtisodiyotga, balki global boshqaruvga ham tegishli.

Mavjud tahlillar vaziyatning jiddiyligini deyarli aks ettirmaydi, chunki ular qisqa muddat uchun qilinmoqda. Jahon siyosatida nima sodir bo‘layotganini tushunish uchun biz Sovuq urush tugaganidan boshlab tarixga nazar tashlashimiz kerak. 

1989 yil Berlin devori qulaganidan beri o‘ttiz yil o‘tdi. Ushbu qisqa vaqt ichida biz to‘rtta aniq bosqichni bosib o‘tdik. Birinchi uchta bosqich jamoaviy maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lsa, hozirgi bosqich parchalanish bilan tavsiflanadi. Sovuq urush tugaganidan keyingi rivojlanish bosqichlariga qarab xulosa qiladigan bo‘lsak, biz 1990 yilda boshlangan global tartibni qurishda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganimizni tushunamiz. Buni to‘rt bosqichga ajratish mumkin. 

1990-2000 yillar yangi tartibni yaratish bosqichi bo‘ldi. Demokratiyaning kengayishi, mojarolarni hal qilinishi, Yevropa Ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti va boshqa xalqaro institutlarning paydo bo‘lishi. Maqsad Sovuq urushdan keyin yangi tartib o‘rnatish edi.

Keyingi sakkiz yil (2000-2008 yillar) iqtisodiy o‘sish va yangi rivojlanish bosqichini boshladi. Savdo hajmi o‘sishi, texnologik inqilob va Xitoyning yuksalishi bu bosqichni belgilab berdi. Umumiy maqsad globallashuv edi. 11 sentyabr hujumlaridan keyin terrorizmga qarshi kurash savdo hajmi va boyliklarning sezilarli darajada o‘sishiga to‘sqinlik qilmadi.

2008 yildan 2016 yilgacha moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bosqichi boshlandi. 2008 yildagi inqiroz qarzdorlik, ortiqcha xarajatlar va tizimning zaifligi kabi muammolarni aniqlab berdi. Ushbu bosqichdagi asosiy maqsad inqirozni yengib o‘tish edi.

2016 yildan hozirgi kungacha. Parchalanish bosqichi. Inqirozdan chiqish yo‘li deyarli barcha mamlakatlarda tengsizlikni kuchaytirdi. Fuqarolar globallashuvdan shubhalana boshladilar va demokratiyalar uzoqni ko‘ra bilmas va xudbinga aylandilar. 2016 yil iyun oyida Brexit referendumi va shu yilning noyabr oyida Donald Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi, ushbu global bosqichda asosiy muammolar bo‘yicha konsensusning buzilishi bilan tavsiflangan bosqichning boshlanishini belgilab qo‘ydi. Millatchilik va populizm kabi xususiyatlar yuzaga kela boshladi va erkin savdo kabi prinsiplarga shubha tug‘ildi. Umumiy global maqsadlarni aniqlash mumkin emas bo‘lib qoldi.

"Sovuq urush"dan keyingi murakkablikni hisobga olib, tahlil qilishning yangi vositalari taklif qilindi. Urush yoki milliy manfaatlar uchun shiddatli kurash natijasida katta kuchli davlatlarning ko‘tarilishi yoki qulashi kabi eski parametrlar o‘zaro bog‘liqlik sharoitida o‘zini oqlamadi. Bu borada 1990 yildan beri eng ko‘p qo‘llaniladigan teoriyalar, bu – Frensis Fukuyama tomonidan yozilgan “Tarixning tugashi va eng so‘ngi odam” kitobi va Samuyel Xantingtonning ”Sivilizasiyalar to‘qnashuvi” asarlari bo‘ldi.

Fukuyama iqtisodiy va siyosiy sohalarda misli ko‘rilmagan global kelishuvlarga erishilganini qayd etdi. Iqtisodiy eksperimentlar tugadi, chunki kapitalizm kommunizmning kuchli qulashi fonida dunyoni zabt etdi. Ciyosiy tizim sifatida esa eng yaxshisi shak-shubhasiz liberal demokratiya edi, chunki u individual huquqlarni ta’minlaydigan yagona tizim edi. O‘z navbatida Xantington esa birinchi navbatda madaniyat va o‘ziga xoslik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sivilizasiya to‘qnashuviga urg‘u berdi. Globallashuv bir xillikka olib kelmaydi, lekin dunyo tarixiy sivilizasiyalar sirlariga ega edi va ularning har biri xalqaro siyosat va munosabatlar nuqtai nazariga sodiq qoldi.

"Sovuq urush" tugaganidan keyin ikki xalqaro siyosiy fikr titanlari o‘rtasidagi munozaralar qizg‘in tus oldi. Ba’zan globallashuv to‘g‘risida konsensus ustuvor bo‘lib tuyuldi; ba’zan esa bu va xalqaro terrorizm tahdidlari va unga qarshi kurash orqali kelib chiqqan sivilizasilar to‘qnashuvi edi.

Ushbu ikki tahlil sxemasi haqiqatni tushuntirish uchun yetarli emas aslida. So‘nggi o‘ttiz yillikning o‘ziga xos xususiyatlari bu - mintaqaviy va global institutlarning yaratilishi va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning rivojlanishi bo‘ldi. Boy va rivojlanayotgan shimol va janubdagi va har xil kengliklardagi davlatlar, o‘zaro bog‘liqlikka asoslangan xalqaro tartibda qatnashadilar. Ushbu me’yoriy va institusional o‘lchovni hisobga olgan holda xalqaro munosabatlarning yaqin tarixiga yangicha qarash kerak. Yevropaning kontinental tafakkuriga xos bo‘lgan bunday yondashuv AQSh va Buyuk Britaniyada jurnalistlar va matbuot tomonidan amalga oshirilgan ulkan ta’sir tufayli, juda keng tarqalgan emas va shunga qaramay almashinuvlarni bashorat qilish mumkin, chunki bu o‘zaro bog‘liq dunyo haqiqatiga mos keladi

1990 yildan keyingi tarixni ushbu me’yoriy va institusional nuqtai nazar orqali ishonchliroq izohlash mumkin. Birinchi bosqichda Xavfsizlik Kengashi, "Sovuq urush" uyqusidan uyg‘onish, sanksiyalar va tinchlikni saqlash operasiyalari kabi choralarni ko‘rishni boshladi. Turli mintaqalarda to‘qnashuvlar to‘xtatildi va Yaqin Sharqda tinchlik jarayoni boshlandi. Ushbu bosqichning boshida, davlatlar ittifoqi sifatida, XX asrning buyuk siyosiy ixtirosi o‘laroq, Yevropa Ittifoqi yaratildi, ayni paytda demokratiya butun dunyoga tarqala boshladi. 90-yillarda Bolqonning barqarorlashishi qit’adagi xavfsizlik masalasi sifatida ko‘rildi. Yangi tartibni yaratishda ushbu bosqichda 1995 yilda Jahon savdo tashkiloti tashkil etildi

Globallashuv va iqtisodiy o‘sish bosqichi jahon savdosining o‘sishi, rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘sishi va yangi texnologiyalarning kengayishi bilan ajralib turdi. 2001 yildagi teraktlar xalqaro terrorizmga qarshi kurashni boshlab yubordi, ammo bu tashvish deyarli butun dunyoni qamrab olgan o‘sishni susaytirmadi. 2001 yil dekabr oyida Xitoy JSTga a’zo bo‘ldi. Ushbu bosqichning umumiy maqsadi, global savdo va investisiyalarni ilgari surish orqali o‘sishni rag‘batlantirish edi va ortiqcha xarajatlarni boshqarishga qiziqish kam edi. Yevropa Ittifoqi 2002 yilda Yevro pul birligini joriy qildi va 2004 yilda o‘nta yangi a’zolar bilan kengaytirish tugallandi. 2007 yildagi Lissabon shartnomasi Ittifoqqa siyosiy integrasiyani kuchaytirdi va unga yangi vakolatlar berdi. 

2008 yildan 2016 yilgacha biz ayniqsa rivojlangan mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatgan moliyaviy va iqtisodiy inqiroz davrini boshdan kechirdik. Inqiroz boshlanganidan so‘ng, umumiy maqsad avval uning oqibatlarini yumshatish va keyin zarbaga chap berish edi, vaholanki AQSh va Yevropa o‘zgacha yo‘l tutdilar. 2008 yil noyabr oyida inqiroz, boshidanoq qiziqarli institusional reaksiyaga ya’ni G20 ning yaratilishiga sabab bo‘ldi. O‘zining bayonotlarida G20, Moliyaviy Barqarorlik Kengashi kabi muassasalarni targ‘ib qilish bilan birga, soliqlarni tartibga solish yoki undan qochishga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlaydi. Ammo bu bosqichda global boshqaruv taraqqiyotida charchoq va chalg‘itishning aniq belgilari ko‘rinib qoldi. Atrof-muhit sohasida 2015 yilgi Parij bitimi qo‘llanilishi ishonchga loyiq bo‘lmagan iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi minimal pakt edi. 2011 yilgi “arab bahori” esa mintaqani susaytirib yubordi va bugun xalqaro hamjamiyat, qo‘shnilar o‘rtasidagi beqarorlikni bashorat qilishda davom etayotgan Suriyadagi fuqarolar urushiga qanday munosabatda bo‘lishni bilmayapti. Hatto moliyaviy tartibga solish sohasida ham, inqirozdan keyin yuzaga kelgan dolzarblik zaiflashdi, G20 tavsiyalari endi kuchga kirmaydi va xavflar yana paydo bo‘ladi. 

2016 yil iyun oyida Brexit referendumining natijalari va shu yilning noyabr oyida prezident Trampning saylanishi hozirgi dunyo boshqaruv tizimining boshlanishini anglatadi, bunda global boshqaruvning turli sektorlari unutilgan holatga tushib qoldi. Mavjud hodisalar, Sovuq Urush oxirida paydo bo‘lgan umidlarning pasayishi sifatida talqin qilinishi mumkin. Hozirgi bosqichning muammosi shundaki, umumiy maqsadlar yo‘q va ittifoqchilar orasida ham xavfli parchalanish mavjud. Buni NATOning ikki a’zosi AQSh va Turkiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar misolida ham ko‘rish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bu yerdan qayerga borishni hech kim aniq bilmaydi.

Yaqin Sharqdagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat notinch va xalqaro hamjamiyat asosan AQSh va Rossiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli tahdidlarga qarshi tura olmayapti. Yadro masalalarida, Eron va Shimoliy Koreyaga uning tarqalib ketishi sabablari tufayli bosim saqlanib qolmoqda, ammo AQShning, Prezident Obama Rossiya bilan 2010 yildagi yangi kelishuvga binoan, zaxiralarni kamaytirishga bo‘lgan qiziqishi yo‘qoldi va 2019 yil boshida Donald TrampningIRNFT (o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risida) shartnomasidan chiqishi xavotirli jihat bo‘ldi.

Ko‘p tomonlama boshqaruvga kelsak, xalqaro institutlarga uzoq vaqt davomida yetarlicha e’tibor berilmadi. Proteksionizm JSTni shubha ostiga olmoqda va hozirda ikki tomonlama kelishuvlarning alternativ tarmog‘i yaratilmoqda. Ekologik muammolarni ham alohida eslab o‘tish kerak. Bu nafaqat iqlim o‘zgarishi, balki o‘rmonlarning yo‘q qilinishi yoki turlarning yo‘q bo‘lib ketishi kabi ekologik muammolarni ham talab etadi. 2015 yil Parijdagi iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi bitimga ritorik talabchanlik biroz bo‘sh, chunki bu kelishuv orzu-niyatlar deklarasiyasidan boshqa narsa emas. Xuddi shunday savdo proteksionizmini ham 1995 yilda tug‘ilgan JSTning muvaffaqiyatsiz loyihasi sifatida talqin qilish mumkin. Iqlim o‘zgarishlariga bepisandlikni esa 1992 yilgi Yer Sammiti va 1997 yildagi Kioto Protokolining bankrotligi deb talqin qilinishi mumkin. Suriyadagi urush esa BMT va YEIning mintaqada tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakatlarini izdan chiqaradi.

1990-yildan beri xalqaro tartibning kafolati bo‘lgan demokratik kuchlar, yanada oqilona va insonparvar dunyoga olib boradigan yangi maqsadlarni belgilab olmaslaridan turib, hozirgi bosqichdagi xatarlar kuchaymoqda. Ushbu mamlakatlarning avvalgi bosqichda amalga oshirgan inqirozdan chiqish yo‘li, teng bo‘lmagan jamiyatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Jozef Stiglisning ta’kidlashicha, 2008 yildagi inqirozdan keyingi o‘n yilda iqtisodiyot o‘ziga kelib olishi uchun, “banklarni kasalxonaga olib borib pul bilan davolash kerak” edi. Tengsizlikning o‘sishi ushbu jamiyatlarning qulashiga olib keldi. Yaqinda Tengsizlik to‘g‘risida dunyo hisoboti (World Inequality Report) namoyish etildi. Unga ko‘ra AQShda 1980 yilda aholining eng kambag‘al 50 foizi milliy daromadning 21 foizini olgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2016 yilga kelib 13 foizni tashkil etgan. Yevropada esa, 1980 yilda bu ko‘rsatkich 24 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilda 22 foizga tushgan. Bu tizimli tendensiya. Bu tendensiya uzoq muddatli istiqbolda sodir bo‘lmoqda. Ichki siyosatda bu populizm va millatchilikning o‘sishi, qutblanishning kuchayishi orqali izohlash mumkinligini anglatadi. Tashqi siyosatning ahamiyatsiz ko‘rinishi esa jiddiy oqibatlarga olib keladi. Demokratik mamlakatlarning eng noqulay jamiyatlarida, tashqi siyosatda maqsadlarni aniq qo‘ygan hukumatni topish qiyin. 

Ushbu parchalanish bosqichini yengib o‘tish uchun takliflar berish juda qiyin, chunki biz vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan tarkibiy muammolarga duch kelmoqdamiz. Qisqa muddatli perspektivada, mutaxassislar kelgusi yillarda prognoz qilganidek, iqtisodiy stagnasiyani keltirib chiqaruvchi zarbalarni yoki shok terapiyani boshdan kechirishimiz mumkin. Masalan Fors ko‘rfazidagi neftni qayta ishlash zavodlariga qilingan hujum, energiya bozoriga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ogohlantiruvchi signaldir, O‘zbekistonning dollar kursini sun’iy boshqarish tizimi, davlatning iqtisodiy mexanizmlarga qo‘pol aralashuvi ham paradoks bo‘lib tuyulsa-da, har doim domino ta’sirida bo‘lgan moliyaviy sohadagi qiyinchiliklarni takrorlashi mumkin.

Xalqaro siyosiy holat, asosiy o‘yinchilar o‘rtasida kelishuv yo‘qligi sababli iqtisodiy va siyosiy inqirozga javob berishga tayyor emas. Faqat bir necha rahbarlar Sovuq Urushdan keyin global boshqaruvga bo‘lgan kuchli ishonchni namoyish etmoqdalar. Biarrisdagi G7 uchrashuvi ushbu tamoyillar o‘z kuchini yo‘qotmaganligini va Yevropa Ittifoqini, Emmanuyel Makron, Angela Merkel yoki Jastin Tryudo kabi liderlarni umid nuriga aylanishini ko‘rsatib berishi mumkin. 



Birgalikda yashash qoidalari yanada samarali global boshqaruvga asoslangani kelajakdagi iqtisodiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu nafaqat G7 kabi xalqaro miqyosdagi kuchli institutlarda, balki G20 ishtirokchilari va xalqaro tashkilotlarda ham aks etmoqda. Bu vazifa bugungi kunda ayniqsa qiyin, chunki 90-yillarning ushbu tamoyillari bugungi kunda iqlim va atrof-muhitga halokatli ta’sir tufayli, iste’molchilar iqtisodiyoti va turmush tarziga yangicha qarash bilan yakunlanishi kerak. Hozirda esa bu yangi qahramonlari yo‘q bo‘lgan qahramonona missiya bo‘lib qolaveradi.
Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling