Milliy, ma’naviy va ma’rifiy g‘oyalar – asrlardan beri avloddan avlodga о‘tib kelayotgan ilg‘or milliy, ma’naviy va ma’rifiy qarashlar, g‘oyalarning yig‘indisidir.
Moslashuvchan texnologiyalar – maqsad va resurslarga, о‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishga imkon beradigan, yangilanish, tubdan о‘zgarish va yangi shakllanayotgan algoritmlarga о‘tish jarayonini boshidan kechirayotgan texnologiyalar.
Mustaqillik g‘oyasi – mustamlakachilik asoratida bо‘lgan millat va xalqlarni, ularga mansub bо‘lgan ilg‘or kishilarni ozodlikka, о‘z erkini qо‘lga kiritishga undaydigan g‘oY. Ana shu g‘oya asosida ular ezgulik va ozodlik uchun kurashga otlanadilar, ana shu yо‘lda jon fido qiladilar. Bu borada zamon, davr va hududning о‘zgarishi voqealar jarayonini о‘zgartirmaydi, ya’ni jamiyat taraqqiyotining har bir davrida mustaqillik g‘oyasi asosan bir xil tamoyillarga (erk va ozodlik uchun kurashga) tayangan faoliyat uchun ma’naviy omil bо‘lgan. Masalan, millodan ilgari Makeloniyalik Iskandar yoki о‘rta asrlarda Chingizxon bosqinidan sо‘nggi istibdoddan qutilish uchun xalqimizning kurashi ana shunday tamoyillarni aks ettiradi. Mustaqillik g‘oyasi asosidagi kurash nihoyasida istiqlolga erishilganidan bu g‘oya ushbu mustaqillikni mustahkamlash, avaylab-asrash yо‘lidagi ma’naviy omilga aylanadi. Mustaqillik g‘oyasi ana shunday g‘oya turiga misol bо‘la oladi.
Mustaqillik g‘oyasi eng buyuk g‘oya bо‘lib, inson shakllangandan beri о‘z erki, mustaqil hayoti va hech kimga qaram bо‘lmasligi yо‘lida olib borgan kurashlari, о‘zi hohlagan va о‘ziga ma’qul bо‘lgan ijtimoiy taraqqiyot yо‘lidan borishini belgilovchi mezondir. Kuching uchun ham millat, xalq, tuzum va tizim mavjud ekan albatta о‘zi intilgan maqsad, muddaolari, buguni, kelajagi va orzulari mujassamlashgan g‘oyalardir.
Noyob texnologiyalar – faqat aniq belgilangan sharoitlardagina qо‘llaniladigan harakat usullaridan iborat bо‘lib, biroz о‘xshash sharoitlarda ham ulardan foydalanib bо‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |