Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Aziz Ibragimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estetik tarbiyaning vazifalari.
Estetik tarbiya. Jismoniy tarbiya bilan estetik tarbiyaning bir-biriga bog'liqligi
obektiv suratda, kishi ongiga bog'liq bo'lmagan holda mavjuddir. Estetik tarbiya insonning jismoniy kamol topishiga qaratilgan jismoniy tarbiyadan farq qilib insonning ma'naviy qobiliyatlarini tarkib topishini nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya kishi sog'ligini mustahkamlab organizmni va sezgi organlarini rivojlantirib, harakat madaniyatini takomillashtirib estetik tarbiya uchun qulay sharoit yaratadi. Shuningdek, sportchilar ma'naviy qiyofasini fazilatli qilib, jismoniy go'zallikka intilish uyg'otib, harakatlarni estetik jihatdan chiroyli bajarishga undab, jismoniy tarbiya samaradorligini orttiradi. 17 Estetik tarbiyaning vazifalari. Sportchilarning voqelikka estetik munosabatlari quyidagi vazifalarni hal etish jarayonida tarkib topadi: 1. Jismoniy madaniyat doirasidagi estetik xis, did, qarash va g'oyalarni tarbiyalash. 2. Gavda go'zal bo'lishiga, harakat nozik, oddiy va ifodali bo'lishiga intilishni tarbiyalash. 3. O'zini ijodiy tomondan ko'rsatish, jismoniy tarbiyada, jumladan, sportda yangilik izlash va go'zallik yaratish. 4. Estetika nuqtai nazaridan to'g'ri, axloqiy normalarga muvofiq ish tutishga harakat qilishni tarbiyalash. Estetik tarbiyaning vositalari. Estetik tarbiya vazifalari avvalo jismoniy tarbiyaning maxsus vositalari, ya'ni jismoniy mashqlarning tabiatdagi sog'lomlashtiruvchi faktorlar va gigiena sharoitlarining estetik tomonlari yordami bilan hal qilinadi. Jismoniy mashg'ulotlarni olib borish jarayonida qo'llaniladigan badiiy tarbiyaning o'ziga xos vositalari ham shug'ullanuvchilarning estetik tuyg'ulariga katta ta'sir ko'rsatadi. Jismoniy madaniyat namoyishlari, sportchilarning ommaviy chiqishlari jismoniy mashqlarning estetik xususiyatlarini namoyon etadi. Bunday bayramlar estetik ta'sir kuchiga qarab san'atga tenglashib boradi. Shug'ullanuvchilarning estetik tuyg'ulariga tabiat go'zalliklari, jismoniy mashqlar va jismoniy harakatlar, sayyohlik, turizm va alpinizm mashqlari o'tkaziladigan sharoitlar ham ta'sir etadi. Estetik tarbiyaning oddiy shakli gigienik talablarga rioya qilishdir. Shuningdek jismoniy tarbiya jarayonidagi badiiy tarbiya- musiqa jo'rligi, ashula, raqs hamda kinofilmlar namoyishi estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling