Reja: Korruptsiya ta’rifi
Download 18.9 Kb.
|
Korrupsiya turlari va uning namoyon bo
Korrupsiya turlari va uning namoyon bo‘lishi. Reja: 1. Korruptsiya ta’rifi. 2. Korrupsiya tarixi. 3. Korrupsiyani ahloqiy baholash. Korrupsiya (lat. corrumpere — ma’naviy (axloqiy) jihatdan buzish, razillashtirish, yo‘ldan urish, lat. corruptio — pora berib sotib olish; buzilish, ishdan chiqish, axloqiy (ma’naviy) buzilish; chirish; sotqinlik, tanazzul) - odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bog‘liq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadigan atama. Korrupsiya deb shuningdek, mafiya kuchli bo‘lgan davlatlarga xos bo‘lgan mansabdor shaxslarni pora berib sotib olish, ularning sotqnligi, poraxo‘rligi ham tushuniladi. Evropa tillarida mos keluvchi atama odatda kengroq semantikaga ega bo‘lib, bu lotin tilidagi so‘zning birlamchi ma’nosidan kelib chiqadi. Mansabdor shaxsning harakatlari va uni yollagan shaxsning manfaatlari o‘rtasidagi yoki saylangan kishining harakatlari va jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi nizo korrupsiyaga xos alomat hisoblanadi. Korrupsiyaning ko‘plab turlari mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladigan firibgarlik singari bo‘lib, davlat hukumatiga qarshi jinoyatlar toifasiga kiritiladi. Korrupsiyaga unga tegishli bo‘lmagan resurslarni o‘z ixtiyoricha taqsimlash sohasida diskretsion hokimiyatga ega bo‘lgan har qanday mansabdor shaxs (amaldor, deputat, sudya, huquqni muhofaza qilish organlari xodimi, ma’muriyat boshlig‘i va h.k.) duchor bo‘lishi mumkin. Korrupsiyani rag‘batlantiruvchi asosiy omil hokimlik qilish vakolatlardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy foyda (renta) olish imkoniyati, uni to‘xtatib turadigan omil esa – fosh qilinish va jazolanish riski hisoblanadi. Korrupsiyaning tizimli xarakteri uning korrupsiya qamrab olgan davlat tashkilotlarida ishlaydigan shaxslar uchun majburiy xarakterda ekanligida ham namoyon bo‘ladi. Makroiqtisodiy va siyosiy iqtisodga oid tadqiqotlarga ko‘ra, korrupsiya jiddiy ziyon etkazib , iqtisodiy o‘sishga va butun jamiyat manfaatlarida rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Ko‘plab mamlakatlarda korrupsiya jinoiy jazoga tortiladi. DISKRETSION HOKIMIYAT (fransuzcha discretionnaire – shaxsiy ixtiyorga bog‘liq) organ yoki mansabdor shaxsga qonun doirasida o‘z ixtiyoricha faoliyat ko‘rsatish vakolatini berish. Mas., parlamentar respublika davlat boshlig‘i odatiy shart-sharoitlarda bosh vazir yoki tegishli vazir imzosisiz normativ hujjatlar chiqarish huquqiga ega emas, favqulodda holatlarda esa u bunday hujjatlarni d.h. ishtirokisiz chiqarishi mumkin. D.h.dan ayniqsa ma’muriy organlar va sudlar tez–tez foydalanib turadi, bu amaliyotda shaxsning daxlsizligi, sudda aybi aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmaslik kabi demokratik prinsiplarni inkor qilishni anglatadi, belgilangan tartibning buzilishiga olib keladi. Transparency International, Jahon Banki va boshqa tashkilotlar korrupsiya deganda ishonib topshirilgan hukmronlik qilishni shaxsiy manfaat yo‘lida suiiste’mol qilishni tushunadilar. SHuningdek, aniqlik kiritadigan (hukumat ishonib topshirilgan resurslarni o‘z ichiga olishi, u davlat va xususiy sektorga daxldor bo‘lishi va h.k.)6 yoki yanada qattiqroq yuridik ifodalardan foydalanadigan boshqa ta’riflar ham mavjud. Rossiya qonunchiligiga muvofiq , korrupsiya bu – xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, pora berish, pora olish, vakolatlarni suiiste’mol qilish, tijorat asosida pora berib sotib olish yoki jismoniy shaxsning o‘zi uchun yoki uchinchi shaxslar uchun pul, qimmatbaho narsalar, boshqa mulk yoki mulkiy xarakterdagi huquqlar yoki boshqa mulkiy huquqlarni qo‘lga kiritish maqsadida davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid ravishda o‘zinnig xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi yoki boshqa jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga bunday foydani noqonuniy ravishda taqdim etish; shuningdek, ko‘rsatilgan harakatlarni yuridik shaxs nomidan yoki uning manfaatlarida bajarishdir. Qonunchilikda uchraydigan «korrupsion jinoyat» tushunchasi alohida ta’rifga ega emas. Suiiste’mol korrupsiya shakllaridan biri (mansabdor shaxs yoki shaxslar guruhi jinoiy harakatlaridan biri) bo‘lishi mumkin, lekin korrupsiya ta’rifining butun to‘liqligi bu bilan tugamaydi. Rossiya Federatsiyasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Evropa Korrupsiya haqida jinoiy-huquqiy konvensiyasi (ingl. Criminal Law Convention on Corruption) korrupsiyani yuridik va jismoniy shaxslarning qattiq jinoyatlari qatoriga kiritadi. 2010 yil holatida Rossiyada bitta korrupsion jinoyat uchun Ma’muriy huquqbuzarliklar haqida Kodeks bo‘yicha ham, Jinoyat kodeksi bo‘yicha ham jazo olish mumkin bo‘lgan. KORRUPSIYA TARIXI Korrupsiyaning tarixiy ildizlari, aftidan, biron kishida moyillik uyg‘otish uchun sovg‘a berish odatiga borib taqaladi. Qimmatbaho sovg‘a odamni boshqa iltimoschilar orasida ajratib ko‘rgan va uning iltimosi bajarilishiga xizmat qilgan. SHu sababli ibtidoiy jamiyatlarda kohin yoki qabila boshlig‘iga to‘lov odat bo‘lib qolgan. Davlat apparatining murakkablashuvi va markaziy hukumatning kuchayishi bilan professional amaldorlar paydo bo‘lgan bo‘lib, ular, hukmdorlarning fikriga ko‘ra, faqat qat’iy belgilangan maosh bilan kifoyalanishi lozim bo‘lgan. Amalda esa bu amaldorlar o‘z mavqeidan daromadlarni yashirish oshirish maqsadida foydalanishga harakat qilganlar. U haqida korrupsiyaga qarshi kurashgan hukmdor sifatida xotira qolgan shaxs Uruinimgina – eramizdan avvalgi XXIV asrning ikkinchi yarmida Lagash shahar-davlatining shumerlar podshosi hisoblanadi. Korrupsiya uchun boshqalarga namuna bo‘ladigan va ko‘pincha shafqatsiz jazolar qo‘llanishiga qaramay, unga qarshi kurash kutilgan natijalarga olib bkelmagan. Eng yaxshi holatda xavfli jinoyatlarning oldini olishga erishilgan, lekin mayda kamomad va poraxo‘rlik darajasida korrupsiya ommaviy xarakterga ega bo‘lgan. Korrupsiya muhokama qilingan dastlabki asar — «Artxa-shastra» —eramizdan avvalgi IV asrda Bxarat (Hindiston) vazirlaridan biri monidan Kautilya taxallusi ostida chop etilgan. Unda muallif «podshohning mulki, hatto kichik miqdorda bo‘lsa ham, bu mulkni idora qiladiganlar tomonidan o‘zlashtirib olinishi mumkin emas» degan xulosa chiqargan. Xuddi shu kabi muammolarga Qadimgi Misr fir’avnlari ham duch kelgan bo‘lib, bu erda erkin dehqonlar, hunarmandlar va hatto harbiy a’yonlarga nisbatan ham o‘zboshimchlik va zo‘ravonlik ishlatgan hamda qonunbuzarliklarni o‘ziga kasb qilib olgan amaldorlar byurokratik apparati yuzaga kelgandi. Bizning kunlargacha etib kelgan Itaxotel degan shaxs o‘z pand-nasihatlrida quyidagicha tavsiya beradi: «Boshliq oldida belingni bukib ta’zim qil, shunda sening uyingda tartib bo‘ladi, sening maoshing joyida bo‘ladi, kim boshliqqa qarshilik ko‘rsatadign bo‘lsa, uning hayoti oson kechmaydi, lekin u iltifot ko‘rsatganda esa yashash ham oson bo‘ladi». Sudyalar sotqinligi alohida tashvish uyg‘otardi, chunki bu mulkning noqonuniy taqsimlanishiga va nizolarni huquq maydonidn tashqarida hal qilishga olib kelgan. Bejizga barcha dinlarda korrupsiya turlari orasida birinchi navbatda sudyalarni pora berib sotib olish qoralanmaydi: «…boshliq sovg‘a talab qiladi, sudya pora evaziga sud qiladi, katta amaldorlar esa o‘z xohishiga qarab bizlrni jazolaydi va ishlarni noto‘g‘ri talqin qiladi…» ; «Tuhfalar qabul qilma, chunki tuhfalar ko‘zi ochiqlarni so‘qir qilib qo‘yadi va haq bo‘lganlar ishini o‘zgartirib yuboradi» (CHiqish. 23:8, q. shuningdek, Ikkinchi qonun. 16:19); «Bir-biringizning mulkingizni noqonuniy o‘zlashtirib olmang va boshqa kishilar mulkining bir qismini qasddan egallab olish niyatida hakamlarni pora berib sotib olmang» (Qur’oni karim, 2:188) va h.k. Qadimgi Rim qonunlarida «corrumpere» atamasi «sudda ko‘rsatmalarni pulga sotib olish» va «sudyani pora berib sotib olish» m’nosida foydalania boshlagan: «Nahotki sen sudda so‘zlashda ishlarni tekshirish qat’iy belgilangan maosh bilan kifoyalanishi lozim bo‘lgan. Amalda esa bu amaldorlar o‘z mavqeidan daromadlarni yashirish oshirish maqsadida foydalanishga harakat qilganlar uchun tayinlangan va bu ish bo‘yicha pora olgan sudya yoki vositachiini o‘lim jazosi bilan jazolaydign qonunni shafqatsiz deb hisoblaysiz?)». Nikkolo Makiavelli asarlari korrupsiyani anglab etishga muhim turtki bergan. U korrupsiyani kasallik, masalan, sil kasalligi bilan tenglashtirgan. Agar kasal o‘tqazib yuborilgan bo‘lsa, uni aniqlash oson, lekin davolash juda qiyin. XVIII asr oxirlaridan boshlab g‘arb mamlakatlarida jamiyatning korrupsiyaga bo‘lgan munosabatida tubburilish ro‘y berdi. Liberal o‘zgarishlar davlat hukumati uning qo‘l ostidagi odamlar manfaatida majud va shu sababli fuqarolar amaldorlarning qonunga so‘zsiz rioya qilishlari evaziga hukumatni boqadi degan shior ostida o‘tgan. Xususan, 1787 yil qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, pora olish aytib o‘tilgan ikkita jinoyat turlaridan biri bo‘lib, ular uchun AQSH Prezidentiga impichment e’lon qilinishi mumkin. Jamiyat davlat apparati ishi sifatiga tobora katta ta’sir ko‘rsata boshlgan. Siyosiy partiyalar va davlat tomonidan tartibga solishning kuychaishi bilan yirik biznes va siyosiy partiyalar til biriktirishi holatlarining o‘sishi tashvish uyg‘ota boshladi. Lekin shunga qaramay, XIX-XX asrlar davomida rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya darajasi qolgan dunyo bilan taqqoslaganda ancha pasaydi. XIX va XX asrlar bo‘sag‘asi rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya rivojlanishida yangi bosqich bo‘ldi. Bir tomondan, davlat tomonidan tartibga solishning va mos ravishda, amaldor hukmronligining navbatdagi kuchayishi boshlandi. Boshqa tomondan – raqobat kurashida «davlatni pora berib sotib olish» - davlatning alohida mayda xizmatchilarini vaqti-vaqti bilan pora berib sotib olish emas, balki kapital manfaatlarini himoya qilish uchun yuqori mansabdagi amaldorlar va sisatchilar faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysundirishga murojaat qiladigan yirik xususiy biznes vujudga kela boshladi. Siyosiy partiyalar ahamiyatining o‘sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda (ayniqsa, G‘arbiy Evropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan keyin) partiya korrupsiyasi rivojlanib, bunda o‘z manfatlarini himoya qilish va ilgari surish uchun yirik firmalar va transmilliy korporatsiyalar nafaqat shaxsan siyosatchilarga, balki partiya kassasiga ham pul to‘lay boshladi. XX asrning ikkinchi yarmida korrupsiya yanada dolzarb xalqaro muammoga aylana boshladi. Korporatsiyalar tomonidan chet eldagi yuqori mansabdor shaxslarni pora berib sotib olish ommaviy xarakterga ega bo‘ldi. Globallashuv shunga olib keldiki, bir mamlakatdagi korrupsiya ko‘plab mamlakatlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Bunda korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar uchinchi dunyo bilan chegaralanib qolmaydi: 1990-yillarda sobiq sotsialistik mamlakatlardagi erkinlashtirish o‘taketgan mansab suiiste’mollari bilan birgalikda kuzatildi. 1995 yil 31 dekabr sonida «Financial Times» gazetasi 1995 yilni «korrupsiya yili» deb atadi. Korrupsiya haqida bilimlarni targ‘ib qilish uchun BMT Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro kuni (9 dekabr) ta’sis qildi. KORRUPSIYANI AXLOQIY BAHOLASH Korrupsiyaning turlicha namoyon bo‘lishlari turlicha axloqiy bahoga ega: ayrim harakatlar jinoiy, boshqa harakatlar esa – axloqsiz harakatlar hisoblanadi. Axloqsiz harakatlar qatoriga, qoidaga ko‘ra, meritokratiya tamoyillarini buzadigan siyosiy yo‘nalishlar asosida homiylik qilish va oshna-og‘aynigarchilik qilish kiradi. Biroq korrupsiyaga nisbtan ijobiy munosabat ham uchraydi: «Korrupsiyani qonun rivoji sust bo‘lgan joylarda qonun ustunligini foydali almashtirish deb hisoblash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, korrupsion faoliyatdan foyda – u amalga oshirishga imkon beradigan qo‘shimcha unumli transaksiyalar natijasida yaratiladigan qiymat – xarajatlardan katta bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyat ehtimoli biznes bilan shug‘ullanish uchun qonuniy imkoniyatlar juda cheklangan holatlarda eng yuqori bo‘ladi» - shunday hisoblaydi Kanzas universiteti biznes kafedrasining professori, iqtisodchi Duglas Xyuston. Korrupsiyani lobbizmdan farqlay olish lozim. Lobbida mansabdor shaxs ham o‘z xizmat vakolatlaridan belgilangan guruh manfaatlaridagi harakatlar evaziga lavozim pillapoyasi bo‘ylab harakatlanish yoki tayinlanish imkoniyatini oshirish uchun foydalanadi. Asosiy farq Mansabdor shaxsga ta’sir etish jarayoni raqobatli xarakterga ega bo‘lib, barcha qatnashchilarga ma’lum bo‘lgan qoidalarga rioya qiladi. 2. Sir tutilgan yoki qo‘shimcha (ikkinchi darajali) to‘lovlar mavjud emas. 3. Mijozlar va agentlar bir-biridan shu ma’noda mustaqilki, hech qanday guruh boshqa guruh ishlab topgan foydadan ulush olmaydi. Biroq ayrim tadqiqotchilar lobbizmni korrupsiyaning tarkibiy qismi deb hisoblaydi, xolos. Korrupsiyaning eng xavfli shakllari og‘ir jinoyatlar sifatida baholanadi. Ular qatoriga, eng avalo, qonunga xilof ravishda sarf etilgan pul (rastrata) va pora kiradi. Rastrata mansabdor shaxsga ishonib topshirilgan resurslarni shaxsiy maqsadlarda sarflashdan iborat. U oddiy o‘g‘rilikdan shunisi bilan farq qiladiki, shaxs dastlab resurslarni tasarruf qilishga qonuniy huquqni qo‘lga kiritadi: boshliqdan, mijozdlan va h.k. Pora korrupsiyaning bir turi bo‘lib, bunda mansabdor shaxsning harakatlari unga belgilangan foyda taqdim etish evaziga yuridik yoki jismoniy shaxsga xizmat ko‘rsatishdn iborat. Aksariyat hollarda agar pora berish ta’magirlikning oqibati bo‘lmasa, asosiy foydani pora beruvchi oladi. Qattiq jinoyatlr qatoriga, shuningdek, saylovchilar ovozini sotib olish ham kiradi (garchi ayrimlar uni korrupsiyaning bir shakli emas, halol bo‘lmagan saylov kampaniyasi turi deb hisoblasada). Korrupsiya ko‘pincha hukumatni kuch ishlatib almashtirishga da’vatlar uchun sabab bo‘ladi. Bunda ayblovlar ko‘pincha faqat muayyan siyosatning eng yaxshi namoyondalariga emas, butun siyosiy tizimga nisbatan qo‘yiladi. Oskar Arias Sanchesning qayd etishicha, avtoritar rejimlar hukumat suiiste’mollarning aksariyatini muvaffaqiyat bilan yashirishga qodir, shunday ekan, ularning korrupsiyaga berilganligi haqidagi xulosa bilvosita guvohliklarni va butun jamiyat uchun halokatli oqibatlarni tahlil qilish asosida chiqariladi. Aksincha, demokratik rejimlarda korrupsiya ko‘pincha keng oshkor qilinadi va jiddiy ziyon etkazishidan oldin to‘xtatiladi. Biroq vaqti-vaqti bilan ro‘y beradigan mojarolar fuqarolarda mamlakatda siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir etish qobiliyatiga shubha uyg‘otadi va demokratiyadan ko‘ngil qoladi. KORRUPSIYA TURLARI Maishiy korrupsiya oddiy fuqarolar va amaldorlarning o‘zaro aloqalari natijasida vujudga keladi. Uning tarkibiga fuqarolardan mansabdor shaxs va uning oila a’zolariga turli sovg‘alar va xizmatlar kiradi. Ushbu toifaga oshna-og‘aynigarchiliklr (nepotizm) ham kiradi. Ishbilarmonlik korrupsiyasi hukumat va biznesning o‘zaro aloqalari natijasida vujudga keladi. Masalan, xo‘jalik nizosi ro‘y bergan holatlarda tomonlar o‘z foydasiga qaror chiqarish maqsadida sudya ko‘magini qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Oliy hukumat korrupsiyasi demokratik tizimlarda oliy sudlar va siyosiy rahbariyatga daxldor. U vijdonsiz xulq-atvori o‘z manfaatlari yo‘lida va saylovchilar manfaatlariga ziyon etkazgan holda siyosatni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan hukumat tepasida turgan shaxslar bilan bog‘liqdir. Download 18.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling