Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


 Shaxsni har tomonlama rivojlantirish printsipi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana23.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1113829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Aziz Ibragimov

1.2 Shaxsni har tomonlama rivojlantirish printsipi. 
Ma`lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama 
rivojlangan bo’lishi lozim, afsuski, kishilar o’zida ruhiy, ma`naviy va jismoniy 
sifatlarni mujassamlashtirgan holda tug`ilmaydilar. Bu sifatlarni kamol topishi, 
o’sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog`liq. Jismoniy tarbiya esa 
tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir. Ijtimoiy muhit har 
tomonlama garmonik rivojlanishni, inson organlari va sistemalarining biologik 
rivojini har doim va har yerda ichki talab tarzida ifodalaydi. 
Shuning uchun ham inson tarbiyasida qullaniladigan har qanday 
tarbiyaning turli shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bog`langandir. 
Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning 
boshqa tarbiya turlari bilan bog`liqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-
ilmiy fanlarning ochiq munozarasida fandagi o’sha eski bahsni hozir ham davom 
ettirishga urinuvchilar mavjud bulib, odam tanasining tashqi kurinishi va uning 
funktsiyasiga tashqi ta`sir bilan o’zgartirish kiritish mumkin emas deb, tarbiyaning 
rolini inkor etadilar. 
Jismoniy tarbiya jarayoni qonuniyatlaridagina har tomonlama jismonan, 
garmonik rivojlanishini yo’lga qo’ya olishni mumkinligi ilmiy asoslangan. 
Kishining ruhiy, ma`naviy qobiliyatini usishga eng avval usha ijtimoiy sharoit, 
sungra esa insonni uzining muhitni uzgartirish yoki uni o’zgartirish uchun olib 
bolilgan faoliyati rol` uynashligini I.M.Sechenov va I.P. Pavlovlarning tabiiy 
fanlardagi dunyoqarashi allaqachonlar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson 
organizmining tashqi muhit bilan aloqasida shartli reflekslarning mohiyati katta 



ekanligini, jismoniy ham psixik faoliyat bosh miya po’stloq qismida sodir buladigan 
“vaqtli aloqa” orqali sodir bo’lishligining amaliy shohidimiz. Ular ta`lim va tarbiya 
jarayonini kishilarda qator “uzun shartli reflekslarni hosil qilish” deb tushuntirdilar. 
Jamiyat talabiga muvofiq ravishda, shartli refleks aloqalarini yaratish shaxsning 
faqat ma`naviy shakllanishigagina emas, balki jismoniy jihatdan fiziologik poydevor 
bulishi mumkin ekanligini isbotladilar. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling